Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №30 
Aorta. Umumiy uyqu arteriyasi. Ichki uyqu arteriyasi. Tashqi uyqu arteriyasi.
Aortaning qismlari (ko‗tariluvchi, pastga tushuvchi, Ko‗krak va qorin) Aorta ravog‗i, 
tarmoqlari, umumiy uyqu arteriyasi. Umumiy uyqu arteriyasi, tashqi uyqu 
arteriyasining tarmoqlari: oldingi, orqa, medial tarmoqlari. Miya va ko‗ruv a‘zosini 
qon bilan ta‘minlanishi. Ayrim qismlardan chiqadigan shohlari. 
Aorta
(aorta) odam organizmida eng katta va uzun yagona qon tomiri bo‘lib, 
Yurakning chap qorinchasidan chiqadi va organizmning hamma qismlariga 
tarmoqlanadi. Aorta devori boshqa arteriyalar devoriga qaraganda qalinroq bo‘lib, 
elastik to‘qimadan tuzilgan. Aorta bir-biriga teng bo‘lmagan uch qismga bo‘lib 
o‘rganiladi: 
– Yuqoriga ko‘tariluvchi aorta – aorta ascendens; 
– aorta ravog‗i – arcus aortae; 
– pastga tushuvchi aorta – aorta descendens. 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


427 
1. Y u q o r i g a k o‘ t a r i l u v c h i a o r t a (aorta ascendens) ning uzunligi 
taxminan 6 sm bo‘lib, chap qorinchaning ostium aortae teshigidan boshlanadi. Piyoz 
shaklida kengaygan boshlanish joyi bulbus aortae deb ataladi. Uning ichkarisida, 
ya‘ni devor bilan klapanlari o‘rtasida aortaning uchta sinusi – sinus aortae bor. Aortae 
ascendens to‘sh suyagining orqasida chap tomonida III qovurg‗a ro‘parasidan 
perikard bilan o‘ralgan holda Yuqoriga ko‘tariladi, so‘ngra o‘ng II qovurg‗a tog‗ayi 
sohasida aorta ravog‗iga o‘tadi. Yuqoriga ko‘tariluvchi aortadan Yurak devorlariga 
boruvchi ikkita qon tomiri (o‘ng va chap toj arteriyalari – a. coronariae dextra et 
sinistra) chiqadi. 
2. A o r t a r a v o g‗ i (arcus aortae) Yuqoriga ko‘tariluvchi aortaning davomi 
bo‘lib, to‘sh suyagi dastasining orqa tomonida turadi. Aorta ravog‗ining ustki qavariq 
tomonidan yelka kamari erkin, qo‘l, bo‘yin va boshni qon bilan ta‘minlovchi uchta 
yirik qon tomiri (truncus brachiocephalicus, a. carotis communis, a. subclavia 
sinistra) ravoqning pastki tomonidan kekirdak, bronxlar a. trachealis et bronchialis va 
qalqonsimon bezga bir necha ingichka shoxchalar chiqadi.
3. P a s t g a t u sh u v ch i a o r t a (aorta descendens) aorta ravog‗ining davomi 
bo‘lib, IV Ko‗krak umurtqasidan IV bel umurtqasigacha davom etadi. 
Boshlanish qismi orqa ko‘ks oralig‗ida umurtqa pog‗onasining chap tomonida 
bo‘lib, past tomonga yo‘nalgan sari asta-sekin umurtqa pog‗onasining old tomoniga 
o‘tadi va Ko‗krak bo‘shlig‗idan diafragmadagi teshik (hiatus aorticus) orqali qorin 
bo‘shlig‗iga yo‘naladi. Binobarin, aorta ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismdagi 
Ko‗krak aortasi, aorta thoracica – IV Ko‗krak umurtqasining damidan boshlanib, 
diafragmagacha yoki XII Ko‗krak umurtqasigacha davom etadi. Aortaning ikkinchi 
bo‘lagi, ya‘ni qorin qismi – aorta abdominalis – Ko‗krak aortasining davomi, XII 
Ko‗krak umurtqasi ro‘parasidan (diafragmadan o‘tish joyidan) boshlanib, IV–V bel 
umurtqasining oralig‗igacha davom etadi va umurtqa pog‗onasining chaprog‗ida 
qorin pardasining orqa tomonida joylashadi. Qorin aortasi IV–V bel umurtqalari 
oldida o‘ng va chap umumiy Yonbosh arteriyasi (a. iliaca communis dextra et 
sinistra) ga bo‘linadi. Aortaning ana shu ikkita umumiy Yonbosh arteriyalariga 
bo‘linish joyining qoq o‘rtasidan taraqqiyotda aortaning qoldiq qismi hisoblangan 
tarmoq (a. sacralis mediana) chiqadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin