Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Korxona hisob siyosatini o’rganish



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155
audit (3)

3. Korxona hisob siyosatini o’rganish 
№ 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi 
buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq 
hisob siyosati
xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni 
tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va 
amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari 
tomonidan №1 BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar 
uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchan, 
hamda boshqa aloqador BHMS lar asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim.
Hisob siyosatini shakllantirish va unga rioya qilinishi masalalari auditning 
ahamiyatli sohalaridan bo’lib, buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligiga 
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu boisdan hisob siyosati buxgalteriya hisobi 
va hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning barcha bosqichlarida 
auditni rejalashtirishdan to auditorlik xulosasini tuzgunga qadar muhim tekshiruv 
ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi paytgacha ishlab chiqilgan auditorlik faoliyatining milliy 
standartlaridan ko’pchiligida tekshiriladigan korxona faoliyatini tartibga 
soladigan, asosiy hujjatlardan biri sifatida hisob siyosati to’g’risida so’z 
yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob 
siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy 
tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish 
hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish 
hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.


99 
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari 
quyidagilardan iborat: 

tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish); 

buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi; 

tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari 
uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati; 

hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish 
texnologiyalari; 

ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va 
tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar; 

quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.
Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar: 
hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq 
qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari; 
hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya 
hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli 
darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar; 
hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’jalik faoliyatining shartli 
faktlari, muomalalarni to’xtatish, bitta aktsiyaga yoki 1 so’mlik paytga to’g’ri 
keladigan foyda.
Ushbu ma’lumot manbalarini o’rganish va tahlil qilish natijasida mijoz-
korxona ma’muriyatining hisob siyosatini shakllantirish hamda uni bajarishga 
yuzaki yondashmayotganligini aniqlash (baholash) zarur. Hisob siyosati 
to’g’risidagi buyruq (farmoyish) va uning bilan bog’liq bo’lgan, o’z vaqtida 
chiqarilgan va to’g’ri rasmiylashtirilgan farmoyish hujjatlarining mavjudligi - 
hisob siyosatidan korxonani boshqarish mexanizmi sifatida foydalanilayotganligi 
haqida etarli darajada guvohlik bera olmaydi.
Masalan, har xil foyda solig’i stavkalarini qo’llaydigan faoliyat turlari bilan 
shug’ullanadigan korxonalar ushbu soliqni eng yuqori stavka bo’yicha hisob-
kitob qilgan. Ushbu holat hisob siyosatini shakllantirish masalasiga korxonada 


100 
yuzaki yondashilayotganligidan dalolat beradi. Chunki, bunda hisob siyosatining 
uslubiy jihatlaridagi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. Har xil stavkalarda 
soliqqa tortiladigan faoliyatlar turlari bo’yicha xarajatlarni alohida hisobga olish 
uslubini ishlab chiqish va tasdiqlash soliq yukini engillatishga imkon bergan 
bo’lar edi. Auditor tomonidan korxona ma’muriyatining hisob siyosatiga 
munosabatini baholashni korxonada ichki nazoratning ahvolini umumiy 
baholashda e’tiborga olish zarur. Chunki hisob siyosati o’z-o’zidan ichki nazorat 
tizimining muhim unsurlaridan biri hisoblanadi.
Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob 
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda 
korxona buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan 
iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi 
lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobo-tining ishonchliligi to’g’risida fikr 
shakllantirishda quyi-dagi holatlar ham inobatga olinishi zarur: 

korxonalarning mulkiy holisligi; 

hisob siyosatini qo’llashning izchilligi; 

xo’jalik faoliyati faktlarining aniqligi.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur: 

hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi; 

hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining 
me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi; 

me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin 
korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga 
imkon beradigan usullar mavjudligi; 

hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan 
foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror 
qabul qilishga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish 
usullarining mohiyati to’liq ochib berilganligi; 

hisob siyosatiga rioya qilish.

Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya 


101 
qilinayotganligini tekshirishi lozim: unda: 

hisob siyosatini qabul qilish to’g’risida korxona rahbarining buyrug’i 
(farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).

ishchi schyotlar rejasi, namunaviy qabul qilinmagan dastlabki hujjatlar 
shakllari, hujjatlar aylanishi reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish 
texnologiyasi, inventarizatsiya o’tkazish va xo’jalik muomalalarini nazorat 
qilish tartibi va boshqalar tasdiqlanganligi.

hisob siyosatiga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgartishlar to’g’risida buyruq 
chiqarilganligi (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4 bandlari).
Shuningdek, yangidan tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan 
hisob yuritish siyosatini moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilgunga qadar, 
lekin yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro’yxatidan o’tgan) kundan boshlab 90 
kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim. Korxona tomonidan tanlangan 
hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro’yxatidan o’tgan) kundan 
boshlab yuritiladi. 
№1 BHMS 56 bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida 
o’zgartirilmaydi. Faqat xo’jalik yurituvchi sub’ektni qayta tashkil etilish 
(birlashish, bo’linish, qo’-shib olish), mulkdorlar almashishi, O’zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya 
hisobining o’zgarishi va buxgalteriya hisobining yangi uslublari ishlab chiqilgan 
hollarda hisob siyosati o’zgartirilishi mumkin (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 
4).
Hisob siyosatiga kiritilgan o’zgartishlar asoslangan bo’lishi va tegishli 
tartibda rasmiylashtirilishi lozim (№1 BHMS 55 bandiga muvofiq). O’zbekiston 
Respublikasi qonunchiligining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan hisob 
siyosatidagi o’zgartishlar oqibatlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 
buxgalteriya hisobining o’zgartirilgan uslublari qo’llanilib boshlanadigan sanaga 
(oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat ifodasida 
baholangan bo’lishi lozim.
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqni tahlil qilish chog’ida auditor 


102 
quyidagilarni aniqlaydi: 

haqiqatan ham buyruqning barcha bandlari hisob siyosatiga taalluqli ekanligi; 

hisob siyosatining barcha jihatlari (tashkiliy-texnik, uslubiy, soliqchilikka 
doir) buyruqda aks ettirilganligi.
Ushbu maqsadda hisob siyosati to’g’risidagi taqdim etilgan buyruq 
(farmoyish) test sinovidan o’tkaziladi. Buning uchun auditor tekshiriladigan 
korxona rahbariga taxminan quyidagi mazmundagi anketani to’lg’azishni tavsiya 
qiladi.
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqlarni auditorlar tomonidan test sinovidan 
o’tkazish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu 
hujjatga hisob siyosatiga taalluqli bo’lmagan narsalarni ham kiritadilar. Masalan, 
xodimlarga ish haqi berish muddatlari, ta’tillar davomiyligi, me’yoridan oshiq 
xizmat safari xarajatlari va hokazo. Bunday axborotlar korxonaning boshqa ichki 
hujjatlarida aks ettiriladi. Ayrim korxonalar bux-galteriya hisobining barcha 
mumkin bo’lgan unsurlari bo’yicha buxgalteriya hisobi uslublarini, ular oldin 
qo’llanganligi va keyinchalik qo’llanishi zarurligiga qaramasdan buyruqqa 
kiritishlari oqibatida xato-kamchiliklarga yo’l qo’yadilar.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin