Bu tamoyilga asosan, kredit rejasida ko’zda tutilgan bank ssudalari kvartal yoki
oyiga bir marta emas, balki tovar-moddiy boyliklarini yaratish jarayoniga va ularni
ishlab chiqarish maqsadlariga sarflash yoki sotishning
malum bosqichlarida bank
tomonidan o’rnatilgan miqdorda berilar edi.
3.
Diferentsiyalashtirish
(kreditlashda
har
xil
yondashish)
tamoyili.
Bu tamoyil ijtimoiy zaruriy normalarga mos holda ishlab chiqarish va
mahsulotni realizatsiya qilish asosida korxona va tashkilotlarning qanday moliyaviy
natijaga erishganligiga qarab belgilangan. Xo’jalik faoliyatining
natijalariga qarab
korxonalar «yaxshi ishlaydigan» va «yomon ishlaydigan» korxonalarga bo’lib
kreditlangan.Bu tamoyilga asosan ijobiy moliyaviy natijalarga erishgan korxona va
tashkilotlarga kreditlash jarayonida malum engilliklar berilgan. Korxonalarda
moliyaviy qiyinchiliklar bo’lganda ishchilarga ish haqi to’lash
uchun yoki boshqa
to’lovlarni amalga oshirish uchun kreditlar berilgan. Undan tashqari, yaxshi
ishlaydigan korxonalarga engil
sharoitda kreditlar berilgan, masalan, berilgan
kreditning foiz stavkasi kamaytirilgan, korxona uchun zarur bo’lganda
kreditning
muddati uzaytirilgan va hokazo.
Agar korxona ishlab chiqarish rejasini bajarmasa yoki bankdan olingan
kreditlar bo’yicha o’z majburiyatlarini vaqtida amalga oshirmasa bunday korxona
yomon ishlovchi korxonalar qatoriga kiritilgan
va bank tomonidan bunday
korxonalarga iqtisodiy choralar qo’llanilgan. Lmon ishlovchi korxonalarni
kreditlashda bank qattiq yondashgan, yani kreditlarni
juda qisqa muddatga, yuqori
foiz stavkalari bo’yicha bergan. Bazida bank oldindan bergan kreditlarini muddatidan
ilgari undirib olgan, korxona yuqori tashkilotining kafolati asosida kredit bergan yoki
bazi hollarda kredit berishni umuman to’xtatib qo’ygan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tamoyillarning barchasi ham o’rinli
bo’lmasligi mumkin.
250