2 Do’smuratov R.D. O’zbekistonda auditorlik faoliyatining shakllanishi va uning uslubiyotini takomillashtirish: i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya.Toshkent – 2008.-51b.
Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) ishlab chiqila boshlandi. 2000 yil 26 mayda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri va 2000 yil 20 sentyabrda Vazirlar mahkamasining 365-sonli “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining
ahamiyatini oshirish to’g’risida”gi qarori va boshqalar;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 aprelda PQ-615- sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori;
2007 yil 17 sentyabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida qonun qabul qilindi;
Yangi auditorlik milliy standartlari va ularga tenglashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda;
Quyida har bir bosqichni batafsil tavsiflashga harakat qilamiz. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil qilishdagi dastlabkibosqichlaridanbirinchisi, uni kelajakda rivojlanishi va istqbolini yaratish maqsadida 1992 yil 9 dekabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risda”gi qonun qabul qilindi. Auditorlik faoliyatini rivojlanishining birinchi bosqichi 1992 yil “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi. Mustaqil audit yordamida davlat va xususiy mulk egalarining mulkiy manfaatdorligini himoya qilish Qonunning asosiy maqsadi etib belgilangan edi.