Toshkent moliya instituti


Masofadan  bank  xizmati  ko’rsatish



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#40403
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
ozbekiston respublikasi tijorat banklari zamonaviy xizmatlarini shakillantirish va rivojlantirish masalalari mavzusini oqitishda tadqiqiot metodini qollash

Masofadan  bank  xizmati  ko’rsatish.  Oflayn  pejimida  masofadan  bank 

xizmati  ko’rsatish  katta  kamchilikka  ega  –  mijozning  bank  operastiyasini  amalga 

oshirish  istagi  bilan  bankning  ushbu  operastiyani  bajarish  haqidagi  farmoyishni 

ijro  etish  payti  o’rtasida  farq  paydo  bo’ladi.  Ushbu  farqning  vujudga  kelishi 

mijozning  operastiyani  amalga  oshirish  haqidagi  farmoyishini  bankka  uzatish 

uchun  ancha  vaqt  sarflanishi  bilan  bog’liq3.  Masofadan  bank  xizmati  onlayn 

rejimida  ko’rsatilgan  takdirda  mijozning  o’zi  bank  operastiyasini  amalga  oshirish 

tashabbuskori  bo’ladi  va  bu  holatda  ma’lumotlarni  mijozdan  bankka  elektron 

usulda uzatish vaqtida vujudga keladigan arzimagan farq hosil bo’ladi. 

Masofadan bank xizmati ko’rsatishning onlayn rejimida amal qilayotgan eng 

jo’shqin  rivojlanib  borayotgan  kanali  bank  mahsulotlari  va  xizmatlarini  internet 

tarmog’i  orqali  taqdim  qilishdan  iboratdir.  Ma’lumotlarni  internet  tarmog’i  orqali 

uzatishdan  foydalanadigan  masofadan  bank  xizmati  ko’rsatish  tizimlarini  amalga 

oshirish  chog’ida  banklar  ikkita  tizimli  yondashuvni  qo’llaydilar.  Ko’pchilik 

banklar  mijozlardan  o’zlarining  kompyuterlariga  o’rnatilgan  maxsus  dasturiy 

ta’minotdan  (mijoz-bank  tizimidan)  foydalanishni  talab  qiladi.  Darhaqiqat, 

internet-ilovalarga  (internet-bank  tizimlari)  asoslangan  zamonaviy  tizimlar 

masofadan  bog’lanish  moslamasini  o’rnatib,  ammo  bank  dasturiy  ta’minotini 

foydalanuvchining  kompyuteriga  o’rnatmasdan,  undan  foydalanish  imkonini 

beradi. Bu ikkala yondashuv ham mijozlar uchun ochiq afzallik va kamchiliklarga 




35 

 

ega. Shunga qaramay, banklarning hozircha masofadan bank xizmati ko’rsatishdan 



foydalanmayotgan  mijozlari  birato’la  internet-bank  tizimlarini  tanlab  olsalar, 

to’g’ri ish qilgan bo’ladilar, chunki, an’anaviy tizimlar bir necha yildan keyinroq 

iste’moldan  chiqib  qoladi.  Mijoz-bank  tizimlariga  maxsus  kompyuter  dasturidan 

foydalanish  asos  bo’ladi.  Bu  dastur  mijozga  xilma-xil  bank  operastiyalarini 

bajarishda  yordam  beradi.  Bunday  dasturlar  unga ishning  asosiy  qismini  mustaqil 

oflayn  rejimda  bajarish,  so’ngra  esa,  internet-ulanishni  o’rnatib,  bank 

operastiyasini  oxiriga  etkazish  imkonini  beradi.  Shunday  qilib,  Mijoz-bank 

tizimlari afzallikka ega bo’lib, mijozga o’zining bank axborotini boshqa moliyaviy 

ma’lumotlar bilan birlashtirish, bunda murakkab bo’lmagan dasturdan foydalanish 

imkonini  beradi.  Mijoz-bank  tizimlari  yordamida  masofadan  ko’rsatiladigan 

xizmatlardan  foydalanuvchi  mijozlar  uchun  asosiy  muammo  bankdagi  o’z 

hisobvaraqlariga  kirish  amalga  oshiriladigan  kompyuterga  qo’shimcha  dasturiy 

ta’minot  o’rnatish  zarurligidan  iborat,  ya’ni  mijoz  ushbu  ilovani  o’rnatishga 

ma’lum vaqt sarflashiga to’g’ri keladi.  

Eng  yangi  internet-bank  tizimlari  mijozga  masofadan  ulanish  qurilmasini 

o’rnatish  hamda  o’z  kompyuteriga  biron-bir  ilovalarni  o’rnatmagan  holda 

bankning  dasturiy  ta’minotidan  foydalanish  imkonini  beradi.  Buning  ustiga  bu 

ta’minotdan har  qanday  kompyuter  orqali  foydalanish  mumkin.  Bundan  tashqari, 

internet-bank  tizimlaridan  foydalanish  uncha  qimmat  emas.  Umuman  olganda, 

agar  bank  o’zining  internetdagi  vakolatxonasi  yordamida  oddiy  elektron  bank 

xizmatini  ta’minlasa,  bankning  operastiya  xarajatlari  qisqaradi.  Bundan  tashqari, 

bank  mijozlar  foydalanishi  mumkin  bo’lgan  ko’pdan-ko’p  shaxsiy  moliyaviy 

dastur-ilovalarni  moslashtirish  o’rniga  murakkab  bo’lmagan  kompyuter  tizimini 

ishlatadi.  Chiqimlarning  kamayishi  banklarga  internet-bankda  mijozga  xizmat 

ko’rsatganlik uchun ancha kam haq olish yoki uni butunlay bekor qilish imkonini 

beradi.    Ammo,  mavjud  farqlariga  qaramay,  mijoz-bank  va  internet-bank 

tizimlariga  asoslangan  masofadan  bank  xizmati  ko’rsatish  mijozlarga  xizmat  

ko’rsatishning an’anaviy bank usullari oldida o’xshash afzalliklarga ega, ya’ni:  




36 

 

- kompyuter bor bo’lgan va internet global tarmog’iga kirish imkoni bo’lgan 



har  qanday  joydan  turib,  mijoz  o’z  hisobvaraqlaridan  foydalanishi  hamda 

transakstiyalarni amalga oshirishi mumkin;  

- servisdan haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat mobaynida foydalansa bo’ladi;  

- transakstiyalar darhol bajariladi va tasdiqlanadi – ma’lumotlar ishlash vaqti 

bankomatda ma’lumotlar ishlash vaqti bilan bir xil;  

-  amalga  oshiriladigan  operastiyalar  doirasi  ancha  keng:  hisobvaraqlar 

bo’yicha mablag’lar harakatini nazorat qilishdan tortib, ipoteka kreditiga buyurtma 

berishgacha operastiyalarni bajarish mumkin.  

Albatta,  tabiiy  savol  tug’ilishi  mumkin.  Nima  sababdan  internet-bank  va 

mijoz-bank  tizimlari  orqali  xizmat  ko’rsatish  onlayn  rejimida  masofadan  bank 

xizmati ko’rsatishning boshqa usullariga qaraganda istiqbolli? Buning sabablari bir 

nechta bo’lib, ularni batafsilroq tahlil qilishimiz mumkin.  




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin