30-mavzu. Aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi turmush darajasi tushunchasi. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Aholi turmush darajasining sifat ko‘rsatkichlari. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi. Aholi turmush darajasini statistik o‘rganish yo‘nalishlari. Aholi turmush darajasini ifolalovchi sintetik va qiymat ko‘rsatkichlari, fizik ko‘rsatkichlari, boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlari. Inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi).
V. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Fan bo’yicha laboratoriya ishlari o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
VI. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni
“Statistika” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda pedagog-xodimlarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor o’qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni echadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
“Statistika” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: |