Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


-chizma. Audit o’tkazishga qo’yilgan talablar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə9/13
tarix11.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#111255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
I-51-2-guruh Bobojonov Jamshidbek Auditning paydo bo\'lishi va rivojlanishi

1-chizma. Audit o’tkazishga qo’yilgan talablar


Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo “audit” tushunchasi hali ko’pgina iqtisodiy sub’ektlar uchun to’liq va aniq tasavvurga ega bo’lmagan sohalardan bir bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiy isloholotlarning liberallashtirishi natijasida turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitida, iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish shakllarini hamda biznes ko’rsatkichlarini baholash usullari tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kabs etmoqda. Xususan, moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri hisoblangan mustaqil va muqobil auditorlik nazorati mexanizmini samarali shakllantirish hamda uni bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish zarurati yanada kuchaymoqda.
Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish natijasida korxonalar moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samarali tashkil etish uchun auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, hamda o’zaro hisob-kitobni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, tavsiyalar, moliya, soliqqa tortish, moliyaviy boshqarish va huquq sohasidag hamda boshqa turlardagi malakali yordam ko’rsatadigan auditorlarga ehtiyoj yanada kuchaymoqda.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari ish sifatini yanada oshirish hamda auditor malaka sertifikatiga ega auditorlarni audit tekshiruvlarini xolisona, sifatli va haqqoniy o’tkazilishini ta’minlashni tartibga solish maqsadida bir qancha ilmiy va amaliy choralar ishlab chiqilmoqda.
Respublikamizda auditorlarning qonuniy huquq va majburiyatlarini himoya qiladigan, ular malakasini oshirish bo’yicha doimo tadbirlarni amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etilib, ular bugungi kunda o’z faoliyatini olib bormoqda. Bunday tashkilotlar qatoriga O’zbekiston auditorlar palatasi, O’zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi va O’zbekiston biznes fanlari o’qituvchilari assotsiatsiyasi kiradi.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jaevaning
«O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditorlik faolityatiga quyidagicha ta’rif berilgan:




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin