25
ham plastik kartochka egalari tomonidan to’lovlarni hech qanday to’siqsiz amalga
oshirishlari mumkin.Hozirda mamlakatimizning 18 ta tijorat banklari bu tizimda
faoliyat yuritmoqdalar.
Plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni o’tkazish
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002 yil yanvar oyida qabul
qilingan 60-sonli “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar
to’g’risida”gi Nizomga ko’ra amalga oshiriladi.
Banklarning korporativ kartochkalaridan foydalanish tartibi “Yuridik
shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartochkalaridan
foydalanish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2005
yil
12-martdagi
602-sonli
Nizomiga
asoslab
berilgan.
Korporativ bank kartochkalarining emissiyasi “Tijorat banklari tomonidan
bank kartochkalarini chiqarish va ularni O’zbekiston Respublikasida muomalada
bo’lish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 565-
sonli Nizomiga muvofiq olib boriladi.
Plastik kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish shartnomasi quyidagilarni o’z
ichiga olishi shart:
- tomonlarning nomlari;
- shartnoma mavzusi;
- tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tomonlarning javobgarligi;
- hisob-kitoblarni o’tkazish shartlari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- nizolarni hal qilish tartibi;
- tomonlarning yuridik manzili.
Kartochkani to’lov vositasi sifatida foydalanishga tayyorlashda quyidagi majburiy
rekvizitlar yozilgan bo’lishi lozim:
- identifikastiya ma’lumotlari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);
- emitent bank kodi;
26
- kartochka egasining familiya, ismi va sharifi va hisobvaraq raqami;
- kartochkaning amal qilish muddati.
Savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlarini to’liq to’lov terminallari bilan
jihozlash, aholini etarli miqdorda plastik kartochkalar bilan ta’minlash maqsadida
plastik kartochkalar va to’lov terminallarini respublikamizda ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi. Shuningdek, bank kartochkalari orqali to’lovlarning o’tkazilishini
yanada tezlashtirish maqsadida, Yagona Umumrespublika Prostessing Markazi
uskuna va dasturiy ta’minotlari yangilanib, «Uzkart» banklararo to’lov tizimini
yangi texnologik platformasiga o’tkazish ishlari jadal olib borilmoqda.
2012 yilda bank tizimini rivojlantirish va isloh qilishda asosiy e’tibor
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan «2011 - 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini
yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting
ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-
tadbirlar» dasturida hamda bank tizimiga oid boshqa Farmon va qarorlarida
belgilangan vazifalarni bajarishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: