Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Standart kreditlar. 
Bunday kreditlar bo’yicha vaqti-vaqti bilan kreditni o’z 
vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan muddatda 
to’lay olmaslik bo’yicha uning to’lov muddatining uzaytirilishi bir martagina bo’lishi 
va kreditni va u bo’yicha foizlarni to’lay olmaslik davri 30 kundan 60 kungacha
to’liq ta’minlanmagan kreditlar uchun 30 kun bo’lgan muddatdan oshmasligi lozim. 
Olgan krediti standart kredit deb topilgan mijozlarning moliyaviy ahvoli odatda 
barqaror bo’ladi, lekin ma’lum vaqtinchalik sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy 
moliyaviy holat yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Bunday kreditlar qatoriga yaxshi 
rasmiylashtirilmagan 
kreditlar, 
garov, 
ta’minlanganligi 
bo’yicha 
to’g’ri 
hujjatlashtirilmagan yoki hujjatlar etarli bo’lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu
230


kreditlar bo’yicha 10 foiz atrofida rezerv tashkil qilinishi zarur.
Substandart kreditlar. 
Bu guruhga kiruvchi kreditlar ularning sifati etarli 
darajada emasligini bildiruvchi aniq belgilarga ega bo’ladi. Bu asosan kreditlarning 
bankka qaytib to’lanishida ma’lum kamchiliklar mavjudligi va kreditning 
ta’minlanganligi sifatida qabul qilingan boshlang’ich manbalar kreditni to’lash uchun 
etarli bo’lmasligi natijasida qarzni to’lash uchun qo’shimcha manbalarni topish 
zarurligini ko’rsatadi. Substandart kreditlar qarz oluvchining ishonchli moliyaviy 
ahvoli va to’lov qobiliyatining yuqori darajasi bilan himoyalanmagan. Bu kredit 
kreditning ta’minlanganligini tashkil qiluvchi manbalar ma’lum risklar bilan 
bog’liqligini, kreditning joriy holati bo’yicha etarli axborotning mavjud emasligi
garov hujjatlarida ma’lum kamchiliklar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu kredit 
bo’yicha 60 kundan 30 kungacha to’lanmagan qarzlar mavjud bo’lishi mumkin. Bu 
kreditlar moliyaviy ahvoli barqaror bo’lmagan, korxonaning to’lovga layoqatliligida 
kamchiliklar bo’lgan hollarda yuzaga keladi. Substandart kreditlar bo’yicha 25 foiz 
kreditlar to’lanmasligi mumkin deb xulosa qilinishi va bu kreditlar bo’yicha 
to’lanmagan qarzlarni qoplash uchun 25 foiz rezerv tashkil qilinishi mumkin.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin