– Investitsion loyihalarga xizmat ko'rsatish va moliyalastirish
5232800
– Elektron tijorat
Toshkent-2021 “Statistika” fani boyicha sillabus (2021-2022 o’quv yili uchun)
Kafedra
“Statistika va ekonometrika”
Ta’lim sohalari
230000 – Iqtisod
Kursni (fanni) olib boruvchi oqituvchi:
Mamatkulov Bahtiyor Xalmuradovich
Kurs (fan) davomiyligi:
3-4-semestr
Soatlar taqsimoti:
Auditoriya soatlari
Ma’ruza
60
Amaliyot
60
Labaratoriya
Musta-qil ta’lim
150
Boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Statistika fani iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matemetika, hamda statistika fanlari bilan bogliq
Fan mazmuni
Fanning dolzarbligi va maqsadi
Fanning maqsadi – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflama o‘rgatish, bozor hodisalari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun korrelyatsion-regression tahlilni qo‘llay olish, statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni kompyuter dasturlari yordamida echish, olingan natijalar bo‘yicha xulosa va takliflar qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarda statistikaning predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga ega bo‘lish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘risidagi ilmiy va tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish, statistika amaliyotida qo‘llaniladigan hisobot shakllarini to‘ldirish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni ta’minlash va ushbu sohada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni echishda statistik usullar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni o‘rgatishdan iborat.
Statistika fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: