Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti



Yüklə 20,66 Kb.
səhifə6/8
tarix20.10.2023
ölçüsü20,66 Kb.
#157981
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6620 uzsmart.uz

G’alvirsimon suyak (os ethmoidale) kalla asosining oldingi qismida joylashgan bo’lib, burun bo’shlig’i va ko’z kosasining devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi. U uch qismdan: gorizontal joylashgan g’alvirsimon, o’rtada pastga yo’nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki tomonida joylashgan g’alvirsimon labirintlardan iborat.
Ilma teshik plastinka (lamina cribrosa) g'alvirsimon suyakning yuqori qismini hosil qiladi. U peshona suyagini qalvirsimon o’ymasida
joylashib, oldingi kalla chuqurchasi tubini hosil qilishda ishtirok etadi.
Perpendikulyar plastinka (lamina perpendicularis) noto’g’ri beshburchak shaklida. U pastga qarab yo’nalib, burun to’sig’ining yuqori qismini hosil qiladi.
G’alvirsimon labirintlar (labyrinthus ethmoidalis) juft bo’lib, havo saqlovchi g’ovakli katakchalardan (cellulae ethmoidales) iborat.Ular oldingi (cellulae ethmoidales anterior), o’rta (cellulae ethmoidales media) va orqa katakchalarga (cellulae ethmoidales posterior) bo’linadi. G’alvirsimon labirint perpendikulyar plastinkaning o’ng va chap tomonlarida ilma teshik plastinkaning chekkalariga birikkan xolda joylashadi. Uning burun bo’shlig’iga qaragan medial yuzasi perpendikulyar plastinkadan tor vertikal yoriq vositasida ajralib turadi.
Yangi tug’ilgan bola g’alvir suyagi to’rt qismdan iborat. Emizikli davrda suyak bir tekis o’sadi. Ilma-teshik plastinka suyaklanib, labirintlar bilan qo’shiladi. Uch yoshda burun bo’shlig’ini shilliq pardasi labirint katakchalariga kiradi va uning tog’ayi so’rila boshlaydi. Bolalikning birinchi davrida perpendikulyar plastinka suyaklanib dimog’ suyagigacha o’sib boradi. Davr oxirida labirint kataklari ichidagi tog’ay so’rilib bo’ladi va g’ovaklar hosil bo’ladi. Balog’at yoshida suyak taraqqiyoti tugab kattalarnikiga o’xshab qoladi.
Ponasimon suyak (os sphenoidale) kalla asosining o’rtasida joylashgan bo’lib, murakkab ko’rinishga ega. U deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashib, kalla tomini yon devorlari, hamda kalla asosi va yuz qismi chuqurchalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ponasimon suyakda tanasi, katta va kichik qanotlari va qanotsimon o’simta tafovut qilinadi.
Ponasimon suyak tanasi (corpus) noto’g’ri kub shaklida. Uning ichida havo saqlaydigan ponasimon bo’shliq (sinus sphenoidalis) bor. Ponasimon suyak tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suyagini asosiy qismi bilan birikib ketadi.
Kichik qanot (ala minor) suyak tanasining yon tomonlaridan ikkita ildiz hosil qilib chiqqan juft plastinka shaklida.
Katta qanot (ala major) juft bo’lib tananing yon yuzasidan boshlanadi. Uning to’rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miyaga qaragan yuzasida (facies cerebralis), ko’z kosasiga qaragan yuzasi (facies orbitalis) ko’z kosasining lateral devorini hosil qiladi. Yuqori jag’ yuzasi (facies maxillaris) uchburchak shaklida, qanot-tanglay chuqurchasiga qaragan bo’lib, unga yumaloq teshik ochiladi. Chakka yuzasi (facies temporalis) keng bo’lib, uni chakka osti qirrasi (crista infratemporalis)
ikki qismga ajratadi. Yuqorigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurchasi devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi.
Qanotsimon o’simtalar (processus pterygoideus) juft bo’lib, tanadan katta qanot boshlanadigan joydan pastga qarab vertikal yo’nalgan. Ularning ichki yuzasi burun bo’shlig’iga qaragan bo’lsa, tashqi yuzasi chakka osti chuqurchasiga qaragan. Ularning asosida oldindan orqaga qarab yo’nalgan qanotsimon kanal (canalis pterygoideus) o’tadi. Qanotsimon o’simtalar ikki: ichki plastinka (lamina medialis) va tashqi plastinkadan (lamina lateralis) iborat.
Yangi tug’ilgan bola ponasimon suyagi to’rtta alohida qismdan iborat. Uning tanasi oldingi va orqa bo’lakdan iborat bo’lib, o’zaro yupqa tog’ay qatlam bilan ajragan. Kichik qanotlar tananing oldingi qismi bilan birikkan bo’lsa, katta qanotlar undan tog’ay qatlam bilan ajragan. Katta qanotlar yuzalari katta odamnikiga o’xshasada, ular yaxshi rivojlanmagan va nisbatan kichik. Qanotsimon o’simta oldingi va yon tomonga qiyshaygan. Emizikli davrda suyak tanasining
oldingi va orqa qismlari o’zaro qo’shiladi. Uch yoshlarda katta qanotlar tanasi bilan birikib, ponasimon sinus paydo bo’laboshlaydi. Bolalikning birinchi davrida ponasimon suyak kattalarnikiga o’shash xususiyatga ega bo’lsada, uning relefi to’liq takomillashmagan. Bolalikning ikkinchi davrida suyak relefi kuchayadi va ponasimon sinus kattalashadi. Balog’at davrida suyak relefida shaxsiy va jinsiy belgilar paydo bo’ladi. 15-18 yoshlarda ponasimon va ensa suyaklari o’zaro qo’shiladi.



Yüklə 20,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin