28-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, uning tarixi va asosiy yo‘nalishlari hamda mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotidagi roli. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning makroiqtisodiy statistikada yoritilishi. Import va eksport turlari. Import va eksport hisoblarida qo‘llaniladigan baholar. Tashqi savdo statistikasida indekslar usuli. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
29-mavzu. To‘lov balansi To‘lov balansi tushunchasi. To‘lov balansining asosiy kontseptsiyalari va uni statistik o‘rganishning ahamiyati. To‘lov balansining klassifikatsiyasi va xalqaro investitsion yondashuv. To‘lov balansining saldo kontseptsiyasi. Rivojlangan mamlakatlar ko‘rsatkichlarini solishtrish printsiplari va MHT hamda to‘lov balansini tuzish qoidalaridan foydalanish. To‘lov balansi operatsiyalarini yozish printsipi. To‘lov balansining moddalari.
30-mavzu. Aholi turmush darajasi statistikasi Aholi turmush darajasi tushunchasi. Aholi turmush darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Aholi turmush darajasining sifat ko‘rsatkichlari. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi. Aholi turmush darajasini statistik o‘rganish yo‘nalishlari. Aholi turmush darajasini ifolalovchi sintetik va qiymat ko‘rsatkichlari, fizik ko‘rsatkichlari, boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlari. Inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi).
2. Fanning amaliy mashg’ulotlari mazmuni
1- modul. Statistikaning umumiy nazariyasi
1-mavzu. Statistika faniga kirish Statistika to‘g‘risida tushuncha. Statistika fani predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Statistika predmeti to‘g‘risida ilmiy-amaliy bahslar. Statistika fanining asosiy unsurlari va kategoriyalari hamda tushunchalari: statistik to‘plam, to‘plam birligi, variatsiya, o‘zgaruvchan belgi, atributiv, tartiblangan va miqdoriy belgi, statistik ko‘rsatkich, statistik qonuniyat. Ma’lumotlar tiplari. Statistikaning usullari va uslubiyati. Statistika fani va faoliyatining tabaqalanishi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida statistikaning vazifalari. Statistikaning tashkil etilishi va statistik axborotlarning olinishi.