Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155
audit (3)

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»
gi O’zbekiston Respublikasi qonuni
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab 
chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning 
yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati.
Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir 
qatorda, o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini 
ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Mazkur masala bo’yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: 
Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo’riqnomalar va 
ko’rsatmalar schyotlar rejasini qo’llashning to’g’riligi: hisobning jurnal-order 
yoki jadval avtomatlashtirilgan shakllaridan qo’llaniladigan shaklni yuritish qoi-
dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o’z vaqtida kelib 
tushishi va hujjatlar tashkil etilishi: hisob registrlarining o’z vaqtida va to’g’ri 
qo’llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos 
kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining 
qo’llanili-shi (ish haqi, materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; davr xarajatlarini hisobga 
olishning to’g’riligi; ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni baholashning 
to’g’riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qilinishini to’g’ri 
tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va 
hisobotda o’z vaqtida hamda to’liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan 
materiallar, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini 
tashkil etish va yuritishning qonuniyligi ustidan nazorat o’rnatilishi; banklarga, 


94 
soliq organlariga, aktsiyadorlarga va boshqalarga taqdim etiladigan balans va 
boshqa hisobot shakllariga buxgalterlik hisobi ma’lumotlarining to’g’ri kelishi; 
byudjet bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtidaligi; foyda (daromad)ni 
aniqlashning to’g’riligi; foydani taqsimlash va rezervlar yaratishning to’g’riligi.
Bulardan tashqari auditor quyidagilarni ham tekshirishi zarur: 

buxgalteriya apparati ishining to’g’ri tashkil etilganligi; 

buxgalteriya xodimlari lavozim yo’riqnomalarining mavjudligi; 

bajarilgan ish uchun har bir xodim javob beradigan qilib, xizmat vazifalarining 
buxgalteriya xodimlari o’rtasida taqsimlanganligi; 

auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan tashkilot (firma) rahbariyati tomonidan 
ishni bajaruvchi mansabdor shaxslar, ombor mudirlari, mexaniklar va 
boshqalar)ning dastlabki hisobotlar va hujjatlarni taqdim etish grafigining 
tasdiqlanganligi, grafikka rioya qilish ustidan nazorat o’rnatilishi va uni 
buzgan aybdor shaxslarga nisbatan intizom choralari va boshqa choralarning 
qo’llanilishi; buxgalteriya ichida ayrim ish turlarining bajarilish muddatlari 
ko’rsatilgan, hujjatlar aylanishi grafigining borligi (ish haqi hisob-kitobi 
vedomostlari, moddiy qiymatliklar harakatining yig’ma vedomosti, asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash vedomosti, hisob 
registrlarini yakuniy (yillik) hisobotlari tuzish); buxgalteriya xodimlari joriy 
ish jarayonida zarur bo’lgan, tegishli qo’llanmalar, yo’riqnomalar va hisob-
kitob jadvallari bilan ta’minlanganligi; 

bosh buxgalter tomonidan unga to’liq berilgan moliyaviy nazoratchilik 
huquqlarining amalga oshirilishi, buxgalterlik hisobi va hisobotiga doir bosh 
buxgalterning 
farmoyishlari, 
shuningdek, 
xususan 
moliya-xo’jalik 
muomalalarini 
rasmiylashtirish 
va 
talab 
qilinadigan 
huj-jatlar 
va 
ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish, korxonaning barcha xodimlari 
uchun majburiyligi kabi korxonadagi ichki tartibga rioya qilinishi, yuqorida 
ko’r-satilgan hisob, hisobot va moliyaviy nazorat masalalariga doir bosh 
buxgalter farmoyishi va ko’rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi 
uchun aybdor xodimlarga nisbatan audit o’tkazilayotgan korxona rahbariyati 


95 
tomonidan xayfsan yoki mukofotdan (to’liq yoki qisman) mahrum etish 
choralarining qo’llanilishi; buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo’linmalar 
o’rtasida o’zaro munosabatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi, bosh buxgalter 
boshqa bo’linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda audit o’tkazilayotgan 
korxona moliyaviy xo’jalik hisobi, hisobo-ti ma’lumotlariga asosan tahlil 
qilishi; 

balansning asosiy materiallar, pul mablag’lari va hisob-kitob moddalarini 
inventarizatsiya qilish; buxgalteriya hisobotlari va balanslari to’g’risidagi 
Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinishi; o’tkazil-gan 
inventarizatsiya va uning sifati qandayligi, inventarizatsiya natijasida barcha 
balans moddalari haqqoniy-ligining ta’minlanganligi; 

buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari va material 
qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa 
kamchilik hamda suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki 
hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va ularning ishonarliligi ustidan puxta 
nazorat o’rna-tish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va mulklar, 
material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va 
to’satdan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar; 

tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik 
hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelishi.
Har bir auditor, garchi bitta auditorlik tekshiruvida to’liq ishtirok etgan 
bo’lsa ham, buxgalteriya hisobini tartibga solish va soliqqa tortishning mavjud 
tizimida istalgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalterlik (moliyaviy) hiso-
botining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l qo’ymasligi o’ta murakkab 
ekanligini tushunib etadi.
Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim: 

buxgalterlik hisobotidagi xatolarning bayonini yozish; 

buxgalterlik hisobi va hisobotini tashkil etish hamda yuritishning qonunchilik 
bilan belgilangan qoidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan 
bilmasdan yoki ataylab buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti 


96 
qanday ish tutishi xususiyatlarini aniq-lash; 

buxgalteriya hisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladi-gan xatolar auditor 
tomonidan aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va 
auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini bir-biridan ajratib belgilash; 

buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari omillarini 
aniqlash.
Ko’pincha auditor audit o’tkazish chog’ida buxgalterlik (moliyaviy) 
hisobotlarga qanday maqsadlarda ataylab xatolar kiritilganligini aniqlashga 
urinib, unga xos bo’lmagan funktsiyalarni zimmasiga olishga harakat qiladi (balki 
buxgalterlik hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun 
g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi mumkin).
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar 
paydo bo’lishiga olib keladigan, ataylab qilingan hatti-harakatlari (yoki 
loqaydliklari) to’g’risida xulosa qilish faqat vakolatli organ tomonidan amalga 
oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor uchun aniqlangan 
xatolarning ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlash ham muhim 
hisoblanadi. 
Har bir auditor o’z tajribasidan kelib chiqib, muayyan tekshiriladigan korxona 
uchun buxgalterlik hisobining qaysi bo’limlari eng xatarli ekanligini yaqqol 
tasavvur qilib, auditni rejalashtirishda o’z ishini shunday tarzda ehtiyotkorlik 
bilan qilishi kerakki, noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish va taqdim qilish xavf-
xatari imkon qadar kamaysin.
Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha buxgalterlik 
hisobotiga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida 
aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi 
ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak.
Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham, 
shuni unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab yoki bilmasdan 
buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha 
choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib 


97 
to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir.
Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma 
ravishda taqdim qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida 
buxgalterlik hisobotining ishonchliligi to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr 
bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim: 

korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi; 

ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga 
muvofiq ishlatilishi; 

korxonada 
mahsulotlarni 
etkazib 
berish 
bo’yicha 
shartnoma 
majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil 
etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini 
hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya 
qilinishi; 

mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan 
yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar); 

chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning 
bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib 
berganlik uchun ko’rilgan zararlar; 

mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar 
bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar; 

xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona 
foydalanish; 

korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona 
taqsimlanishi; 

ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar 
(ishchidan tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan 
mehnatga haq to’lash tizimi; 

mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik 
hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi; 


98 

mahsulotlar 
hisobotiga 
hisobot 
davrida 
tayyorlanib 
tugallanmagan 
mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda 
chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin