Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Yurak venalari (
169, 170lar
). 
Yurak devorlariga tarqalgan ikkita toj arteriyadan 
bir qancha katta-kichik Yurak venalari paydo bo‘ladi va turli yo‘llar bilan venoz 
qonni o‘ng bo‘lmachaga olib keladi. Bu venalar quyidagilar: 
1. Ch a p b o‘ l m a ch a n i n g q i y sh i q v e n a s i – v. obliqua atrii sinistri 
chap bo‘lmachaning orqa tomonidan joy olgan kichik vena bo‘lib, sinus coronarius 
ning boshlanish qismiga qiyshiq holda ochiladi. 
2. O‘ r t a v e n a – v. cordis media Yurak uchidan boshlanib, o‘ng toj arteriya 
bilan birga sulcus interventricularis posterior da o‘rnashadi va sinus coronarius ga 
quyiladi.
3. Yu r a k n i n g k a t t a v e n a s i – v. cordis magna boshqa venalarga 
qaraganda birmuncha katta bo‘lib, chap qorincha va qisman o‘ng qorincha 
devorlaridan tarmoqlar oladi. Bu vena Yurak uchidan boshlanib, sulcus 
interventricularis anterior da ramus interventricularis anterior bilan Yonma-Yon 
joylashadi va Yuqoriga ko‘tariladi. Chap tomonga burilgach, Yurakning orqa tomoni 
sinus coronarius cordis ga davom etadi. Bu venaning sinusga quyiladigan joyida 
klapan bor.


422 
 
Yurakning arteriyalari va venalari. 
 
1 – Arcus aortae; 2 – Truncus brachiocephalicus; 3 – A. carotis communis sinistra; 4 – A. 
subclavia sinistra; 5 – Lig. arteriosum; 6 – A. pulmonalis sinistra; 7 – Atrium sinistrum; 8 – Vv. 
pulmonales sinistrae; 9 – V. obluqua atrii sinistri; 10 – V. cordis magna; 11 – R. circumflexus – a. 
coronaria sinistra tarmog‗i; 12 – V. posterior ventriculi sinistri; 13 – Ventriculus sinister; 14 – Apex 
cordis; 15 – V. cordis media; 16 – Ventrulus dexter; 17 – A. coronariae dextrae; 18 – R. 
interventricularis posterior; 19 – Sinus coronarius cordis; 20 – Valvula sinus coronarii; 21 – V. 
cordis parva; 22 – V. cava inferior; 23 – Atrium dextrum; 24 – Vv. pulmonales dextrae; 25 – A. 
pulmonales dextra; 26 – V. cava superior. 
 
4. K i ch i k v e n a – v. cordis parva Yurakning orqa tomonidagi toj egatning 
o‘ng qismidan o‘tib, chapga qarab harakatlanadi va oxirida sinus coronarius ga 
quyiladi. 
5. Yu r a k n i n g k i ch i k v e n a l a r i – vv. cordis minimae bir qancha kichik 
venalardan iborat, u o‘ng bo‘lmachaga alohida teshikchalar foramina venarum 
minimarum orqali quyiladi. Shuning uchun bunday venalar Yurakning o‘ng yarmida 
ko‘proq bo‘ladi, chap tomonda esa Yurak venalari rivojlangan. Miokardda venalar 
muskul tolalari bo‘ylab yo‘naladi, kichik arteriyalarning ikkitadan, kattaroq 
arteriyalarning bittadan vena tomirlari bo‘ladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin