Toshkent moliya instituti


Fanning tuzilishi va tarkibi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/20
tarix23.05.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#59013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1.Statistika sillabus (3)

Fanning tuzilishi va tarkibi

5234000– Byudjet hisobi va nazorati, 5233900 – Bank hisobi va audit, 5230100– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5233800– Moliyaviy texnologiyalar, 5234400-– Xalqaro valyuta kredit munosabatlari, 5230200– Menejment (xizmatlar sohasi), 5230600– Moliya, 5230700– Bank ishi, 5230800-Soliqlar va soliqqa tortish, 5230900-– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yich), 5231200– Sug‘urta ishi, 5231300- Pensiya ishi, 5231500- Baholash ishi, 5232000- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi, 5232100– Korporativ moliya, 5232400– Iqtisodiy xavfsizlik, 5232700– Investitsion loyihalarni moliyalashtirish, 5232800– Elektron tijorat ta’lim yo’nalishlarida “Statistika” fanidan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti.



t/r

Fan mavzularining nomi

Jami

Shu jumladan

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Mustaqil ta’lim

III semester

1 modul. Statistikaning umumiy nazariyasi


Statistika faniga kirish

8

2

2

4


Statistik ma’lumotlarni to’plash nazariyasi va amaliyoti

8

2

2

4


Statistik jamlash va guruhlash

8

2

2

4


Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash

8

2

2

4


Tasviriy statistika ko’rsatkichlari

8

2

2

4


O’rtacha miqdorlar

8

2

2

4


Statistikada variatsiyani baholash usullari va dispersion tahlil asoslari

8

2

2

4


Dispersiya. Dispersiya turlari

10

2

2

6


Statistik tadqiqotlarda tanlab kuzatishning qo’llanilishi

10

2

2

6


Tanlab kuzatish xatosi, tanlanma toъplam zaruriy miqdorini aniqlash va tanlab kuzatish natijalarini tarqatish yo’llari

10

2

2

6


O’zaro bog’lanishlarni statistik o’rganish

10

2

2

6


O’zaro bog’lanishlar zichligini o’rganish usullari

10

2

2

6


Dinamikani statistik o’rganish uslubiyati

10

2

2

6


Iqtisodiy indekslar

10

2

2

6


Statistika amaliyotida iqtisodiy indekslarni qo’llash yo’nalishlari

10

2

2

6




III- semestr bo’yicha jami

136

30

30

76

2 modul. Ijtimoiy-iqtisodiy statistika


Aholi statistikasi

8

2

2

4


Aholi haratining statistik ko’rsatkichlari

8

2

2

4


Mehnat bozori statistikasi

8

2

2

4


Mehnat resurslari balansi

8

2

2

4


Milliy hisoblar tizimi va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tizimi

8

2

2

4


Yalpi ichki mahsulot hajmining hisoblash usullari

8

2

2

4


Milliy daromad statistikasi

8

2

2

4


Milliy boylik statistikasi

8

2

2

4


Asosiy va aylanma kapital statistikasi

10

2

2

6


Moliya bozori statistikasi

10

2

2

6


Pul muomulasi va kredit statistikasi

10

2

2

6


Sug’urta bozorini statistik o’rganish

10

2

2

6


Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

10

2

2

6


Toʻlov balansi

10

2

2

6


Aholi turmush darajasi statistikasi

10

2

2

6




IV- semestr bo’yicha jami

134

30

30

74




JAMI

270

60

60

150



1.Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni


1- modul. Statistikaning umumiy nazariyasi
1-mavzu. Statistika faniga kirish
Statistika to‘g‘risida tushuncha. Statistika fani predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Statistika predmeti to‘g‘risida ilmiy-amaliy bahslar. Statistika fanining asosiy unsurlari va kategoriyalari hamda tushunchalari: statistik to‘plam, to‘plam birligi, variatsiya, o‘zgaruvchan belgi, atributiv, tartiblangan va miqdoriy belgi, statistik ko‘rsatkich, statistik qonuniyat. Ma’lumotlar tiplari. Statistikaning usullari va uslubiyati. Statistika fani va faoliyatining tabaqalanishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida statistikaning vazifalari. Statistikaning tashkil etilishi va statistik axborotlarning olinishi.
2-mavzu. Statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti
Statistik kuzatish-statistik tadqiqotning dastlabki bosqichidir. Statistik kuzatish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatishning asosiy tamoyillari. Statistik kuzatish rejasining dasturiy–uslubiy va tashkiliy masalalari:kuzatish ob’ekti va birligi, kuzatish dasturi, kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi, organi, kuzatish joyi, kuzatish vaqti va muddati. Statistik kuzatish shakllari, turlari, usullari va ularning o‘ziga xos jihatlari. Statistik hisobot, registr va maxsus tashkil qilingan statistik tekshirishlar. Yoppasiga va qisman kuzatish, uzluksiz(joriy) va uzlukli kuzatish, muntazam va bir yo‘lakay kuzatish. Bevosita va hujjatli kuzatish, so‘rovnoma. O‘zbekiston Respublikasida statistik kuzatishni tashkil etish hamda uning tarkibiy qismlari vazifalari. Statistik kuzatish xatosi va uning turlari. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va tekshirish usullari.
3-mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
Statistik jamlash - statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichidir. Statistikada jamlash va guruhlashning mohiyati va vazifalari. Statistik guruhlash usuli, uning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ahamiyati. Guruhlash turlari: oddiy va murakkab (ko‘p o‘lchovli) guruhlash, tipologik, tuzilmaviy (strukturaviy) va analitik guruhlashlar. Guruhlarni tuzish printsiplari (qoidalari). Guruhlash belgisi. Guruhlar soni va oralig‘i. Guruhlash usuli yordamida echiladigan masalalar. Taqsimot qatorlarining mohiyati, tarkibiy unsurlari va turlari. Atributiv variatsion, diskret va oraliqli qatorlar. Variatsion qatorlarni tuzish masalasi.
4-mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash
Statistik jadvallarning mohiyati, ahamiyati. Tuzish qoidalari. Statistik jadval turlari. Oddiy, guruhiy va kombinatsion jadvallar. Statistik jadvallarni o‘qish va tahlil qilish usullari. Statistik grafiklar tushunchasi, turlari, ahamiyati va tuzish qoidalari. Statistik grafiklar to‘g‘risida tushuncha. Grafiklarning tarkibiy unsurlari: masshtab, shkala va koordinatalar tizimi. Sifat belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Ustunli grafik, doiraviy diagramma, Pareto diagrammasi. Miqdor belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlash. Nuqtali grafik, band va barg grafigi, gistogramma. O‘zaro bog‘lanishlarni grafikda aks ettirish. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning turlari: poligon, gistogramma, kumulyata, ogiva. Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko‘rsatilishi.
5-mavzu. Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari
Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati. Statistik ko‘rsatkichlarning atributlari: sifat tomonga egaligi, miqdor tomonga egaligi, makon va zamonda uzil-kesil chegaralanganligi. Statistik ko‘rsatkichlar tasniflari va turlari. Mutlaq, nisbiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Hajm va sifat ko‘rsatkichlari. Momentli va intervalli ko‘rsatkichlar. Statistik ko‘rsatkichlarning ifodalanish shakllari. Nisbiy miqdorlarning turlari: reja (shartnoma) topshirig‘i, reja bajarilishi, dinamika; tuzilmaviy, koordinatsiya, taqqoslash va intensivlik nisbiy miqdorlari. Nisbiy ko‘rsatkichlar turlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik o‘rganishda mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni birgalikda (kompleks) qo‘llash zarurligi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin