424
turadi. Chaqaloqlarda yog‗ qavati bo‘lmaganligidan qon tomirlar
va nervlar ravshan
ko‘rinadi.
Pericardium asosi past tomonga qaragan konus shaklida bo‘lib, uning pars
sternocostalis, pars diaphragmatica va pars mediastnalis qismlari tafovut qilinadi.
1. Pars diaphragmatica pericardii – diafragma pay markazining o‘rta va oldingi
muskul bo‘lagi Yuzasiga yopishib turadi. Pericardium ning ana shu bo‘lagi orqada
pars mediastinalis ga, oldinda pars sternocostalis ga o‘tib ketadi.
2. Pars sternocostalis chap tomondagi V qovurg‗a tog‗ayi, IV–V qovurg‗a
oraliqlari va to‘sh suyagi pastki qismining orqasida yotadi. Perikardning ana shu joyi
plevra bilan qoplanmay, to‘sh suyagining ichki Yuzasiga va IV–V qovurg‗aaro
kamgaklarga bevosita taqalib turadi («Plevra xaltalarining chegaralari»ga qaralsin).
Perikardning ana shu qismi Ko‗krak jarrohligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, plevra
bo‘shlig‗ini kesib ochmasdan Yurak xaltasi bo‘shlig‗iga kirish yoki ukol qilib, liquor
pericardii suYuqlig‗ini olish mumkin. Pericardium ustki bo‘lagining
oldingi qismi
Yoshlarda ayrisimon bez bilan, o‘rta yashar odamlarda esa yog‗ kletchatkasi bilan
yopilib turadi.
3. Pars mediastinalis ikkala Yon va qisman oldingi tomondan pleura
mediastinalis ning pleura pericardiaca bo‘lagiga Yumshoq biriktiruvchi to‘qima
vositasida yopishib turadi. Yurak xaltasining bu qismi boshqa bo‘laklardan
birmuncha katta bo‘lib, orqa tomonda mediastinum posterior (orqa ko‘ks oralig‗i
a‘zolari – qizilo‘ngach va pastga o‘tuvchi aorta)ga tegib turadi. Epikard perikardga
tomirlar orqali o‘tayotganda ularni bir xilda o‘ramaydi. Kavak va o‘pka
venalari
seroz parda bilan qisman, aorta va o‘pka arteriyalari esa yaxlit o‘raladi. Natijada
seroz parda (Yuqori va chap tomon-dan) chap o‘pka venasi bilan pastki kavak vena
(o‘ng va past tomondan) o‘rtasida bo‘sh kamgak – sinus obliquus pericardii ni hosil
qiladi.
Ko‘ndalang yoriq shaklidagi bo‘sh kamgak – sinus transversus pericardii esa
aorta va o‘pka poyasi (oldingi tomondan) bilan
Yuqori kavak vena hamda
bo‘lmachalar (orqa tomondan) orasida hosil bo‘ladi. Yurak xaltasi Yurakni boshqa
hamma bo‘shliqlardan ajratib turadi va uning normal ishlashi uchun imkoniyat
tug‗diradi.
Dostları ilə paylaş: