483
(ductus lumphaticus dexter), chap tomondagisi esa Ko‗krak yo‘liga (ductus
thoracicus) quyiladi.
TALOQ
T a l o q (lien) qorin bo‘shlig‗ining chap qovurg‗alar ostida, IX–XI qovurg‗a
oralig‗ida joylashgan. Uning og‗irligi 150–200 g, uzunligi 10–15 sm bo‘lib, kengligi
8–10 sm, hajmi va og‗irligi ichidagi qonning ko‘payib, kamayishiga qarab o‘zgaradi.
Taloqning diafragmaga tegib turgan ustki qavariq Yuzasi (facies diaphragmatica) va
a‘zolarga tegib turgan botiq Yuzasi (facies visceralis) tafovut qilinadi. Bu a‘zolarni
taloqning Yuqorigi (margo superior) va pastki qirrasi (margo inferior) ajratib turadi.
Taloqning a‘zolarga qaragan Yuzasi o‘z navbatida me‘da tubiga (facies gastrica),
chap buyrak (facies renalis) va ko‘ndalang chambar iChakka (facies colica)
tegib
turadigan Yuzalarga ajratiladi va ular orasida taloq darvozasini (hylus lienalis)
ko‘ramiz. Taloqni o‘rab turgan qorin pardadan me‘daga lig. gastrolienalis,
diafragmaga lig. diaphragmatica lienalis yo‘nalgan. Taloqni o‘rab
turgan pardadan
taloqning ichiga qarab devorlar (trabekulalar) – trabeculae lienalis yo‘naladi.
Trabekulalar orasida taloq mag‗zi (pulpa) – pulpa lienalis joylashgan. Bu mag‗iz
eritrositlarga boy bo‘lganidan to‘q qizil tusda ko‘rinadi. Shuning uchun qizil pulpa
(pulpa rubra) deb ham ataladi.
Shuningdek, pulpada limfoid tugunchalar ham ko‘p
uchraydi va bunday pulpalar oq pulpa (pulpa alba) deyiladi. Taloq bajaradigan
vazifasiga ko‘ra ko‘proq limfa bezlariga va qizil ilik (ko‘mik)ka o‘xshaydi.
Taloq
limfositlar, monositlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq qon deposi
vazifasini ham bajaradi. Organizmda qon kamaysa, taloq qisqarib, o‘zidagi qonni qon
tomirlarga chiqarib beradi. Taloq qondagi zararli mikroblarni o‘zida
olib qoladi, ya‘ni
qonni filtrlab beradi. Bundan tashqari, umri tugagan qon elementlari (eritrositlar) ham
taloqda parchalanadi. Taloqning ―eritrositlar mozori‖ deyilishi ham ana shundan
kelib chiqqan. Taloq operatsiya yo‘li
bilan olib tashlanganda, uning vazifasini
ko‘mik, jigar va limfa bezlari bajaradi.