416
Bo‘lmachalar orasidagi to‘siqlarning taxminan o‘rta
qismida ovalsimon
chuqurcha – fossa ovalis bo‘lib, atrofi limbus fossae ovalis degan gardishsimon
bolishcha bilan chegaralanib turadi. Embrionda fossa ovalis o‘rnida teshik – foramen
ovale bo‘ladi. Bu teshik Yuqorida aytilganidek, o‘ng bo‘lmachani chap bo‘lmachaga
tutashtirib turadi. Odatda, bola tug‗ilgandan keyin ovalsimon teshik bekilib ketadi.
Shuning uchun ham septum interatriale ning ana
shu sohasi boshqa qismiga
qaraganda birmuncha Yupqaroq tuzilgan. Ba‘zida foramen ovale anomaliya sifatida
umrbod saqlanib qolishi mumkin. Bunda tug‗ma Yurak porogi vujudga keladi. O‘ng
bo‘lmacha pastki tomonda o‘ng qorincha ostium atrioventriculare
dextrum orqali
tutashadi.
Dostları ilə paylaş: