«O’attiq konservativ»
- mijozning mablag’lari faqatgina eng ishonchli
bo’lgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog’ozlariga
sarflanadi. Bunda zarar ko’rish xavfli umuman bo’lmaydi.
«
Konservativ» -
mablag’larni rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli
qog’ozlariga va yirik xalqaro banklar depozitlariga qo’yishi nazarda tutiladi. Lekin
bunda banklarning sinish holatlari mavjud, ya’ni bu tartibda mablag’lari joylashtirish
mijozlarga so’zsiz foyda qilishlarini kafolatlamaydi.
«o’rtacha konservativ»
deganda mablag’larni jahonning asosiy fond
birjalarida aktsiyalarga qo’yish tushuniladi.
Investitsiyalashning bu yo’nalishi ham foyda o’rniga zarar qo’rish xavfini
tug’diradi.
238
«o’rtacha agressiv»
- bu mablag’larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab
beruvchi kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni bildiradi. Bunda ularning kursi,
odatda, o’sadi.
«agressiv
» - bu mablag’larni «to’rt osiyo ajdarholari» (Gonkong, Sigapur,
Tayvan, Janubiy Koreya) Kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni taxminlaydi.
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ham ko’rish mumkin.
Trast bitimining xususiyatlari xorijiy mamlakatlarida bu bitimning muhim
xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag’lar qo’yish va ularning oqibatlari
to’g’risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi.
Trast bitimining xususiyati shundan iboratki, bunda bank salbiy moliyaviy
oqibatlar yuz berganda mijoz javobgar bo’lmaydi. Asosan bu aktsiyalarga sarflangan
mablag’larga tegishli bo’lib, ularning bahosi ham oshishi, ham pasayishi mumkin.
Masalan, 1987 yilda Nyu-Yorkning fond birjadagi aktsiyalarning kursi taxminan 2
marta pasaygan. Bunday xollarda mijoz qolgan mablag’larini olib, ularni
boshqarishini boshqa bank departamentiga o’tkazishi mumkin.
Rossiyaning tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalari bir qator salbiy
holatlar mavjudligi tufayli uncha rivojlanmagan.
Komission (vositalik) operatsiyalarni amalga oshirishadi banklar o’z
mablag’larini qo’ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina to’lov
topshiriqnomasini bajaradilar shuning uchun komission operatsiyalari bo’yicha bank
daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o’sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat
banklarining ishonch operatsiyalarning hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning
bu xizmatlari bank bilan mijoz o’rtasida ishonchlilik munosobatlarining o’rnatilishi
bilan bog’liqdir. Tijorat banklarining trast bo’limlari mijozlar topshirigi bo’yicha
uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq va boshqa xizmatlarni bajaradi.
Banklar trast-operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar, xayriya fondlari
va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarni uch turga bo’lish
mumkin: merosni boshqarish; dalolatnoma va g’amxo’rlik bilan bog’liq operatsiyalar
va vositachilik xizmatlari bo’yicha ko’rsatiladigan operatsiyalardir.
239
Merosni boshqarish bilan bog’liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar
dalolatnomasi bo’yicha amalga oshirilib, bankning trast bo’limi bir qator
majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo’rning merosini
sud karori yoki meros xati asosida to’plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini to’lash,
merosxo’rlar o’rtasida merosni bo’lishi va shu oila a’zolariga boshqa xususiy
xizmatlarni ko’rsatish kiradi.
Trast bo’limlari balog’at yoshiga etmaganlar, mehnatga layoqatsiz kishilarga
otalik, g’amxo’rlik qilish nazaridan ayrim shaxslar ishonchnomasiga binoan mulkni
boshqarish bo’yicha operatsiyalarni bajaradi. Ishonchlilik bo’yicha eng ko’p
tarqalgan operatsiyalarga mulkni ishonch asosida boshqarish kiradi. Bunda mulk
egasi mulkni o’zi ishongan shaxsga beradi. Bu shaxs, o’z navbatida, mulkni mulk
egasining manfaati asosida ishlatadi: uni saqlaydi, investitsiya qiladi, shartnomaga
muvofiq asosiy summa va daromaddan foydalanadi. Uning asosiy vazifasi mulkni
to’g’ri investitsiya qilish va ma’lum miqdordagi daromadni ta’minlashdir.
Investitsiya davlat qonuni, shartnoma va trast bo’lim siyosati asosida amalga
oshiriladi.
Vositachilik xizmatlarini tijorat banklarining trast bo’limlari o’z zimmasiga
vositachilik vazifasini olish orqali bajaradilar. Agar operatsiya mulk bilan bog’liq
bo’lsa, mulk egaligi uning egasi qo’lida saqlanadi, xizmatlar esa aktivlarni saqlash,
boshqarish yuridik xizmat ko’rsatish va boshqa vositachilik operatsiyalarni bilan
bog’liq bo’ladi.
Korxona va firmalar bunday xizmatlar uchun o’z tijorat banklarining trast
bo’limlariga murojaat qiladilar. Ishonch operatsiyalariga obligatsiya zayomiga xizmat
ko’rsatish (zayom kafolati bo’lib xizmat qiluvchi mulkdan foydalanish huquqining
o’tishi bilan birga olib boriluvchi) kiradi. Aktsionerlik kompaniyalari bank
xizmatlariga aktsiya va obligatsiyalarni, pensiya fondlarini boshqarish (egalik
huquqining o’tishi bilan), aktsiyalarni ro’yxatdan o’tkazish va boshqalar bilan bog’liq
operatsiyalar bo’yicha murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.
Trast bo’limlari depozitariy funktsiyasini ham bajaradilar. Bular: ovoz berish
huquqini ishongan aktsionerlar aktsiyalarini saqlash (ovoz berish trasti). Kompaniya
240
qayta tashkil topganda, tugatilganda yoki bankrot bo’lganda bank uni vaqtinchalik
boshqarishi mumkin.
Trast operatsiyalarini amalga oshirganligi uchun tijorat banklari komission
to’lovlarini olishadi. Merosni boshqarish operatsiyalari bo’yicha komission
to’lovlarni o’rnatish va to’lash qator mamlakatlarda qonun yo’li yoki sud karori bilan
belginadi. Vositachilik xizmatlari bo’yicha turlicha to’lovlar ko’lami shartnoma
asosida belgilanadi. Komission to’lovlar trast daromadidan yillik chegirmalar
yig’indisi hisobidan tashkil topishi, shartnomaning asosiy summasidan yillik vznos va
ba’zi xollarda trast shartnomasi tugagandan keyin umumiy summadan ajratma
shaklida belgilanishi mumkin. Trast operatsiyalarni amalga oshirishda ularning hajmi
operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni qoplab bankka foyda keltiradigan darajada
bo’lishi kerak.
241
|