419
Yurak bo‘lmachalari va qorinchalari miokardi alohida
tuzilmalardan tashkil
topgan bo‘lishiga qaramay, ularning o‘tkazuvchi yo‘li Purkine tolalari yordamida
o‘zaro birlashib turadi.
Purkine tolalari maxsus tuzilgan muskul tolalari kompleksidan iborat: muskul
tolalarida miofibrallar kamroq, sarkoplazma ko‘proq bo‘ladi.
Shu sababli bu tolalar
och rangda ko‘rinadi va hajmi jihatdan oddiy muskul tolalaridan xiyla kattaroq
bo‘ladi.
Yurakning o‘tkazuvchi yo‘li.
1 – V. cava superior; 2 – Nodus sinuatrialis; 3 – Septum interatriale; 4 – Atrium dextrum; 5 –
Fossa ovalis; 6 – Mm. pectinati; 7 – Nodus atrioventricularis; 8 – V. cava inferior; 9 – Valvula sinus
coronarii cordis; 10 –
Sinus coronarius cordis; 11 – Truncus fasciculus atrioventricularis; 12 –
Valva atrioventricularis dextra (v. tricuspidalis); 13 – Chordae tendineae; 14 – Mm. papillares; 15 –
Crus dextrum (fasciculus atrioventricularis); 16 – Ventriculus dexter; 17 – Trabeculae corneae; 18 –
Trabeculae corneae; 19 – Ventriculus sinister; 20 – Crus sinistrum (fasciculus atrioventricularis); 21
– M. papillaris; 22 – Septum interventriculare; 23 – Chordae tendineae; 24 – Valva
atrioventricularis sinistra (v. mitralis); 25 – Vasa cordis; 26 – Ostium v. pulmonalis sinistra; 27 – V.
pulmonalis sinistra; 28 – V. pulmonalis sinistra; 29 – Atrium sinistrum; 30 – Ostia venarum
pulmonarium; 31 – V. pulmonalis dextra.
Yurakning o‘tkazuvchi yo‘li quyidagi tugun va tutamlardan tashkil topgan:
1. Sinus bo‘lmacha tuguni nodus sinuatrialis Yurakning o‘ng qulog‗i bilan
Yuqori kavak venasi o‘rtasida epikard ostida joylashgan.
Bu tugun Yurak
bo‘lmachalarining muskul tolalari va atrioventrikular tugun bilan tutashgan bo‘lib,
bo‘lmalarning qisqarish ritmini tartibga solib turadi.
2. Atrioventrikular (bo‘lmacha-qorincha) tugun – nodus atrioventricularis
Yurakning o‘ng bo‘lmachasi devorida (uch tavaqali klapanning – cuspis septalis iga
yaqinroq) joylashgan bo‘lib, qorinchalarga bo‘lmacha-qorincha tutami fasciculus
atrioventricularis yoki Gis tutami nomi bilan kiradi. Gis tutami qorinchalar orasidagi
to‘siq orqali pastga qarab yo‘naladi va ikkita (o‘ng va chap) oyoqcha (crus dextrum et
sinistrum) ga bo‘linadi, oyoqchalar har ikkala qorincha endokardi ostida joylashib,
muskul qavatiga Purkine tolalari bo‘lib tarqaladi. Atrioventrikular
tutamlar orqali
bo‘lmachalarning qisqarish (sistola) to‘lqinlari qorinchalarga o‘tadi. Shunday qilib,
Yurakning o‘tkazish yo‘li bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasida sistola bilan
diastola o‘rtasidagi ritmni tartibga solib turadi.
420
Yurakning arteriyalari va venalari.
1 – Truncus pulmonalis; 2 – A. pulmonalis sinistra; 3 – Lig. arteriosum; 4 – Arcus aortae; 5 –
A. subclavia sinistra; 6 – A. carotis comminis sinistra; 7 –
Truncus brachiocephalicus; 8 – A.
pulmonalis dextra; 9 – Aorta ascendens; 10 – V. cava superior; 11 – Auricula dextra; 12 – A.
coronaria dextra; 13 –
Sulcus coronarius; 14 – V. cordis anterior; 15 – Ventriculus dexter; 16 –
Apex cordis; 17 – Ventriculus sinister; 18 – Sulcus
longitudinalis anterior; 19 – V. cordis magna; 20
– A. interventricularis anterior – a. coronaria sinistra tarmog‗i; 21 – R. circumflexus – a. coronariae
sinistrae tarmog‗i; 22 – A. coronaria sinistra; 23 – Auricula sinistra.
Dostları ilə paylaş: