ko’rsatiladi. Ssudani to’lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam
tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning krdit portfelida
o’z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o’rni va
manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin... Tijorat
banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’zi hollarda qayta
moliyalashtirish va o’z mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy
bank va shunga o’xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin...
Yoozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar davlatning qarorlariga asosan
ustivor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi O’ayta
moliyalashtirish va bankning o’z mablag’lari hisobidan beriladigan kreditlar mijoz
kreditga layoqatli bo’lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida berilishi
mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi, lekin ularning
faoliyatiga ko’proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir qiladi. Tijorat
banklar faoliyatining asosii qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga
yo’naltirilgan bo’lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog’i ham yuqori
bo’ladi.
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan aktivlar
va yuqori likvid mablag’larning mavjudligi bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda
tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo’lgan yo’qotishlar
bo’yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish
qoidasi"ga asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan
mezonlar bo’yicha "yaxshi", "standart", "substandart", "shuxbali", "umidsiz" yoki
"ishonchsiz" kreditlarga tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: