Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/155
tarix07.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#152835
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   155
audit (3)

3. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida daliliy ma’lumotlarni 
to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish 
uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va 
ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va 
ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida 
mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy 
standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan etarli dalillarni to’plashi 
lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va 
oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy 
amallar.
Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki 
nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi 
(samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi.
Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri 
aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va 
xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda 
auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va 
uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini 
shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan 
xo’jalik 
muomalalarini 
aniqlash, 
shuningdek 
bunday 
xatolar 
va 
chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi.
To’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va 


120 
ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar
bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks 
ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va 
bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-
ketligini quyidagicha:
1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning 
umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga 
bog’liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan 
hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni 
va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga 
muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. 
Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan 
tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash 
zarur.
Etarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan 
o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor 
hisob va hisobotning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik 
amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim 
muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan, 
oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin.
3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya
xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, 
og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda 
keltirilgan. 
Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni 
qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, 
majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini 
qanday ketma-ketlikda bajarishni.
Auditor tomonidan olingan dalillarning etarliligi va ishonarliligi turli amallar, 


121 
usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida 
ta’minlanadi.
4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit 
dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot 
ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar 
ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga 
nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi 
hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni 
boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib 
olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni 
bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan 
tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari 
yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni 
ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan 
kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab 
chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi 
mumkin.
6. To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish 
va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, 
olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi 
(ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga 
taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning 
ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu 
aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida 
ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan 
dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi 
bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.


122 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin