Kallaning miya qismini hosil qiluvchi suyaklar kalla gumbazi yoki qopqog’i suyaklari va kalla asosini hosil qiluvchi suyaklarga bo’linadi. Kalla qopqog’ini peshona suyagining palla qismi, tepa suyagi, en sa va chakka suyagining palla qismi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bolada kallaning qopqoq qismi asosiga nisbatan katta. Bola hayotining birinchi yilida kallaning qopqoq qismi tez o’sadi va bir yoshga to’lganda uning uzunligi katta odam boshining 1/2 uzunligiga teng bo’ladi. Keyingi davrlarda uning o’sishi sekinlashib 20 yoshda doimiy shaklni oladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalar kalla qopqog’i suyaklari elastik bo’lib, ularda zich (kompakt) qavat yaxshi takomillashgan. Tashqi qatlam, diploe va ichki qatlam o’rtasida ma’lum chegara yo’q bo’lgani uchun bola kalla suyagi lat eganda ichki qatlami ko’chmaydi. Kalla qopqog'i suyaklarining tashqi yuzasi silliq bo’lib, faqat choklar sohasidagina biroz g’adir-budirliklar bor. Suyaklarning ichki yuzasi ham tekis bo’lib, bola 5-6 oylik bo’lgan vaqtda miya qattiq pardasi o’rta arteriyasi egati, vena bo’shliqlari egati paydo bo’la boshlaydi. Katta bolalarda kalla qopqog'i suyaklari tashqi va ichki zich qatlamdan va ular o’rtasida joylashgan g’ovak moddadan iborat bo’ladi.
Suyaklarni ichki yuzasida suyak usti pardasi bo’lmay, miya qattiq pardasi unga yopishib turadi.
Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asosiy va yon qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining tosh qismi, g’alvir suyakning ilma-teshik plastinkasi hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bola kalla suyagining asosi sagital yo’nalishda cho’zilgan bo’lib, ko’ndalangiga toraygan. Bola hayotining birinchi 7 yilida suyakning bu qismi bir tekis o’sadi va uning uzunligi katta odam kallasi asosini 1/2 uzunligiga teng. Bolalikning ikkinchi davrida kalla suyagi asosi o’sishi sekinlashadi va baloІat davrining ikkinchi yarmida u katta odam kallasi hususiyatlariga ega bo’ladi.