106
samarasiz bo’lsa, auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli
vaziyatlarni bartaraf qilish uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi
lozim. Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona
ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining
fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy
hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini
ham inkor qilmasligi lozim. O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan
tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan tahlikali vaziyatlarni baholashda
to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi
faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor
olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab,
unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va
printsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid
majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.
Faoliyat sohasini bayon qilishda auditor asosiy diqqat-e’tiborini ichki
nazoratning alohida uchastkalariga qaratadi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki
nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda
qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini imkon qadar kamaytiradi.
Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar oson
aniqlanadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy
tekshiruv va mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi
mumkin.
Ko’plab mutaxassislar ta’kidlashicha, ichki nazorat tizimi faqat korxonada
ichki nazorat ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgandagina yaxshi
samara beradi, jamoatchilik taftish komissiyasiga yuklanganida esa yomon
ishlaydi, boshqalar esa ichki audit ichki nazorat tizimi elementlaridan birigina
xolos deb tasdiqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: