Mavzuga oid adabiyotlar sharhi Ta’kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil
qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona
tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo‘lgan
tadqiqotlarning ko‘lami keng bo‘lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta’minlashimizda
xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim.
Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar
tomonidan o‘rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg
tarixiy-madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi
ma’lumotlar va tajriba to‘plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan
madaniy, diqqatga sazovor joylarga borishi” deya ta’riflaydi[8].
Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy turizmni “mamlakatning barcha
imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf-odatlari, uy xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari
bilan bog‘langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati” deya ta’riflaydi[5].
I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga
yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-birini
to‘ldiruvchi uchta: 1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish, 2) madaniyatni
muhofaza qilish va qayta tiklash, 3) madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan iborat deya
hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar
funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi:
- madaniy-ma’rifiy va ta’limiy;
- madaniy muhofaza va saqlash;
- aloqalar o‘rnatish va tinchlikparvarlik.
G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni “kishilarning yangi axborot,
tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va
tarixiy joylar, san’at galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik
san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an’anaviy
dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi” deb
hisoblaydilar[6].
Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev,
O.Xamidov, N. Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy
asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko‘plab
masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar