30
1. Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishda axborot manbalari
Dunyoda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan barcha aksiyadorlik
kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar o‘zlarining sho‘ba
va boshqa bog‘liq kompaniyalari bilan birgalikda MHXSlariga muvofiq moliyaviy
hisobotlarni ixtiyoriylik asosda tuzmoqdalar. Xalqaro tajribadan kelib chiqib
ta’kidlashimiz joizki, korxonalarni samarali boshqarishda yirik guruhlarga
birlashtirgan
holda
tuzish
va
moliyaviy
hisobotlarni
tayyorlashda
konsolidatsiyalashgan
hisobni
yuritish
maqsadga
muvofiqdir.
Aynan
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro
tartib va talablardan kelib
chiqib shakllanishi iqtisodiy sub’ektlar bir-biri bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda
o‘z sheriklarning moliyaviy holatini yaxshi bilishlari va samarali boshqaruvni
amalga imkonini beradi.
Adabiyotlar sharhi
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini kuzatar ekanmiz konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotni tuzishda nazariy ilmiy g‘oyalar va fikrlar ilgari surilgan. Shuni
ham qayd etish joizki, bu borada amaliy jihatlarning amaliyotda qo‘llanilishi
borasida turli mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib sezilarli farqlar mavjud.
Jumladan, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish uning
nazariy hamda
amaliy jihatlarini respublikamiz iqtisodchi olimlar tomonidan ham o‘rganilgan va
bu xususida turli yondoshuvlar mavjud. Xususan respublikamiz iqtisodchi
olimlaridan I.N.Qo‘ziev va I.Avezovning fikricha “Konsoldatsiyalashgan hisobot -
bosh, sho‘ba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va sho‘ba jamiyatlarda tuzilgan
hisobotlarning ma’lumotlarini o‘zida aks ettiradi. Buning ustiga hisobot mulk va
moliyaviy ahvol,
shuningdek, faoliyat natijalari kompaniyalar bosh va sho‘ba
korxonalari guruhi bir butun holda ko‘rinishi uchun tuzilishi kerak”deya ta’kidlab
o‘tganlar. [1]
I Ochilov tomonidan sug‘urta kompaniyalaraida konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobot tizimi o‘rganilib jumladan shunday Sug‘urta kompaniyasiga agar
31
konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobot va bosh kompaniyaning alohida
moliyaviy hisoboti taqdim etilsa, segment to‘g‘risidagi ma’lumotlar
faqat
konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobot asosida taqdim etilishi kerak.
Shuningdek,
.....
konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot faqat bosh jamiyatda (asosiy
kompaniyada), ular mulkchilik turidan va bosh jamiyatning tashkiliy-huquqiy
shaklidan qat’iy nazar nazorat qilinadigan sho‘ba korxonalar mavjud bo‘lgandagina
tuziladi. [2]
Xorijlik ko‘plab olimlarning fikriga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan moliyaviy
hisobot bosh va qaram korxonalar faoliyatini olib borishda yagonalashgan hisob va
hisobotni yuritish va taqdim etishdir.Jumladan,
Rus iqtisodchi olimi Yu. I. Sigidov iqtisodiy mohiyati jihatidan
ta’kidlanganda, konsolidatsiya orqali bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni
birlashtirish mumkin.[3]
V S Plotnikov va O V Plotnikovalar
korxonalarni birlashtirish, biznes
jarayonlarini
hisobga
olish
yagonalashgan
hisobni
tashkil
etishda
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisob va hisobotni tuzishda uning konseptual
asoslarini shakllantirishni talab etadi. [4]
D.V.Isaev, T.K.Kravchenkolar Konsolidatsiya nazariyasining asosiy
tushunchasi korxonalar guruhlashuvidir. Guruhda alohida faoliyat yo‘nalishlari va
alohida biznes sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar
yagona bitta kompaniya
sifatida birlashtirilmaydi lekin, guruhlar tarkibida bir nechta korxonalar faoliyati
amalga oshiriladi, xuquqiy jihatdan ularning har biri mustaqil faoliyat olib boradi
[5] deya ta’kidlaydi.
Bizning fikrimizcha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot guruhlashgan
moliyaviy hisobot bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari
bosh korxona tomonidan yagona moliyaviy hisobot sifatida taqdim etiladi. Bunda
kompaniyalar
tomonidan
bosh
korxonaga
taqdim
etilgan
hisobotlar
umumlashtiriladi.
32
Kurs ishini yoritish jarayonida iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishning
ilmiy
usullari nazariy, tadqiqot, umumlashtirish, guruhlashtirish, so’rovnomr o’tkazish
qiyosiy tahlil usullardan foydalanilgan
Dostları ilə paylaş: