Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

Birinchidan,  internet  global  tarmog’idan  foydalanuvchilar  soni  ko’payib 

borayotganligi.  



Ikkinchidan, internet global tarmog’i orqali sotiladigan bank mahsulotlari va 

xizmatlaridan  foydalanuvchilar  soni  ko’payib  bormoqda.  Internetdan  faol 

foydalanuvchilarning  bu  qadar  tez  ko’payib  borayotganligi  banklarga  global 

tarmoq 


yordamida 

tarqatiladigan 

bank 

mahsulotlari 



va 

xizmatlaridan 

foydalanuvchilar sonini jadal sur’atlar bilan ko’paytirib borish imkonini bermoqda.  

Uchinchidan,  mijozlarga  internet  tarmog’i  orqali  bank  xizmatlari 

ko’rsatilganida  chiqimlar  ancha  kamayadi.  Masofadan  bank  xizmati  ko’rsatishni 

internet orqali sotish uchun bank kam deganda internet global tarmog’ida o’zining 

hozir bo’lishini ta’minlashi, ya’ni o’zining «virtual ofisini» ochishi kerak. Bu ofis 

orqali  mijoz  bank-mijoz  yoki  kompyuter  buyurtmalari  tizimining  mijozlar  qismi 

distributlarini o’ziga o’tkazib olishi yoki agar tizim  mijozda biron-bir qo’shimcha 

dasturiy  ta’minotni  o’rnatish  zaruratisiz  amalga  oshirilgan  bo’lsa,  internet-bankka 

kirishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  bank  mijozlarga  xizmat  ko’rsatadigan  serverni 

o’rnatishi,  avtomatlashtirilgan  bank  tizimidagi  mijozlar  qismidan  axborot  uzatish 

uchun  shlyuzlar  yaratishi  talab  qilinadi  va  hokazo.  Bu  esa  qo’shimcha  xarajatlar 




37 

 

bilan  bog’liq.  Lekin,  bank  masofadan  bank  xizmati  ko’rsatishni  internet  global 



tarmog’i orqali amalga oshirish uchun qiladigan hamma xarajatlar bir nechta bank 

bo’limini  ochishga  qaraganda  ancha  kam,  vaholanki,  internet  orqali  xizmat 

ko’rsatiladigan mijozlar soni real bank bo’limlari mijozlarining sonidan bir necha 

baravar  ortiq  bo’lishi  mumkin.  Shuningdek,  bank  kapital  qurilish  xarajatlarini 

qisqartirishi  va  xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlar  shtatini  kamaytirishi,  filiallar 

tarmog’ining  bir  qismini  jismoniy  shaxslar  bilan  qilinadigan  ortiqcha  kam 

daromadli operastiyalardan ozod qilishi mumkin.  


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin