421
arteriyasi bilan qo‘shilib, Yonlama qon aylanishida ahamiyati bo‘lgan arteriya
halqasini hosil qiladi. Demak, a. coronaria sinistra chap qorinchaning oldingi qismini,
o‘ng qorincha oldingi devorining ozroq qismini va Yurak to‘sig‗ining oldingi yarmini
qon bilan ta‘minlab turadi.
Yurak toj arteriyalari va ularning asosiy tarmoqlari bo‘lmachalar uchun aa.
atriales ni quloqchalarga, aa.auricularis ni qorinchalarga, aa. ventriculares va nihoyat,
qorinchalararo (aa. septi anterior et posterior) devorga beradi. Qorinchalar devoriga
tarqalgan arteriyalar tashqaridan ichkariga harakatlanadi,
uning hamma qavatlariga
alohida tarmoqchalar berib qon bilan ta‘minlaydi.
Miokard arteriya tarmoqlarining devori silliq muskuldan tuzilganligi sababli
kuchli qisqarganda arteriya teshiklari butunlay bekilib qoladi. Shuning uchun ular
―oxirgi‖ arteriyalar deb ataladi. Bunday arteriyalar muskul qavatlarining qisilib
(spazm), qonning vaqtincha to‘xtab qolishi oqibatida miokardning ma‘lum
qismida
infarkt sodir bo‘lishi mumkin.
Toj arteriyalar bo‘lmacha devorlarida, Yurak devori – mm. papillares da va
Yurak uchida o‘zaro anastomozlar mavjud. Lekin toj arteriyalarning biror tolasi
o‘zgargudek bo‘lsa, bu anastomozlar Yurakdagi qon
aylanish jaraYonini normal
davom ettira olmaydi. Yurakning toj arteriyalaridan boshqa ―qo‘shimcha‖ tarmoqlari
ham bor: ular arcus aortae pastki Yuzasining lig. arteriosum ga yaqin joyidan va
bronx arteriyalaridan boshlangan tolalardir.
Dostları ilə paylaş: