Fototerapiyadan
hozirgi
vaqtda
keng
foydalaniladi,
bu
giperbilirubinemiyalarni konservativ davolashning samarali va amalda xavfsiz
usulidir.
Odatda zangori yorug’lik manbai (to’lqin uzunligi 450 nm) bola ustidan 45-
50 sm masofada joylashtiriladi, u daqiqasiga 5-30 mk Vt/sm
2
yoritilishni
ta’minlashi kerak. Oy kuni to’lib tug’ilgan bolalarda fototerapiyani birinchi kun
oxirida qon zardobida bilvosita bilirubin darajasi 145 mkmol’/l va bundan ko’proq,
keyin esa 205 mk mol’/l va ko’proq bo’lganda, muddatiga etmay tug’ilganlarda
145 mkmol’/l va ko’proq bo’lganda boshlanadi, tug’ilishda tana vazni juda kam
bo’lgan bolalarda fototerapiyani qon zardobida bilvosita bilirubin 100 mkmmol’/l
bo’lgandayoq boshlanadi. Fototerapiyani hayotining birinchi 24-48 soatida
boshlagan ma’qul. Uni odatda uzluksiz o’tkaziladi. Fototerapiyaning jinsiy
bezlarga shikastlovchi ta’siri bo’lmasa-da, ko’z va jinsiy a’zolarni himoya bog’lam
bilan berkitish zarur, deb hisoblanadi. Fototerapiyaning ijobiy samarasini bilvosita
bilirubinning siydik va najas bilan ekskresiyasi ko’payishi, bilvosita bilirubinning
fotooksidlanishi natijasida toksinliginning va binobarin, yadroli sariqlik xavfining
kamayishi bilan bog’laydilar. Fototerapiya “ona sutidan bo’ladigan” sariqlikda
ham yuqori samaraga ega.
Fototerapiyaning nojo’ya ta’sirlari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1)
me’yorga nisbatan ko’proq suv yo’qotilishi mumkin, shuning uchun 25% suyuqlik
berilishi kerak; 2) najasning yashil tusga kirishi, bilvosita bilirubin
fotoderivatlarining bo’lishiga bog’liq (davo talab qilinmaydi); 3) terida tranzitor
toshma; 4) MNS faoliyati pasayish sindromi; 5) qorin mushaklarining cho’zilishi
(davo talab qilinmaydi); 6) “bronza bola” sindromi (jigari shikastlangan bolalarda
uchraydi, oqibati shikastlanish darajasiga ko’ra aniqlanadi); 7) trombositopeniyaga
moyillik, ortiqcha parchalanishi bilan bog’liq (davo talab qilinmaydi);
8)fototerapiya o’tkazish davrida bolaning o’sishi sekinlashadi; 9) vazni kam
bolalarda Batalov yo’lining persistensiyasi kuzatiladi; 10) davomli fototerapiyada
riboflavinningtranzitor etishmasligi kuzatiladi, biroq bu uning samarasini
kamaytirmaydi.
Fototerapiyaning davomiyligi qonda bilvosita bilirubin darajasining
pasayishi sur’atlari bilan belgilanadi. Fototerapiyaning samaradorligi uni mnfuzion
davo bilan qo’shib olib borilganda ko’payadi, chunki bilirubinning suvda eriydigan
derivatlarining chiqarilishi tezlashadi. Muddatiga etib tug’ilgan bolalarga
hayotining birinchi kunida qonda qand miqdorini nazorat qilib, odatda 50-60 ml/kg
5-10%li glyukoza eritmasi quyiladi. Keyin har kuni 20 ml/kg dan qo’shiladi, 5 –
kunga kelib kiritilayotgan suyuqlikning hajmi kuniga 150 ml/kg gacha etkaziladi.
Hayotining 2-kunidan kal’siy darajasi tegishlicha fiziologik ehtiyojga ko’ra
korreksiya qilinadi (me’yorida u muddatiga etib tug’ilgan bolalarda 75 mg/kg ni
tashkil qiladi). Korreksiya 10%li kal’siy glyukonat (9 mg/ml) yoki kal’siy xlorid
(36 mg/ml) eritmasi bilan amalga oshiriladi. Uchinchi kundan boshlab infuzion
eritmaga 2 mmol’/kg natriy va xlor (izotonik eritmada) va 1 mmol’/kg kaliy
qo’shiladi. YAngi tug’ilgan bolalarga mononuklear fagositar tizimning blokadasi
va trombositlar agregasiyasining pasayishi sababli gemodez va reopoliglyukin
quyish mumkin emas.
Boshqa davolash usullaridan tozalovchi ho’qna va ichakda bilvosita
bilirubinni adsorbsiyalaydigan dori vositalari tayinlanadi. Tozalovchi ho’qna
hayotining dastlabki 2 soatida qonda bilvosita bilirubin darajasining maksimal
ko’tarilishini kamaytiradi. Hayotining 12- soatidan so’ng bunday davolashning
samarasi bo’lmaydi.
|