Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti


Ensa suyagi (os occipitale)



Yüklə 20,66 Kb.
səhifə4/8
tarix20.10.2023
ölçüsü20,66 Kb.
#157981
1   2   3   4   5   6   7   8
Kitob 6620 uzsmart.uz

Ensa suyagi (os occipitale) kallaning miya qismini orqa pastki sohasini qosil qiladi. Unda asosiy, yon bo’laklari va serbar qismi tafovut qilinadi. Bu qismlar o’zaro birikib, kalla bo’shlig’ini umurtqa
kanali bilan qo’shuvchi katta teshikni (foramen magnum) hosil qiladi.
Asosiy qismi (pars basilaris) katta ensa teshigini old tomonida joylashgan. U 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasi bilan qo’shilib ketadi. Yon qismi (pars lateralis) juft, noto’g’ri shaklga ega.
Ensa suyagining serbar qismi (squama occipitalis) tashqariga qavargan keng plastinka shaklida.
Yangi tug’ilgan bola ensa suyagi katta teshikni o’rab, bir-biridan tog’ay qatlam bilan ajralgan to’rt bo’lakdan iborat. Uning serbar qismi yumaloq shaklda bo’lib, tashqi yuzasida tashqi ensa bo’rtig’i ko’rinib turadi. Ichki yuzasi botiq va tekis bo’lib, biroz bilingan xochsimon tepalik bor. Yon bo’laklari noto’g’ri shaklda. Uning tashqi tomonida bo’g’im bo’rtig’i joylashgan bo’lib, tagida til osti nervi kanali o’tadi. Asosiy qismi to’rtburchak shaklida. Uning oldingi chekkasi ponasimon suyakdan, yon chekkalari chakka suyagi piramidasidan tog’ay qatlamlar bilan ajragan. Ichki yuzasi biroz bukilgan bo’lib, qiyalikni hosil qiladi. Tashqi tomonida halqum bo’rtig’i yaxshi bilinmagan. Ensa suyagining taraqqiyoti uzoq vaqt davom etib, bolalikning birinchi davrida (4 yoshda) serbar va yon qismlari o’zaro qo’shilsa, asosiy qismi yon qismlari bilan bolalikning ikkinchi davrida (6-10 yoshlarda) qo’shiladi. Suyakning o’sishi o’smirlik davrida (20 yoshda) tugaydi.


Tepa suyagi


Tepa suyagi (os parietale) juft suyak U kalla qopqog’ining yuqori yon qismlarini hosil qiladi. Tepa suyagi tashqariga qavargan to’rt burchakli plastinka shaklida. Uning uchta chekkasi tishli bo’lib, qo’shni suyaklar bilan tishli chok hosil qilsa, pastki tangasimon chekkasi ponasimon suyak katta qanoti va chakka suyagi pallasi bilan birikadi. To’rt qirra o’zaro birikib to’rtta burchakni hosil qiladi.
Tepa suyagi endesmal yo’l bilan suyaklanadi. Yangi tug’ilgan bola tepa suyagi to’rtburchakli shaklga ega bo’lib, chekkalari tekis, burchaklari yumaloq bo’ladi. Tashqi yuzasida tepa do’mbog’i bor, ichki yuzasi silliq. Uch yoshda ichki
yuzasida qon tomir egatlari, to’rt yoshlarda esa chekkalarida chok tishlari paydo bo’ladi. Bolalikning birinchi davrida qon tomir egatlari chuqurlashib, sagital sinus egati paydo bo’lsa, bolalikning ikkinchi davrida tepa suyagi rel’efi tugallanadi. Tashqi yuzasida yuqori va pastki chakka chiziqlari paydo bo’lib suyak tuzilishi kattalarnikiga o’xshab qoladi.

Yüklə 20,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin