Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


-chizma. Auditorlik faoliyatining tavsifi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə11/13
tarix11.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#111255
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
I-51-2-guruh Bobojonov Jamshidbek Auditning paydo bo\'lishi va rivojlanishi

3-chizma. Auditorlik faoliyatining tavsifi


Shuningdek, O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.
Muvofiq ravishda, yuqorida keltirib o’tilgan auditorlik faoliyatini rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini boshqarishning samarali usullarini tadbiq etish, ularning auditorlik tekshiruvi natijalari uchun javobgarligini va auditorlik tekshiruvlarining ob’ektivligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik tizimlari tomonidan ularga bo’lgan ishonchni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615- sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini kelgusida isloh qilish yo’lida yana bir kuchli turtki bo’lib xizmat qildi.
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, Respublikamizda auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan atroflicha o’rganish va tahlil etish, muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan samarali taklif va tavsiyalar berish bo’lsa, iqtisodiyotda tutgan o’rni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar birinchidan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ishonchli, xolisona va mustaqil auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishini ta’minlash, ikkinchidan, amaldagi qonunchilikning takomillashtirilishi auditorlik xizmatining sifatli o’tkazilishini rag’batlantirishdan iboratdir.


  1. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning rivojlanish bosqichlari


So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit sohasi moliyaviy bozorning muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, ushbu hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarining o’zgarishi, xususan kelgusida global dolzarb vazifalarni echish doirasida integratsiya jarayonlarining faollashuvi, auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq modernizatsiyalashgan mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy birlashmalarni shakllantirishga intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning intellektual omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish va boshqalar sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik tizimining teng huquqli a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining rivojlanishiga xalqaro tajriba yanada kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (4- chizmaga qarang). Bunga muvofiq auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi va undan so’ng “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin