117
birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan
ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan
amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit
jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar»
schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor
ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3)
taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va
mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning
egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q bo’lsa,
hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va to’rtinchi
argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: