Taqrizchilar:
Муратов Т.Т.
методикаси” кафедраси катта укитувчиси
Низомий номидаги ТДПУ “Физика ва астрономия укитиш
Fizika fanining ishchi o ’quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi akademik litseyning 2018 yil
_dаgi ilmiy-pеdаgоgik kеngаshida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o ’quv jarayoniga tadbiq
etishga qaror qilindi. Bayonnoma №_
2
MUNDARIJA
I.
Fizika o ’ quv fanining maqsad va vazifalari................................................................ 4
II.
Fizika o’quv fanining mashg’ulot turlari bo’yicha mavzular rejasi va mazmuni..... 5
III.
Fizika o’quv fanining moddiy-texnik ta’minoti........................................................32
IV.
Fizika o’quv fanini o’zlashtirish darajasining nazorati va baholash m ezoni.........34
V.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar va saytlar ro’y x a ti...................................................36
3
KIRISH
Ushbu fizika fanining ishchi o'quv rejasi (yoki ishchi reja) O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash miiliy dasturi», Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish
chora-tadbirlari to'g'risida»gi 20_-yil______________ -son qaroriga binoan tuzilgan.
I.Fizika fanini o’qitishning asosiy maqsadi
- umumiy fizikadan fundamental bilim berish;
- fizikaviy nazariya kuzatishlar, tajribalar va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni
umumlashtirilgan shakli ekanligini ko'rsatish;
- nazariya bilan amaliyotning uzviy bog'liqligini ko'rsatish;
- fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini
ta'kidlash;
- fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va uni o'rganishni davom ettirishga zamin
yaratishdan iboratdir.
I.1Fizika fanini o’qitishning asosiy vazifasi quyidagilar
— fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning
formulalari bilan tanishtirish;
— fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
— tajriba o'tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko'nikmalarini hosil
qilish;
— asosiy fizik qonun va hodisalarni to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish
va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini hosil qilish;
— oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish.
— o'quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda
hayotda bo'layotgan hodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga o'rgatish;
— hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa
tarmoqlardagi muammolarni yechishdagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni
hal qilish kerakligini ko'rsatish.
Dasturni tuzishda umumiy o'rta ta'lim maktabining VI—IX sinflarida fizikadan,
o'tiladigan materiallar hajmi, saviyasi hisobga olindi. Shu jumladan Respublikamizda mavjud
bo'lgan qator dasturlar va xorijda (Rossiya, Angliya) so'nggi yillarda tuzilgan dasturlar tahlil
qilingan holda tuzildi.
Fizika fani bo'yicha o'quvchilarning bilim va malakasiga qo'yiladigan asosiy talablar:
— fizika fani tabiat hodisalari va fizik jarayonlarni o'rganuvchi fan, dunyoni o'rganishning
asosiy usullaridan biri ekanligi, umumiy fizika kursining barcha bo'limlaridagi asosiy qonun
va xulosalar hamda fizikaning tarixi haqidagi tushunchalarga ega bo'lishlari kerak;
— fizikaning asosiy fundamental qonunlarini bilish, uni masala yechishga tatbiq qilish,
sodda laboratoriya qurilmalarini yig'ish, ishlatish, sozlash, tajriba natijalarini ishlash va unga
EHMni tatbiq qilishni bilishlari va qo'llay olishlari kerak;
4
— fizikaning barcha qonunlari va formulalarini ta'riflash, grafik bog'lanishlarni ifodalash,
birliklarni keltirib chiqarishni, bilishlari kerak;
— har bir fizik jarayonni, fizik hodisalarni elementar fizika saviyasida tahlil qilish, uning
qiyosiy va miqdoriy tavsiflarini izohlash, sodda laboratoriya qurilmasi va elektr sxemalarni
yig'ish, sozlash, ishlatish, tajriba natijalarini hisoblash, texnik va ekologik xavfsizlikka rioya
qilish, ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Mazkur dastur fizika asosiy chuqurlashtirilgan fan sifatida o'rganiladigan aniq fanlar
yo'nalishida hamda fizika chuqur o'rganiladigan tabiiy fanlar yo'nalishidagi akademik
litseylar uchun mo'ljallangan.
I.2Fizika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va malakasiga qo‘yiladigan asosiy
talablar:
-
fizika fani tabiat hodisalari va fizik jarayonlarni o‘rganuvchi fan, dunyoni
o‘rganishning asosiy usullaridan biri ekanligi umumiy fizika kursining barcha
bo‘limlaridagi asosiy qonun va xulosalar hamda fizikaning tarixi haqidagi
tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak;
-
fizikaning asosiy fundamental qonunlarini bilish, uni masala yechishga tatbiq eta
rlish, sodda laboratoriya qurilmalarini ishlatish, sozlash, tajriba natijalarini ishlash
va unga tatbiq qilishni bilishlari va qo‘llay olishlari kerak.
-
fizikaning barcha qonunlari va formulalarini ta’riflash, boglanishlarni ifodalash,
birliklarni keltirib chiqarishni bilishlari kerak;
har bir fizik jarayonni, fizik hodisalarni elementar fizika saviyasida tahlil qilish, uning
qiyosiy va miqdoriy tavsiflarini izohlash, sodda laboratoriya qurilmasi va elektr sxemalarni
yig‘ish, sozlash, ishlatish, tajriba natijalarini hisoblash, texnik va ekologik xavfsizlikka rioya
qilish, EHMda sodda masalalarni yechish va tajriba natijalarini hisoblash, texnika
xavfsizligiga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
5
(Haftada 1-semestr 7 soat, 2-semestr 6 soat o‘quv yilida 221 soat)
1-kurs
O‘quv yillining 1 yarim yilligiga dars rejasi (1-semestr)
M a’ruzalar
Ajratilgan
soatlar
M a’ruza soati
Amaliyot
mashg‘ulot
soati
Labolatoriya
soati
1.
Kirish
2
2
2.
Kinematika
22
10
10
2
3.
Dinamika
20
10
6
4
Mexanikada saqlanish
qonunlari.
15
5
10
Statika
20
10
6
4
Механик тебранишлар ва
тулкинлар
20
8
8
4
Suyuqlik va gazlar mexanikasi
20
6
12
2
JAMI
119
51
52
16
O‘quv yillining 2 yarim yilligiga dars rejasi (2-semestr)
M a’ruzalar
Ajratilgan
soatlar
Ma’ruza soati
Amaliyot
mashg‘ulot
soati
Labolatoriya
soati
1.
Termodinamika asoslari
10
4
6
2.
Suyuqlik va qattiq jism
xossalari
18
4
12
2
3.
Elektrostatika
24
8
16
4.
O‘zgarmas tok
30
12
16
2
5.
Turli muhitlarda elektr toki
20
6
10
4
6.
JAMI
102
34
60
8
6
2-kurs
M a’ruzalar
Ajratilgan
soatlar
M a’ruza soati
Amaliyot
mashg‘ulot
soati
Labolatoriya
soati
1.
Magnit maydon
23
2.
Elektromagnit induksiya
17
3.
Moddalarning magnit
xossalari
6
4.
Elektromagnit tebranishlar
va o’zgaruvchan tok
40
5.
Elektromagit to‘lqinlar
18
6.
Optika
45
7.
Nisbiylik nazariyasi
12
8
K vant Fizikasi
10
Atom va yadro fizikasi
30
JAMI
221
7
1-kurs
“Mexanika va molekular fizika” kursi dasturning mazmuni (tarkibi)
K irish (2)
Dunyoga ilmiy qarashning vujudga kelishi va rivojlanishi. XI-XVI asrlarda O‘rta Osiyo
va o‘zbek olimlarining fizikani rivojlantirishdagi o‘rni. O‘zbekistonda fizika va texnikaning
taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy ishlar. Fizikaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.Ilmiy
tekshirishning hozirgi zamon usullari.Fizik nazariyalar, qonunlar, hodisa modellari.
K inem atika (22)
Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Fazo va vaqt. Matematik tushunchalar.Vektorlar
to‘g‘risida ma’lumotlar. Vektorning kattaligi va yo‘nalishi - uning mustaqil va teng kuchli
ikki tafsifi. Vektorlarni qo‘shish va ayirish. Ikki vektorni skalar ko‘paytirish. Fizik
formulalarni skalar va vektor shaklda yozish.
Sanoq sistemasi.Mexanik harakatning nisbiyligi.Galileyning harakatlar nisbiyligi
prinsipining qo‘llanish chegarasi.Harakatlarni qo‘shish.Mustaqil harakatlar ta’rifi.Murakkab
harakatni mustaqil oddiy harakatlar yig‘indisi sifatida tavsiflash imkoniyati.
To‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlar. Yo‘l va ko‘chish, trayektoriya. To‘g‘ri
chiziqli tekis harakatda tezlik. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda yo‘l formulasi. To‘g‘ri chiziqli
tekis harakatda tezlik va yo‘l grafiklari. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat tenglamasi va jism
koordinatasining vaqtga bog‘liqlik grafigi.
O‘zgaruvchan to‘g‘ri chiziqli harakat. O‘zgaruvchan harakatda o‘rtacha va oniy tezlik.
Tezlik tushunchalarini umumlashtirish.Tezlanish tushunchasi.
To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat. Tekis tezlanuvchan harakatda oniy tezlik
formulasi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish va tezlik grafiklari. Tekis tezlanuvchan
harakatda tezlik grafigidan ko’chish formulasini keltirib chiqarish.Koordinataning vaqtga
bog‘liqlik grafigi.To‘g‘ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat. Tekis o‘zgaruvchan
harakatning xususiy hollari: erkin tushish va yuqoriga tik otilgan jism harakati, ularning
harakat tenglamalari.
Aylana bo‘ylab tekis harakat. Chiziqli va burchak tezlik. Aylanish chastotasi va davri.
Burchak tezlikning chastota va davrga bog‘liqligi. Burchak va chiziqli tezliklar orasidagi
bog‘lanish. Markazga intilma tezlanish formulasini keltirib chiqarish.Aylanma harakatlarni
friksion uzatish. Tishli va tasmali uzatishlar. Aylana bo’ylab tekis o’zgaruvchan
harakat.Burchak tezlanish.Tangensial(urinma) tezlanish. To’la tezlanish.
Gorizontal otilgan jismning harakati.Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida asosiy
formulalarni keltirib chiqarish.Gorizontal otilgan jism harakatining trayektoryiasi tenglamasi.
Gorizontga qiya otilgan jismning harakati.Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida
jism harakatining asosiy formulalarini keltirib chiqarish. Uchish uzoqligi va eng katta
ko‘tarilish balandligi. Gorizontga qiya otilgan jism harakatining trayektoryiasi tenglamasi.
Dinamika (20)
Dinamikaning asosiy vazifasi.Nyutonning birinchi qonuni. Inersiya qonuni va tajribaviy
asoslari. Inersial va noinersial sistemalar. Nyutonning ikkinch qonuni. Kuch - jismlarning
o‘zaro ta’sirini ifodalovchi fizik kattalik, uning vektor tavsifi. Kuchlarning teng ta’sir
8
etuvchisi.Nyuton ikkinchi qonunining tajribaviy asoslanishi.Massa tushunchasi. Massa -
jism inersiyasining o‘lchovi sifatida. Moddaning zichligi.
Nyutonning uchinchi qonuni.Nyutonning uchinchi qonunining tajribaviy asoslanishi.
Mexanikada kuchlarning turlari.
Tayanchning reaksiya kuchi. Prujina va ipning taranglik kuchi. Elastik kuchlar va ularni
vujudga keltiruvchi sabablar. Mutlaq elastik deformatsiyalar, Guk qonuni. Mutlaq elastik
prujinalar va iplar uchun Guk qonuni. Qattiqlik, qayishqoqlik tushuncasi.Mutlaq elastik
silindr (sterjen) uchun Guk qonuni. Mutlaq va nisbiy uzayish, kuchlanish, Yung moduli,
mustahkamlik chegarasi.
Ishqalanish kuchlari va uni vujudga keltiruvchi sabablar. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi.
Uning tabiati va ta’sir etuvchi kuch kattaligi yo‘nalishi, uning tabiyat va texnikadagi roli.
Sirpanish ishqalanish kuchi.Dumalanish ishqalanish kuchi. Dumalanish va sirpanish
ishqalanish koeffisientlarini taqqoslash.
Havoning qarshilik kuchi.Havo qarshilik kuchining jism tezligiga bog‘liqligi.
Gravitasiya kuchi.Butun olam tortishish (gravitatsiya) qonuni.Nyuton tomonidan butun
olam tortishishqonunining kashf etilishi.Gravitatsion doimiy, uni tajribaviy yo‘l bilan
aniqlash. Jismning Yerga tortilish kuchi (og‘irlik kuchi). Erkin tushish tezlanishi va uning
jism bilan Yer markazi orasidagi masofaga bog‘liqligi. Gravitatsion maydon. Gravitasion va
inert massalar. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar (isbotsiz). Abu Rayhon
Beruniy va Umar-al Chagmani quyosh atrofida Yer va sayyoralar harakati to‘g‘risida.
Jism
og‘irligi.
Og‘irlikning
jism
harakati
turlariga
bog‘liqligi.
Vaznsizlik.Yuklanish.Kosmik kema-yo‘ldoshlarda vaznsizlik.
M exanikada saqlanish qonunlari (15)
Impulsning saqlanish qonuni. Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasi ta’rifi.
Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonuni sifatida. Tabiatda va
texnikada impulsning saqlanishi. Reaktiv harakat.
Ish.Mexanik ish. Musbat va manfiy ish.
Quvvat.Quvvat
-
mexanizmlar
ta’sirining
unumdorligi
sifatida.Oddiy
mexanizmlarningFIKi.
Energiya. Mexanik energiya va uning turlari. Ish va energiya tushunchalarining o‘zaro
bog‘liqligi. Kinetik energiya - harakatlanuvchi jismning energiyasi.Potensial energiya -
jismlar o‘zaro ta’siri energiyasi.Potensial energiyaning ikki turi. Yerdan yuqoriga ko‘tarilgan
jismlar potensial energiyasi. Mutlaq elastik deformatsiyalangan prujinaning potensial
energiyasi.
To‘la mexanik energiya. Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. To‘la
mexanik energiyaning saqlanishi.Mexanizmlarning foydali ish koeffisientini aniqlash. Elastik
va noelastik to’qnashuvda energiya va impulsning saqlanish qonunlarini tadbiqi.
Statika (20)
Statikaning asosiy vazifalari.Statikada kuchlarning tavsifi.Kuchlar sistemasi.Teng ta’sir
etuvchi kuch.Kuchlarni qo‘shish, ayirish.Jismning turli nuqtasiga burchak ostida
yo‘naltirilgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi.Ikki parallel kuchning teng ta’sir
etuvchisi.Aylanish o‘qiga ega jismlar statikasi.Kuch momenti.Kuch momentining vektor
9
tabiati.Juft kuchlar momenti. Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan va aylanish o‘qiga ega bo‘lmagan
jismning muvozanat sharti. Qattiq jism muvozanatining umumiy sharti. Jismning massa
markazi.
Qattiq jism muvozanati turlari. Turg‘un, noturg‘un va befarq muvozanat. Turg‘un
muvozanat ta’rifi va uning massalar markazi vaziyati bilan bog‘liqligi. Potensial energiya -
muvozanat turg‘unligining tavsifi sifatida.Tayanch yuzasiga ega jism muvozanati.
Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar (38)
Mexanik tebranishlar va to‘lqinlar. Tebranma harakat, uning vujudga kelish shart-
sharoitlari.Tebranishlar turi. Garmonik tebranishlarning parametralari: tebranish davri,
chastotasi, amplitudasi va fazasi. Garmonik tebranma harakatlarda tezlik, tezlanish va
ularning vaqtga bog‘liqlik grafiklari. Prujinali, matematik va fizik mayatniklar. Garmonik
tebranishlarni qo‘shish.Vektor diagrammalar. Garmonik tebranishlarda energiyaning
o‘zgarishi
va
saqlanishi.
So‘nuvchi
tebranishlar.Majburiy
tebranishlar.Rezonans .Avtotebranishlar.
Tebranishlarning elastik muhitda tarqalishi.Ko‘ndalang va bo‘ylamato‘lqinlar. To‘lqin
uzunligi.To‘lqin tezligi.To‘lqin sirti.Yassi to‘lqin tenglamasi. To‘lqin energiyasi va
intensivligi.
Tovush
to‘lqinlari,
tezligi,
qattiqligi,
balandligi.Akustik
rezonans.Ultratovush.T o ‘ qinlar
interferensiyasi.T o ‘lqinlarning
qaytishi. T urg ‘ un
to‘lqinlar.To‘lqin difraksiyasi.Gyuygens prinsipi.
Suyuqlik va gazlar mexanikasi (20)
Qattiq jism dinamikasi elementlari ()
Moddiy nuqta va qattiq jismning inersiya momentlari. Shteyner teoremmasi.Impuls
momenti.Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi.Aylanma harakat qilayotgan
jismning kinetik energiyasi.
Suyuqlik va gazlarda bosim. Gidrostatik bosim Gidrostatik paradoks.Tutash idishlar
qonuni.Paskal qonuni.Gidravlik press. Suyuqlik va gazlar uchun Arximed qonuni.
Jismlarning suzish sharti. Jismning suyuqlik va gazlardagi harakati. Suyuqlik va gazlarning
laminar va turbulent oqimi. Siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi.
Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarda bosim. Bernulli tenglamasi.Normal atmosfera
bosimi.Atmosfera bosiminig balandlikka bog‘liqligi.Bosimning o‘lchov sistemasidan
tashqari birliklari.Barometr.Manometr. Samolyot qanotining ko‘tarish kuchi.
M olekular-kinetik nazariya, term odinam ika asoslari (10)
Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari va ularning eksperemental asoslari.
Avogadro doimiysi. Nisbiy molekular massa. Modda miqdori. Molekula massalari va
o‘lchamlari. Broun harakati. Modda atomlari va molekulalarining o‘zaro ta’siri, uning tab iati.
Molekulalarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq
holatlari.
Ideal gaz. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi va uning asosiy tenglamasi.
Temperatura-molekulalarning
o‘rtacha
kinetik
energiyasining
o‘lchovi.Temperatura
shkalasi. Bolsman doimiysi va uning ma’nosi. Gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha
10
Makswel taqsimoti.Molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha tezliklari.Gaz molekulalarining
tezligini o‘lchash.Shtern tajribasi.
Ideal gaz holat tenglamasi.Ideal gazlarda izojarayonlar.Boyl-Mariott qonuni.Gey-
Lyussak qonuni.Sharl qonuni.Universal gaz doimiysi.Avogadro qonuni.Dalton qonuni.Gaz
jarayonlarining texnikada qo‘llanishi.
Ichki energiya. Ideal gazning ichki energiyasi va uni o‘zgartirish usullari. Issiqlik
miqdori.Termodinamikaning I qonuni.Issiqlik sig‘imi.Issiqlik balansi tenglamasi.Gaz hajmi
o‘zgarganda bajariladigan ish.Izojarayonlar uchun termodinamikaning I qonuni.Mayer
formulasi.Adiabatik jarayon, uning grafigi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Tabiatdagi
jarayonlarning
qaytmasligi va ularning tushuntirilishi.
Issiqlik dvigatellari.Karno
sikli.Issiqlik dvigatellarining maksimal FIKi.Sovutgich mashinalar. Issiqlik dvigatellari va
ekologiya. Termodinamikaning II qonuni. II turdagi abadiy dvigatelning bo‘lmasligi.
Suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi.
Suyuqliklarning bug‘lanishi.Kondensatsiya.Suyuqlik bilan bug‘ning muvozanati.
To‘yingan
va
to‘yinmagan
bug‘lar.
Real
gazlar.Kritik
holat.Kritik
temperatura.Qaynash.Qaynash temperaturasining tashqi bosimga bog‘liqligi.Solishtirma
bug‘lanish
issiqligi.Havoning
namligi.
Absolut
va
nisbiy
namlik.
Shudring
nuqtasi.Gidrometrlar.Psixrometr.
Suyuqlik va qattiq jism xossalari (18)
Suyuqlik xossalari.Sirt taranglik.Sirt qatlamining molekular manzarasi.Sirt energiyasi.
Sirt taranglik kuchi va uni o‘lchash. Qattiq jism-suyuqlik chegarasidagi hodisalar. Ho‘llash
va ho‘llamaslik. Menisk.Suyuqlik sirtining egrilanishidagi bosimi.Kapillar hodisalar.
Tabiatda, texnikada va hayotda kapillar hodisalarning roli.
Qattiq jismlar.Qattiq jismlarning tuzilishi. Kristall panjara va ularning turlari.
Polikristallar va monokristallar. Qattiq jismlarda deformatsiya.Deformatsiya turlari.
Plastiklik va mo‘rtlik. Amorfjismlar.
Kristall va amorf jismlarning erishi va qotishi. Kristallizatsiya.Solishtirma erish
issiqligi.
Qattiq jism va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi, uning tushuntirilishi. Chiziqli
kengayish va hajmiy kengayish koeffitsiyentlari, ular orasidagi bog‘lanish. Qattiq jismlarning
va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishini hisobga olish va texnikada qo‘llanilishi.
“Elektrodinam ika asoslari” kursi dasturning mazmuni (tarkibi)
Elektrostatika (24)
Elektr zaryadi, zaryadning ikki turi, elementar zaryad.Elektr zaryadning saqlanish
qonuni. Jismlarning elektrlanishi va uning tushuntirilishi. Elektr zaryadlarining o‘zaro
ta’siri.Kulon qonuni.Zaryad birliklari.Elektr doimiysi. Elektroskop va elektrometrlar,
ularning ishlash prinsipi.
Elektr maydon.Elektr maydon kuchlananligi. Kuchlanganlik (kuch) chiziqlari va ularni
o‘tkazish qoidalari. Nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligi.Maydonlarning
superpozitsiya prinsipi.Elektr maydonini grafik ravishda tasvirlash.Bir jinsli elektr
maydon.Elektr maydon kuchlanganligi oqimi. Ostragradskiy-Gauss teoremasi(isbotsiz). Bir
11
jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydon kuchlanganligi.Ikkita har xil ishorali
zaryadlangan cheksiz tekisliklarning elektr maydoni.Bir jinsli zaryadlangan cheksiz uzun
sterjenning elektr maydoni. Bir jinsli zaryadlangan sfera va sharning elektr maydoni. Elektr
maydonida nuqtaviy zaryadlarni ko‘chirishda bajarilgan ish. Potensial.Potensiallal ayirmasi.
Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potensial energiyasi va uning o‘zgarishi bilan ish
orasidagi bog‘lanish. Potensiallar ayirmasi va kuchlanganlik orasidagi bog‘lanish. Nuqtaviy
zaryadlarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi. Nuqtaviy zaryad, zaryadlangan shar va
sferaning elektr maydon potensiali. Ekvipotensial sirtlar.
Elektr maydonda o‘tkazgichlar. O‘tkazgich ichidagi elektr maydon. Elektr maydonda
dielektriklar.Dipol.Dipol momenti.
Qutblanish va uning mexanizmlari.
Dielektrik
singdiruvchanlik.
Elektr sig‘imi.Sig‘im birliklari.Yakkalangan jismning elektr sig‘imi.Sharning elektr
sig’imi.Elektr sig‘imining o‘tkazgichni o‘rab turgan muhitga bog‘liqligi.Kondensator. Yassi
kondensator va uning sig‘imi. Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash. Zaryadlangan
jism va kondensator energiyasi. Elektr maydon energiyasining zichligi. Kondensatorlarning
turlari va ularning texnikada qo‘llanilishi.
O ‘zgarm as tok(30)
Elektr toki.Elektr tokining vujudga kelish shart-sharoitlari.Tok yo‘nalishi.Tokning
ta’siri. Tok kuchi vat ok zichligi, ularning birliklari. Tok manbai bo‘lmagan zanjirning bir
qismi uchun Om qonuni. Volt-amper xarakteristikasi (VAX).Elektr qarshilik.Qarshilik
birliklari.Solishtirma
qarshilik.Qarshiliklar,
ularning
turlari.Metallar
qarshiligining
temperaturaga bog‘liqligi. O‘ta o‘tkazuvchanlik, uning tushuntirilishi.
Elektr zanjir. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash. Tok kuchi, kuchlanish va
qarshiliklarni o‘lchash. Ampermetr va voltmetrga shunt va qo‘shimcha qarshiliklar ulash.
Elektr yurituvchi kuch (EYuK). Tashqi (elektrostatik bo‘lmagan) kuchlar, ularning tabiati.
To‘liq (yopiq) zanjir uchun Om qonuni.Qisqa tutashuv toki.Om qonunining differensial
ko’rinishi. Elektr tokining ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni.Tok manbaining FIKi. Bir jinsli
bo‘lmagan zanjir uchun Om qonuni. Kirxgof qoidalari(tarmoqlangan elektr zanjirlaridagi tok
kuchi va kuchlanishlarni hisoblash). Tok manbalarini ketma-ket, parallel ulash.
Turli m uhitlarda elektr toki (20)
Turli muhitlarda elektr toki: o‘tkazgichlar, dielektriklar, yarimo‘kazgichlar. Erkin
elektronlarning metallarda mavjudligining tajribada tasdiqlanishi.Metallarning elektron
o‘tkazuvchanlik nazariyasi.Elektronlarning tartibli harakat tezligi.Qarshilikni o‘tkazgichning
tabiatiga, o‘lchamlariga va temperaturaga bog‘liqligining tushuntirilishi.
Elektrolitlar,
elektrolitik
dissotsiatsiya.Elektrolitlarda
elektr
toki.Ionlarning
harakatchanligi.Elektroliz.Faradey
qonunlari.Faradey
soni,
elektron
zaryadini
aniqlash.Elektrolizning texnikada qo‘llanilishi. Galvanik element va akkumulatorlar.
Gazlarda elektr toki.Gazlarda elektr razryadi. Ionizatsiya va rekombinatsiya. Nomustaqil
va mustaqil razryad. Mustaqil razryad turlari: miltillama, yoy, uchqun, toj razryadlari.
Yashin.Plazma haqida tushuncha.
Vakuumda elektr toki. Elektron emissiya va uning turlari. Vakuumda elektr tokini hosil
qilish.Katodlar, ularning turlari.Ikki elektrodli elektron lampa-diod.Diodning volt-amper
12
xarakteristikasi.Uch elektrodli elektron lampa-triod.Triodning to‘r xarakteristikasi.Elektron
nurli nay.Elektron dasta-elektron nurlarning qo‘llanilishi.Termopara.
Yarimo‘tkazgichlarda elektr toki.Ularning elektr o‘tkazuvchanligini temperaturaga va
yoritilganlikka
bog‘liqligi.
Yarimo‘tkazgichli
rezistorlarning
VAX
va
boshqa
xarakteristikalari. Yarimo‘tkazgichlarda xususiy va aralashmali o‘tkazuvchanlik va uning
nuqsonlarga bog‘liqligi. Elektron-kovak o‘tish. Yarimo‘tkazgichli diod va uni elektron
lampa-diod bilan taqqoslash. Tranzistor va uning ishlash prinsipi. Uni triod bilan taqqoslash.
Termistor va fotoqarshiliklar.
2-kurs
M agnit maydon (23)
Toklarning magnit maydoni.Magnit maydonida tokli o‘tkazgich.Magnit maydon
induksiya vektori,
uning
yo‘nalishi.Magnit
maydon
induksiya
chiziqlari
(kuch
chiziqlari).Amper qonuni. Magnit maydon induksiya vektorining moduli va uning birligi.
Magnit maydonida tokli kontur.Tokning magnit momenti.Magnit maydon uchun
superpozitsiya prinsipi. Bio-Savar-Laplas qonuni va uni to’g’ri, aylanma, solenoid va
toroidlarga tadbiqi. Tokli o‘tkazgichning magnit maydonida ko‘chirilishida bajarilgan ish.
Harakatlanayotgan zaryadli zarrachalarga magnit maydonining ta’siri (Lorens kuchi). Xoll
effekti. Zaryadlangan zarrachalarning bir jinsli elektr va magnit maydonlaridagi harakati.
Mass-spektrometr va siklotronlarning ishlash prinsiplari.
Elektrom agnit induksiya (17)
Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya EYuK. Elektromagnit induksiya
qonuni.Lens qoidasi.Magnit maydon oqimi.Magnit maydon oqimi birliklari.Magnit
maydonda
harakatlanayotgan
o‘tkazgichlarda
induksiya
EYuK.
O‘zinduksiya.
O’zaroinduksiya. Induktivlik. Magnit maydon energiyasi va energiya zichligi. Elektr va
magnit maydonlarning nisbiyligi. Elektromagnit maydon haqida tushuncha.
M oddalarning magnit xossalari (6)
Amperning molekulyar toklar nazariyasi. Moddalarning magnit xossalariga ko‘ra turlari:
diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar. Magnit singdiruvchanlik. Dia-, para va
ferromagnit
moddalarning
xarakteristiklari.
Paramagnetizm
va
diamagnetizmni
tushuntirishning elementar nazariyasi. Ferromagnetizmning tabiati va uni tushuntirishning
hozirgi zamon nazariyasi elementlari. Kyuri temperaturasi, magnit gisterezisi.
Elektrom agnit tebranishlar va o‘zgaruvchan tok (40)
Tebranish konturi.Konturda erkin elektromagnit tebranishlar.Tebranish konturida
energiyaning o‘zgarish. Tebranish konturidagi elektromagnit tebranishlar tenglamasi,
tebranish amplitudasi, chastotasi va davri. Mexanik va elektr tebranishlarning o‘xshashligi.
Tebranish parametrining grafiklari.Real tebranish konturidagi so‘nuvchi elektromagnit
tebranishlar.Majburiy elektromagnit tebranishlar. O‘zgaruvchan tok va uni hosil qilish.
O‘zgaruvchan tok zanjarida faol qarshilik. O’zgaruvchan tok quvvati. Tok kuchining va
13
kuchlanishning ta’sir etuvchi(samarador) qiymati. O‘zgaruvchan tok zanjirida sig‘im. Sig‘im
qarshilik. O‘garuvchan tok zanjirida induktiv g‘altak. Induktiv qarshilik. O‘garuvchan tok
zanjirida ketma-ket ulangan faol, induktiv va sig’im qarshiliklar
uchun Om qonuni.
O‘garuvchan tok zanjirida o’zaro parallel ulangan faol, induktiv va sig’im qarshiliklar uchun
Om
qonuni.
Zanjirning
to‘la
qarshiligi.
O‘zgaruvchan
tokning
ishi.
Quvvat
koeffitsiyenti.Elektr zanjirida rezonans.Avtotebranishlar. So‘nmas tebranishlar generatori
(triodda va tranzistorda). Elektr energiyasi hosil qilish. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok
generatorlari, ularning ishlash prinsiplari. Uch fazali tok va uni uzatish usullari. Asinxron
dvigatellari.Transformatorlar, ularning ishlash prinsipi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish
va uzatish. O’zbekistonda elektrlashtirish istiqbollari.
Elektrom agit to‘lqinlar (18)
O‘zgaruvchan elektr maydon (uyurmaviy elektr maydon) bilan o‘zgaruvchan magnit
maydon
orasidagi
bog‘lanish.
Elektromagnit
maydon.Elektromagnit
ta’sirning
uzatilishi.Elektromagnit to‘lqin. Yassi elektromagnit to‘lqinning vujudga kelishi va
tarqatilishi. Antenna.Gers tajribalari. Elektromagnit to‘lqin tezligi va uzunligi. To‘lqin
tenglamasi. Elektromagnit to‘lqinlarning xossalari: qaytishi, sinishi, difraksiyasi va
interferensiyasi. Elektromagnit to‘lqin energiyasi va intensivligi. Popov kashfiyoti.
Modullashtirish va detektirlash. Eng soda radiopriyomnik.Radioaloqa, radiotelefon aloqa
prinsiplari.Radiolokatsiya.Televideniye.
Optika (45 soat)
Fotometriya.Geometrik optika. To‘lqin optikasining asoslari (90 soat)
Fotometriya.Yorug‘lik oqimi.Yorug‘lik kuchi, uning birliklari. Yoritilganlik, ravshanlik
va uning birliklari.
Geometrik optikaning asosiy qonunlari. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalishi,
qaytishi va sinishi, uning qonunlari. Yassi ko‘zgu. To‘liq ichki qaytish.Nur tolalardan
yorug‘likning o‘tishi.Yorug‘likning prizmadan o‘tishi.Linza.Yupqa linza formulasi.Linza
yordamida tasvir hosil qilish shart-sharoitlari.Linzaning kattalashtirishi.Ko‘z - optik sistema
sifatida. Ko‘rish nuqsonlari. Ko‘zoynak.
Optik asboblar. Fotoapparat, proyeksion apparatlar, lupa, mikroskop, ko‘rish naylari,
uzoqdan ko‘rish asboblari.
Yorug‘lik - elektromagnit to‘lqin. Yorug‘lik tezligi va uning tajribada aniqlanishi.
To‘lqin optikasining asoslari.Yorug‘lik interferensiyasi.Kogerentlik.
Maksimum va
minimum shartlari. Ponada interferensiya, Nyuton halqalari.Interferensiyaning texnikada
qo‘llanilishi.
Yorug‘lik
difraksiyasi.Gyuygens-Frenel
prinsipi.Difraksion
panjara.Difraksion
spektr.Yorug‘likning qutblanishi.Malyus qonuni (isbotsiz).
Yorug‘lik dispersiyasi.Dispersiya spektri.Spektr turlari. Nurlanish va yutilish spektrlari.
Spektroskop. Spektral analiz va uning fanda va texnikada qo‘llanilishi. Infraqizil va
ultrabinafsha nurlar. Rentgen nurlari.
Nisbiylik nazariyasi elementlari (12 soat)
14
Elektrodinamika qonunlari va nisbiylik prinsipi. Maykelson tajribasi.Eynshteynning
nisbiylik nazariyasi postulatlari.Vaqtning, masofaning nisbiyligi.Tezliklarni qo‘shishning
relativistik qonuni.Jism massasining tezlikka bog‘liqligi.Massa bilan energiya orasidagi
bog‘lanish.
Kvant fizikasi (10 soat)
Yorug‘lik
kvantlari.Yorug‘lik
ta’siri.Kvant
nazariyasining
tug‘ilishi.Fotoeffekt.Fotoeffekt
nazariyasi.Fotonlar.Ichki
fotoeffekt.Fotoeffektning
qo‘llanilishi. Yorug‘lik tabiatini tushuntirishdagi dualizm - yorug‘likning to‘lqin va kvant
xossalari.
Atom va yadro fizikasi. Elem entar zarrach alar (30 soat)
Atomistik dunyoqarashning rivojlanishi.Atom tuzilishi.Tomson modeli. Rezerford
tajribasi va formulasi. Atomning planetar modeli.Bor postulatlari.Atom spektrlaridagi asosiy
qonuniyatlar.Vodorod
atomining
spekral
seriyalari.Balmerning
umumlashgan
formulasi.Vodorod
atomining
Bor
nazariyasi.Energetik
sathlar
diagrammasi.Bor
nazariyasining qiyinchiliklari.
Spontan va majburiy nurlanishlar. Yorug‘likning kuchaytirish prinsiplari. Rubin
lazerining tuzilishi va ishlash prinsipi. Lazer nurlanishining xossalari.Lazerlarning
qo‘llanilishi.
Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar, izotonlar va izobarlar. Atom yadrosini
xarakterlovchi kattaliklar. Atom yadrosining zaryadi, massasi va radiusini aniqlash usullari.
Yadroning bog‘lanish va solishtirma bog‘lanish energiyalari. Yadroviy kuchlar.Yadro
modellari haqida ma’lumot.
Radioaktivlik.Radioaktiv yemirilish qonuni. Aktivlik tushunchasi va birliklari. Sun’iy
radioaktivlik.Radioaktiv oilalar.a-yemirilish.p-yemirilish. Neytrino.Atom yadrosining y-
nurlanishi.y-nurlanishning
moddalar
bilan
o‘zaro
ta’siri.Yadro
reaksiyalari.Yadro
reaksiyalari
vaqtidagi
saqlanish
qonunlari.
Uran
yadrosining
bo‘linishi.
Yadro
reaktorlari .T ermoyadro reaksiyasi.
Yadroviy nurlanish dozasi.Uning birliklari.Zarralarni qayd qilishning amaliy usullari.
Elementar zarralar “bog‘i”.Pozitronning kashf etilishi.Antizarralar.Elementar zarralarni
xarakterlovchi kattaliklar.Elementar zarralar fizikasidagi saqlanish qonunlari.Elementar
zarralarning kvark modeli.Glyuonlar.Kosmik nurlar haqida tushuncha.Ularning kimyoviy
tarkibi.Olamning yagona fizik manzarasi.
15
1- kurs bo‘yicha laboratoriya ishlari ro ‘yxati
Dostları ilə paylaş: |