Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
MA‟RUZA 5. 
Bo„lim III Miologiya 
Mavzu: Mushaklar to„g„risida ma‟lumot. Mushaklarning taraiyoti. 
Mushaklarning yordamchi apparati. Ko„krak, korin, orka mushaklari va 
fassiyalari. 
Diafragma. 
Korin 
soxasining 
topografiyasi: 
korin 
to„gri 
mushagining qini, oq chiziq, Chov kanali.
Yoshga doir xususiyatlari.
 – 2 soat.
Silliq va ko‗ndalang - targ‗il mushaklar, mushak to‗qimasining tuzilishi, 
taraqqiyoti (filogenez va ontogenez). Mushaklarning tuzilishi: paylar (aponevrozlar). 
Mushaklarning shakli, tuzilishi va vazifasiga ko‗ra klassifikatsiyasi. Sinergist va 
antogonist mushaklar. Mushaklarning yordamchi apparatlari: sinovial xaltachalar, 
paylar, fassiyalar, suyak - fibroz kanallar. Mushaklarning anatomik va fiziologik 


101 
ko‗ndalang kesimi, mushaklarning kuchi,Qisqarishi, richaglar to‗g‗risida 
tushunchalar. Mushaklar vazifasining ularning tuzilishiga ta‘siri to‗g‗risida P.F. 
Lesgaftning ilmiy ishlari.Tana mushaklari va fassiyalari. Tana mushaklarining 
segmentar tuzilishi. Orqa mushaklari. Orqaning Yuzaki (trapetsiyasimon, serbar, 
rombsimon) mushaklari. Orqaning chuqur mushaklari (tanani tiklovchi mushak, 
ko‗ndalang - qirrali mushaklar va x.k.). Bel - Ko‗krak fassiyalari. Ko‗krak mushaklari 
va fassiyalari. Qovurg‗alar aro mushaklar. Diafragma: taraqqiyoti, tuzilishi, 
topografiyasi va vazifasi. Ko‗krak mushaklarining nafas olishda qatnashishi. Qorin 
mushaklari va fassiyalari, qiyshiq, ko‗ndalang, to‗g‗ri mushaklar. Piramidal mushak. 
Qorin to‗g‗ri mushagining qini. Chov kanali, qorinning oq chizig‗i, kindik halqasi. 
Belning kvadrat mushagi, qorin pressi. Ko‗krak va qorin topografiyasi.
(A: 1,2,3,4; Q: 1,2,) 
Odam organizmida uch xil muskul mavjud: 1) skelet yoki ixtiyoriy qisqaruvchan 
muskul bo‗lib, mikroskop ostida uning tolalari ko‗ndalang-targ‗il ko‗rinadi. Shuning 
uchun skelet muskullari ko‗ndalang-targ‗il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari 
garchand ko‗ndalang-targ‗il muskuldan tuzilgan bo‗lsa-da ixtiyorsiz qisqaradi; 3) 
silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchan muskullar ichki a‘zolar va tomirlar devorida 
joylashgan. 
Skelet muskullari harakat organlari sistemasi orasida o‗zining qisqaruvchan 
xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv tolalari orqali markaziy 
nerv sistemasidan keladigan impulslar ta‘sirida qisqarganda, gavdada turli harakatlar 
vujudga keladi. Odatda, skelet muskullari odam ixtiyoriga monand qisqaradi. 
Skelet muskullari o‗rta yashar odamda gavda og‗irligining 40 foizini, yosh 
organizmda esa 20–25 foizni tashkil etadi. Sport bilan shug‗ullanuvchilarda esa 
muskullarning umumiy og‗irligi gavdaga nisbatan 50 foizgacha yetadi. Yosh 
ulg‗aygan sari muskullar hajmi va og‗irligi asta-sekin kamayib boradi. Odam 
gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. 
Skelet muskullarining (musculus) har biri ko‗ndalang-targ‗il tolalardan tuzilgan 
bo‗lib, qisqarish qobiliyatiga ega. Har bir muskulning qisqaruvchi qismi – tanasi 
(venter) va ikki uchi, ya‘ni boshlanish (origo) va biriktiruvchi (pay) qismlari bor. 
Bundan tashqari, uzun muskullarning boshi (caput) va dumi – yopishadigan pay 
qismi (insertio) bo‗ladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi – 
aponevrozi (aponeurosis) bo‗ladi. 
Har bir muskulni sirtidan biriktiruvchi to‗qimadan tuzilgan parda – epimiziy 
(epimysium) yoki fassiya o‗rab turadi. Muskul ichidagi muskul tutamlarini o‗ragan 
parda perimiziy (perimysium) deb ataladi. Muskul tolasining har birini nafis to‗r 
parda – endomiziy (endomysium) o‗raydi. Bu pardalar muskul tolalari, tutamlarini 
o‗zaro birlashtiradi va muskulning alohida qisqarishiga imkoniyat tug‗diradi. Ularga 
quyidagilar kiradi: 
Fassiyalar – fascia har bir muskulni o‗rab turadigan (biriktiruvchi to‗qimadan 
tuzilgan) parda – fassiya bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Shuning 
uchun ham fassiya har qaysi muskulning alohida qisqarishini ta‘minlaydi. Ayrim 
muskullarni o‗ragan fassiyaga fascia propria deyiladi. Fassiyalarning boshqa turi 
ma‘lum bir guruh muskullarni o‗rab (umumiy fassiya – fascia communis), so‗ngra 
ichkariga yo‗naladi va suyakka borib fassiya to‗sig‗i (septa intermuscularia)ni hosil 


102 
qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullarni o‗rab turadi. Shu bois ular 
joylashgan o‗rniga qarab chuqur, o‗rta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi. 
Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ular oralig‗ida qon tomirlar va 
nerv tolalari joylashgan. Yallig‗lanish jarayonida vujudga kelgan yiring ham 
fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi yaltiroq oq yoki sarg‗ish rangi 
bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyaklarga pay yoki aponevrozlar yordamida 
yopishadi. Muskul uzun, qisqa, yassi bo‗lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo‗l va 
oyoqda, yassi muskullar esa gavdaning old va orqa tomonida joylashgan. Kalta 
muskullar gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi. 
Organizmda ikki boshli, uch boshli, to‗rt boshli, duksimon, bir va ikki patli, ikki 
qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi (153–159-rasmlar). Muskul tolalari 
yo‗nalishiga qarab to‗g‗ri, qiyshiq, ko‗ndalang va aylana bo‗ladi. 
Har bir muskulning o‗z qon tomiri va nervlari bor. Muskul tarkibida sezuvchi nerv 
tolalari sezgilarini markaziy nerv sistemasiga yo‗naltirsa, aksincha, markazdan 
kelayotgan harakat tolalarining ta‘sirida muskullar qisqaradi. Simpatik tolalar 
yordamida muskullar trofikasi (moddalar almashinuvi) bajariladi. 
G‗altaklar (trochlea) suyaklarda tog‗ay va biriktiruvchi to‗qima bilan qoplangan 
g‗altaksimon do‗nglar bo‗lib, ulardan muskullarni o‗rovchi paylar o‗tadi. Muskul 
paylarining g‗altaklaridan o‗tadigan joyda ularga mos ariqchalar bo‗ladi. 
Ariqchalardan o‗tadigan muskul paylari biriktiruvchi to‗qimadan yoki paydan 
tuzilgan boylamlar (retinaculum tendinea) yordamida mustahkamlangan. 
Sesamosimon suyaklar (ossa sesamoidea) turli katta-kichiklikdagi yumaloq 
suyakchalar bo‗lib, muskul payining tagida joylashadi va payni suyaklardan bir oz 
ko‗tarib, ishqalanishdan saqlaydi, aylanish burchagini oshirib, harakatini 
kuchaytiradi. Eng katta sesamosimon suyak tizza qopqog‗i suyagidir. 
Sinovial xaltachalar (bursa synovialis) shaklan turli, katta-kichik uzunlikda bo‗lib, 
ichida moysimon suyuqliklar saqlaydi. Xaltacha tashqi qavatining bir tomoni 
muskullarga, ikkinchi tomoni suyakka yopishadi. Natijada muskullar suyaklarga 
ishqalanmay, osongina harakat qiladi. Ko‗pincha sinovial xaltalar bo‗g‗im yaqinida 
joylashib, ular bo‗shlig‗iga qo‗shilgan bo‗ladi. 
Pay qinlari (vagina tendinis) qo‗l-oyoq panjalariga keluvchi muskul paylarni o‗rab 
turadi. Pay qinlari silindr shaklida bo‗lib, devori ikki qavat, oraliq bo‗shliqlarida esa 
sinovial suyuqlik bor. Pay qinining ichki qavati uning ichidan o‗tadigan muskul 
payiga yopishsa, tashqi qavati suyaklarga yopishadi. Natijada qo‗l-oyoq panjalariga 
boruvchi muskul paylari panjalar bukilganda, yuk ko‗targanda, odam yurganda 
siqilmasdan bemalol surila oladi.
Odam organizmida asosan 3 xil muskullar tafovut etiladi: 1.Skeletning 
ko‘ndalang- targ‘il yoki ixtiyoriy muskullar 2 . Yurak muskullari 3. Silliq yoki
ixriyorsiz qisqaruvchan muskullar. Muskullarning asosiy vazifasi qisqaruvchanlik
bo‘lib, qisqargan vaqtda muskul tolalari taranglashadi va harakat vazifasini
bajaradi. Natijada odam o‘z gavdasini fazoda saqlaydi, harakatlanib, bir joydan
ikkinchi joyga qo‘zg‘aladi yoki biror mehnat bajaradi. Yurak muskullari
qisqarganda organizmda muayyan qon aylanishi ta‘minlanadi. Muskul tolalari
xilma-xil vazifalarni nerv-muskul sistemasi orqali bosh miya ta‘sirida bajaradi.


103 
Muskul to‘qimalariga qisqaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlik
kabi 3 ta fiziologik xususiyatlar xos.
Ko‘ndalang- targ‘il muskullar tolalardan iborat bo‘lib, muskul tolasi parda – 
sarkolemma bilan o‘ralgan qisqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan miofibrillalardan
iborat. Miofibrillalar o‘z navbatida ikki xil yo‘g‘on va ingichka iplardan
tuzilgan.
Yo‘g‘on iplar miozin oqilidan, ingichkasi esa aktin moddasidan tashkil topgan. 
Sarkolemmaning protaplazmasi juda ko‘p sarkoplazmatik kanalchalardan tashkil
topgan to‘rchalardan tuzilgan. Kanalchalar devori moddalarni tanlab o‘tkazadi. 
Muskullar tinch turgan paytda sarkoplazmadagi kalsiy ioni konsentratsiyasi 
sarkoplazmatik to‘rlarga qaraganda bir qancha past bo‘ladi. Muskullar
qo‘zg‘alganda esa aksincha kalsiy ioni zudlik bilan sarkoplazmaga o‘tib, miozin
oqsilini aktivlashtirib, ATF ni parchalaydi. Shunday qilib, muskulning qisqarishi
uchun zarur bo‘lgan energiya paydo bo‘ladi.
Odatda skelet muskullari harakatlantiruvchi (motor) nerv tolalarining impulslari
orqali qisqaradi. Odamda hajmi katta bo‘lgan 100 ga yaqin muskul tolalarini
bitta nerv tolasi (akson) impulsi ta‘minlasa, kichik muskullarda taxminan beshta
muskul tolalariga bitta nerv tolasi tarqaladi. Shuning uchun har bir akson 
tarqaladigan muskul tolalari bilan bilan birga motor birligi deb ataladi.
Nerv to‘qimasiga qaraganda muskul to‘qimasi birmuncha sekinroq qisqaradi. 
Muskul tolasining biror qismida qisqarish yuz bergan zahoti u muskul bo‘ylab
tarqaladi.
Izotonik qisqarishda, muskul tolasining uzunligi o‘zgarsa-da, uning taranglik
darajasi unchalik o‘zgarmaydi.
Izometrik qisqarishda esa muskul tolasining uzunligi o‘zgarmaydi. Izotonik va
izometrik qisqarishlarni alohida muskullarda kuztishimiz mumkin. Lekin odam 
organizmida bunday qisqarishlar bo‘lmaydi. Chunki muskullar bo‘gimning
bukilishi orqali qisqarganda o‘zining taranglanish darajasini namoyon qiladi.
Muskullar qisqarganda o‘zining og‘irligiga nisabtan bir necha marta ortiq yukni
ko‘tara oladi. Muskul kuchi u ko‘tara oladigan yuk miqdori bilan o‘lchanadi va
uning ko‘ndalang kesimi miqdoriga qarab aniqlanadi. Muskulning 1 sm kv 
ko‘ndalang kesimi o‘rtacha 10 kg gacha yuk ko‘taradi. Bu muskul kuchiga
absolyut muskul kuchi deyiladi. 
Muskullarning absolyut kuchi odam yelkasiga yuk qo‘yilib, oyoq uchida turish
orqali aniqlanadi. Bunda boldir muskullari taranglashib, yukni
ko‘taradi.Ko‘tarilgan yuk miqdorini boldir muskulining ko‘ndalang kesimiga 
bo‘lish kerak. Jismoniy mashq natijasida muskul tolalari yo‘g‘onlashib bir-
biridan uzoqlashadi. Shunday qilib muskul ko‘ndalang kesimining hajmi va
kuchi ortadi. Muskullar yuk miqdori o‘rtacha bo‘gandagina ko‘proq ish bajaradi. 
Yuk miqdorining oshishi yoki kamayishi tez orada charchashga olib keladi. Shu
bilan birga muskullarning ish ritmi bir xil bo‘lishi shart. Agarda ish ritmi
tezlashsa yoki kamaysa ham tez charchashga olib keladi. Shuning uchun
jismoniy ishni hamda sport bilan shug‘ullanishni ham bir xil ritmda bajarish
maqsadga muvofiqdir. 
Tana muskullari ko‗krak, qorin va orqa muskullaridan tuzilgan. Orqa (dorsum) 
tananing keng qismi bo‗lib, tepadan ensa do‗mbog‗i, ensaning yuqorigi g‗adir-budur 


104 
chizig‗i va so‗rg‗ichsimon o‗siq bilan, pastdan dumg‗aza-chanoq bo‗g‗imi va 
dumsimon suyaklar bilan chegaralanadi. Yonbosh tomondan bo‗yin sohasida 
so‗rg‗ichsimon o‗siqdan kurak suyagining yelka o‗sig‗iga o‗tkazilgan chiziq bilan 
chegaralansa, qo‗ltiq osti bo‗shlig‗ining markaz qismidan yonbosh suyak qirrasiga 
o‗tkazilgan tikka chiziq tananing orqasini old tomondan chegaralaydi.
Trapetsiyasimon muskul (m. trapezius) uchburchak shaklli serbar muskul bo‗lib, ensa 
suyagining g‗adir-budur chizig‗i ensa boylami (lig. nuchae)dan, barcha ko‗krak 
umurtqalarining qirrali o‗siqlaridan boshlanadi. O‗mrov suyagining akromial 
tomondagi qismiga kurakning baland qirrasi (spina scapulae) yopishadi. O‗ng va 
chap tomondagi muskullar birgalikda trapetsiyaga o‗xshaydi. Muskullarning yuqori 
tutamlari yuqoridan pastga, o‗rta tutamlari ko‗ndalang, pastki tutamlari pastdan 
yuqoriga ko‗tariladi.
F u n k s i y a s i. Muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (kurak va 
o‗mrov suyaklarini) yuqoriga ko‗taradi. Qo‗lni yuqoriga ko‗tarishda qatnashib, 
kurakning pastki burchagini tashqariga tortadi. Trapetsiyasimon muskullarning pastki 
qismi qisqarsa, kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari 
qisqarsa, ikkala kurak bir-biriga (umurtqa pog‗onasiga) yaqinlashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n.accessorius XI va CII–CIV plexus cervicalis dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a.transversa colli, a.occipitalis, a.suprascapularis, 
aa.intercostales posteriores. 
Orqaning serbar muskuli (m. latissimus dorsi) orqa tomonning pastki qismini qoplab, 
teri ostida (yuzada) yotadi. Bu muskul pastki to‗rtta ko`krak umurtqasining, barcha 
bel umurtqalarining qirrali o‗siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va 
pastki to‗rtta qovurg‗adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va lateral 
tomonga yo‗nalib yig‗ilib, asta-sekin xipcha tog‗ayga o‗tadi va yelka suyagining 
kichik g‗adir-budur qirrasi (crista tuberculi minoris)ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib yuqoriga ko‗tarilgan qo‗lni pastga, orqaga tortadi. 
Agar qo‗l qimirlamay tursa, ko‗krak qafasi kengayadi, tana qo‗lga yaqinlashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n.thoracodorsalis, subscapularis (CIV–CVII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. trasnversa colli, a. cervicalis superficialis, a.cervicalis 
ascendens. 
Rombsimon muskullar (mm. rhomboideus major et minor) pastki ikkita bo‗yin va 
yuqorigi to‗rtta ko‗krak umurtqalarining qirrali o‗siqlaridan boshlanib, kurakning 
medial chetiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Kurakni medial tomonga, umurtqa pog‗onasiga yaqinlashtiradi va 
yuqoriga tortadi. 
Qon tomirlari: a.transversa colli, a.suprascapularis, aa.intercostalis posteriores. 
I n n e r v a t s i y a s i: n.dorsalis scapulae (CIV–CV)dan. 
Qon tomirlari: a.transversa colli, a.suprascapularis, aa.intercostalis posteriores.
Kurakni ko‗taruvchi muskul (m.levator scapulae). Bu muskul trapetsiyasimon 
muskulning ostida joylashgan bo‗lib, yuqoridagi uchta yoki to‗rtta bo‗yin 
umurtqasining ko‗ndalang o‗sig‗idan boshlanib, pastga qarab yo‗nalib, kurakning 
yuqori burchagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Kurakni yuqoriga ko‗tarib bir-biriga yaqinlashtiradi. Kurak 
qimirlamasa, boshni o‗z tomoniga egadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n.dorsalis scapulae (CIV–CV)dan. 


105 
Qon tomirlari: a. cervicalis ascendens, a. cervicalis superficialis. 
Orqaning yuqori tishli muskuli (m. serratus posterior superior) rombsimon 
muskulning old tomonida joylashgan bo‗lib, pastki ikkita bo‗yin va yuqori ikkita 
ko‗krak umurtqasining qirrali o‗siqlaridan boshlanib, II–V qovurg‗alarning orqa 
tomoniga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Qovurg‗alarni ko‗taradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (ThI–IX)dan. 
Qon tomirlari: aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda. 
Orqaning pastki tishli muskuli (m.serratus posterior inferior) serbar muskulning old 
tomonida joylashgan, pastki ikki ko‗krak va yuqoridagi ikki bel umurtqalari qirrali 
o‗siqlaridan boshlanib, alohida tishsimon bo‗laklar yordamida IX–XII qovurg‗alarga 
yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Pastki qovurg‗alarni pastga tortadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn.intercostales (ThIX–XII)dan.
Qon tomirlari: aa.intercostales posteriores, a.cervicalis profunda.
Orqaning chuqur muskullari (89, 90-rasmlar) umurtqa pog‗onasining ikki yonboshida 
umurtqa qirrali o‗siqlari bilan qovurg‗alar burchagining o‗rtasida hosil bo‗lgan 
egatchalarda joylashgan. Uch qavat muskullardan iborat chuqur muskullarni orqaning 
yuza muskullari berkitib turadi. 
Bo‗yin va boshning tasma muskullari (m. splenius cervicis et capitis) pastki beshta 
bo‗yin va yuqoridagi oltita ko‗krak umurtqalarining qirrali o‗siqlaridan boshlanib, 
ensa suyagiga va chakka suyagining so‗rg‗ichsimon o‗sig‗iga yopishadi. Bo‗yin 
qismi II–III bo‗yin umurtqalarining ko‗ndalang o‗siqlariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Ikki tomonlama qisqarib, boshni orqaga bukishga yordam beradi. 
Bir tomonlama qisqargan holda boshni o‗z tomoniga egadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: bo‗yin nervlarining orqa tolalari (CIII–CVII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. occipitalis, a. cervicalis profunda. 
Lateral tutam bir necha muskullardan tuzilgan: 
Umurtqa pog‗onasini tiklovchi muskullar (m. erector spinae) eng kuchli muskul 
bo‗lib, umurtqa pog‗onasining ikki yonbosh qismini to‗ldirib turadi. Muskul 
dumg‗azaning orqa sathidan, bel umurtqasining ko‗ndalang o‗siqlaridan, yonbosh 
suyagining tashqi qirrasi va ko‗krak-bel fassiyasidan boshlanib, yuqoriga ko‗tarildai 
va ensa suyagigacha yetib boradi. Bu muskul orqaning yuza muskuli ostida 
joylashgan bo‗lib, uch qismga bo‗linadi. 
Yonbosh-qovurg‗a muskuli (m. iliocostalis) m. erector spinae ning lateral qismi 
bo‗lib, yonbosh suyagi qirrasi, ko‗krak-bel fassiyasining tashqi varag‗idan boshlanib, 
yuqori tomonda uch qism (bel, ko‗krak va bo‗yin)ga bo‗linadi. 
Yonbosh-qovurg‗a muskulining bel qismi (m. iliocostalis lumborum) yonbosh suyagi 
qirrasining ko‗krak-bel fassiyasidan boshlanib, pastki oltita qovurg‗aning burchak 
qismlariga yopishadi. 
Ko`krak qismi (m. iliocostalis thoracis) pastki oltita qovurg‗aning medial qismidan 
(yonbosh qovurg‗a muskulining bel qismlari yopishgan joydan ilgariroqda) 
boshlanib, tepada oltita qovurg‗aning burchaklariga va bo‗yin umurtqasining 
ko‗ndalang o‗sig‗iga yopishadi. 
Yonbosh-qovurg‗a muskulining bo‗yin qismi (m. iliocostalis cervicis) III, IV va VI 
qovurg‗alarning medial qismidan (yonbosh qovurg‗a muskulining ko‗krak qismi 


106 
yopishgan joyidan ichkariroqda) boshlanib, IV–VI bo‗yin umurtqalarining 
ko‗ndalang o‗siqlari orqa do‗mbog‗iga yopishadi.
Uzun muskul (m. longissimus) medial holatda joylashgan bo‗lib, ko‗krak, bo‗yin va 
bosh qismlariga bo‗linadi. Uzun muskulning ko‗krak qismi (m. longissimus thoracis) 
dumg‗aza suyagining orqa yuzasidan, bel umurtqalari va pastki ko‗krak umurtqalari 
ko‗ndalang o‗siqlaridan boshlanib, pastki 9 ta qovurg‗a burchagidan ichki qismlariga, 
ko‗krak umurtqalarining ko‗ndalang o‗siq uchlariga yopishadi.
Uzun muskulning bo‗yin qismi (m. longissimus cervicis) I–V ko‗krak 
umurtqalarining ko‗ndalang o‗siqlari uchidan boshlanib, II–VI bo‗yin umurtqasining 
ko‗ndalang o‗siqlari orqa do‗mboqlariga yopishadi.
Uzun muskulning bosh qismi (m. longissimus capitis) I–III ko‗krak va III–VII bo‗yin 
umurtqalarining ko‗ndalang o‗siqlaridan boshlanib, to‗sh-o‗mrov-so‗rg‗ichsimon va 
boshning tasma
muskullari ostidan ko‗tarilib, so‗rg‗ichsimon o‗siqning orqa yuzasiga yopishadi. 
Qirrali muskul (m. spinalis) ko‗krak va bo‗yin umurtqalarining qirrali o‗siqlari ustida 
medial holatda joylashgan, uning ko‗krak, bo‗yin va bosh qismlari tafovut etiladi. 
Qirrali muskulning ko‗krak qismi (m. spinalis thoracis) I–II bel umurtqalari va XI–
XII ko‗krak umurtqalarining o‗tkir qirrali o‗siqlaridan boshlanib, I–VIII ko‗krak 
umurtqalari o‗siqlariga yopishadi. 
Qirrali muskulning bo‗yin qismi (m. spinalis cervicis) I–II ko‗krak va VII bo‗yin 
umurtqalarining o‗tkir qirrali o‗siqlaridan va lig.nuchae ning pastki qismidan 
boshlanib, III–IV bo‗yin umurtqalari o‗siqlariga yopishadi. 
Qirrali muskulning bosh qismi (m. spinalis capitis) yuqori ko‗krak va bo‗yin pastki 
umurtqasining qirralari o‗siqlaridan boshlanib, yuqori tomonga ko‗tarilib ensa suyagi 
do‗mbog‗iga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Ikki tomondan m.erector spinae qisqarsa, gavda tiklanadi. Bir 
tomondagi muskul qisqarsa, umurtqa pog‗onasi bosh qisqargan tomonga bukiladi, 
qovurg‗alar pastga tushadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: orqa miya nervlarining orqa tolalari (CIII–LII)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores va a.cervicalis. 
Medial tutam bir qancha mayda muskullardan tuzilgan bo‗lib, m.erector spinae ning 
ostida joylashgan. 
Ko‗ndalang-qirrali muskul (m. transversospinalis) umurtqalarning qirrali o‗siqlariga 
yopishadi. Bu muskullar turlicha uzunlikka ega bo‗lganidan uch xil muskul (yarim 
o‗tkir qirrali o‗siq muskuli, ko‗p tarmoqli muskul va buruvchi muskul)larga 
bo‗linadi. 
Umurtqalarning ko‗ndalang o‗siqlaridan boshlangan yarim o‗tkir qirrali muskul (m. 
semispinalis) ko‗krak, bo‗yin va bosh qismlarga ajralib, yuqoriga (4–6 umurtqalardan 
o‗tib) ko‗tarilib, o‗tkir qirrali o‗siqlarga yopishadi. Oxirgi bosh qismi I–VII ko‗krak 
va IV–VII bo‗yin umurtqalarining ko‗ndalang o‗siqlaridan boshlanib, ensa 
suyagining yuqorigi va pastki g‗adir-budur qirralarigacha ko‗tarilib yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Ikki tomonlama qisqarganda ko‗krak va bo‗yin umurtqalarini 
orqaga bukadi, boshni ushlaydi. Bir tomondan muskullar qisqarganda gavdani 
qarama-qarshi tomonga buradi, natijada kalla ham qarama-qarshi tomonga buriladi. 
I n n e r v a t s i y a s i: CIII–ThXII nerv tolalaridan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. intercostales posteriores, a. cervicalis profunda. 


107 
Ko‗p tarmoqli muskul (mm. multifidi) umurtqalarning ko‗ndalang o‗siqlaridan 
boshlanadi, yuqoriga ko‗tarilib, 3–4 umurtqalardan o‗tib, o‗tkir qirrali o‗siqlarga 
yopishadi.
Umurtqalarning ko‗ndalang o‗siqlaridan boshlangan tanani aylantiruvchi muskul 
(mm. rotatores) bitta umurtqa tepaga ko‗tarilib, uning o‗tkir o‗sig‗iga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskullar qisqarganda tana o‗z o‗qi atrofida aylanadi. 
I n n e r v a t s i y a s i. CIII–SI nervlarning orqa tolalaridan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. lumbales, aa. intercostales posteriores, a. cervicalis 
profunda.
I–II bo‗yin umurtqalari bilan ensa suyagi orasida kalta muskullar chuqur joylashgan.
Boshning orqa katta to‗g‗ri muskuli (m. rectus capitis posterior major) II bo‗yin 
umurtqasining qirralari o‗sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-budur 
chizig‗iga yopishadi. 
Boshning orqa kichik to‗g‗ri muskuli (m. rectus capitis posterior minor) I bo‗yin 
umurtqasining o‗sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-budur chizig‗iga 
yopishadi. 
Boshning yuqori qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis superior) II bo‗yin 
umurtqasining o‗tkir qirrasidan boshlanadi va I bo‗yin umurtqasining ko‗ndalang 
o‗sig‗iga yopishadi. Boshning pastki qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis inferior) II 
bo‗yin umurtqasining qirrali o‗sig‗idan boshlanib, atlantning ko‗ndalang o‗sig‗iga 
yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskullar ikki tomondan qisqarganda kalla orqaga tortiladi. Bir 
tomonlama qisqarganda kallani o‗sha tomonga bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. suboccipitalis (C1)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. cervicalis profunda. 
Qirralararo muskul (m. interspinalis). Bo‗yin va bel sohasida ikkita yonma-yon 
joylashgan umurtqalarning qirrali o‗siqlari orasida joylashgan.
F u n k s i y a s i. Gavdani tik saqlashda va orqaga bukishda qatnashadi. 
Orqa fassiyasi. Orqada yuza va ko‗krak-bel fassiyalari (fascia thoracolumbalis) 
tafovut etiladi. Teri ostida joylashgan orqaning yuza fassiyalari trapetsiyasimon va 
orqaning serbar muskullarini ustidan o‗raydi. Ko‗krak-bel fassiyasi xiyla qalin bo‗lib, 
ikki varaqqa bo‗linadi. Yuza varag‗i umurtqa pog‗onasini tiklovchi muskulning ustki 
tomonidan o‗tib, bel umurtqalarining o‗tkir qirrali o‗siqlariga, yonbosh suyagi 
qirrasining oraliq qirrasiga yopishadi. Chuqur varag‗i esa shu muskulni ostki 
tomonidan o‗rab orqaning chuqur muskuliga qin hosil qiladi va umurtqalarning 
ko‗ndalang o‗siqlariga, bel, qovurg‗a boylamiga, XII qovurg‗a hamda yonbosh 
suyagining qirrasiga yopishadi. 
Fassiyaning chuqur va yuza varaqlari muskullar tashqi chetida o‗zaro qo‗shilib, bitta 
fassiyani hosil qiladi. 
Ko‗krak-bel fassiyasi yupqalashib yuqoriga – ko‗krak qafasiga o‗tib ketadi.
Tananing old tomonidagi muskullar ko‗krak va qorin muskullaridan tashkil topgan. 
Ko‗krak muskullari. Ko‗krak muskullari ikki guruhdan tuzilgan bo‗lib, birinchi guruh 
yuza – serbar muskullardan iborat. Ikkinchi guruh muskullari esa chuqur joylashgan 
ko‗krak qafasining xususiy muskullaridir. 
Ko‗krak qafasining yuza muskullari deb, embrion rivojlanishi jarayonida avvalo 
qo‗lda paydo bo‗lib, keyin ko‗krak qafasiga ko‗chgan muskullarga aytiladi. 


108 
Ko‗krakning katta muskuli (m. pectoralis major) o‗mrov suyagining medial qismi 
(pars clavicularis)dan, to‗sh suyagining dastasidan, II–VII qovurg‗alarning tog‗ay 
qismi (pars sternocostalis) va qorin to‗g‗ri muskuli qinining oldingi devori (pars 
abdominalis)dan boshlanib, yelka suyagi katta do‗mbog‗ining g‗adir-budur qirrasi 
(crista tuberculi majoris)ga yopishadi. Bu muskul deltasimon muskuldan deltasimon 
ko‗krak egati bilan ajraladi. 
F u n k s i y a s i. Yuqoriga ko‗tarilgan qo‗lni pastga tortadi va ko‗krakka 
yaqinlashtiradi. Pastga tushirilgan qo‗l esa ichkariga buriladi. Qo‗l qimirlamagan 
paytda qovurg‗alarni ko‗tarib, nafas olishga yordam beradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. pectorales lateralis et medialis (CV–VIII)dan. 
Qon tomirlari: a. thoracoacromialis, aa. intercostales posteriores, a. thoracica lateralis, 
rr. intercostales anteriores. 
Ko‗krakning kichik muskuli (m. pectoralis minor) ko‗krakning katta muskuli ostida 
yotadi. II–V qovurg‗alardan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o‗sig‗i (processus 
coracoideus)ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib yelka kamarini pastga tortsa, qo‗l qimirlamay 
turganda qovurg‗alarni ko‗tarib, ko‗krak qafasini kengaytiradi, nafas olishga 
yordamlashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: nn. pectorales medialis et lateralis (CVII–ThI)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracoacromialis.
O‗mrov osti muskuli (m. subclavius) o‗mrov suyagidan boshlanib I qovurg‗aga 
yopishadi. 
F u n k s i y a s i. O‗mrov suyagini pastga tortadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. subclavius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. transversa scapulae, a. thoracoacromialis. 
Oldingi tishli muskul (m. serratus anterior) keng, to‗rt qirrali muskul, yuqori 
qovurg‗alarning 8 va 9 tasidan alohida tishlar (bo‗laklar) shaklida boshlanib, 
kurakning medial chetiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib kurakning pastki burchagini oldinga buradi va 
qo‗lni yuqoriga ko‗taradi. Qo‗l qimirlamay turganda qovurg‗alar ko‗tarilib, nafas 
olish yengillashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. thoracicus longus (CV–VIII)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracodorsalis, a. thoracica lateralis, aa. intercoctales 
posteriores. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin