Fenobarbital tug’ilishdan
keyin tayinlanadi, bilirubindiglyukuronid hosil
bo’lishiga imkon beradi va o’t oqib chiqishini yaxshilaydi.
Davolashning birinchi
kunida fenobarbital kuniga 20 mkg/kg tayinlanadi (3 qabulga bo’linsin) va keyingi
kunlardan 3,5-5 mg/kg dan buyuriladi.
Qonni almashlab quyish (QAQ). Muddatiga etib tug’ilgan
bolalarda QAQ
ga mutloq ko’rsatmalar: 1) giperbilirubinemiya 342 mkmol’/l dan yuqori; 2)
umumiy bilirubinning ortish sur’ati soatiga 9 mkmol’/l; 3)
bilirubinning kindik
qondagi darajasi 60 mkmol’/l dan yuqori.
Hayotining birinchi kunidan boshlab QAQ ga ko’rsatma quyidagilar
hisoblanadi: a) bola hayotining birinchi soatlarida teri
qoplamlarida sariqlik yoki
yaqqol rangparlik paydo bo’lib, jigar yoki taloqning kattalashishi; b) qon analizida
og’ir anemiya (Hb – 100 g/l dan kam), normoblastoz,
ona va bola qonida guruh
yoki ruzus omil bo’yicha isbotlangan mos kelmaslik borligi. Qonni almashlab
quyishda bilirubinning taxminiy miqdorini aniqlash
uchun quyidagi formulani
ishlatish mumkin.
Gestasion yoshi (haftalarda) X 10 = bilrubin miqdori(mkmol’/l)
Qon zardobidagi bilirubin darajasidan kelib chiqib, sarg’ayishni
davolash mezonlari quyidagi 22, 23, 24-jadvallarda keltirilgan.