Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №29 
Yurak. Kon aylanish doirasi.
Yurak: tuzilishi o‗lchamlari, og‗irligi. Kameralari, 
devori, o‗tkazuv yo‗llari, Yurakning qon tomir va nervlari. Perikard. Katta va kichik 
qon aylanish doiralari qon tomirlari. 
Yurak (cor) muskuldan tuzilgan a‘zo bo‘lib, Ko‗krak qafasida joylashgan. Yurak 
odam hayotining oxirgi daqiqasigacha hamma vaqt (qisqa pauzalardan tashqari) 
muttasil harakatlanib, qisqarib (sistola), kengayib (diastola) turadi va butun 
organizmga qon yetkazib beradi. Shunday qilib, Yurak organizmda qon aylanish 
sistemasining markaziy a‘zosi hisoblanadi. O‘rta yashar odamning Yuragi 1 minutda 
o‘rta hisobda 70–75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqara oladi. Bu esa shu 
vaqt ichida 20 tonna Yukni bir metr balandlikka ko‘tarish kuchiga teng demakdir.
Odam Yuragining rivojlanishi qon tomirlar va platsentaning takomil etishiga 
chambarchas bog`liq bo`ladi. Yurak embrionining uchinchi haftasi oxirlarida 
birlamchi ichak oldingi qismining ostida mezenximadan parasagittal holda 


412 
joylashgan ikkita endokard xaltachadan takomil etadi. Keyinchalik ana shu endokard 
xaltachalari devorida mezenximadan entodeliy qavati paydo bo`ladi. Rivojlanish 
davrida endokard xaltachalarining medial devorlari o`zaro qo`shilib, bitta umumiy 
Yurak oraliq devorini hosil qiladi. Lekin mezenximadan hosil bo`lgan bu devor tez 
yo`qolib, Yurak bo`shlig`ida qon hujayralariga aylanadi. Natijada, bitta umumiy 
Yurak xaltachasi paydo bo`ladi. Ana shu birlamchi Yurak ichakning bosh qismiga 
Yurakni o`rab turgan seroz xaltacha (Yurakning orqa tutqichi) vositasida va tananing 
oldingi devoriga Yurakning qorin tutqichi orqali birlashgan bo`ladi. Keyinchalik 
Yurakning orqa tutqichi orqa ko`ks oralig`ini hosil qiladi, qorin tutqichi esa butunlay 
yo`qoladi. 
Yurakning muskul qavati – miokard (myocardium) endokard xaltasining 
atrofida splanxnotomning visseral varag`idan hosil bo`lib, Yurak naychasi 
bo`shlig`ida seroz parda bilan qoplanadi. Pirovardida seroz pardadan Yurak 
xaltachasi – perikard hosil bo`ladi. 
Yurak rivojlanishi davrida Yurak naychasi epikardga (seroz parda) qaraganda 
tezroq o`sadi va "S" shaklida bo`ladi. Keyinchalik "S" shaklidagi Yurak naychasining 
oldingi qismidan Yurak oldi bo`lmachasi, uning qulog`i va sinus venosus paydo 
bo`ladi. Yurak qorinchalari esa "S" shaklidagi naychaning pastki bo`lagidan 
rivojlanadi. Natijada Yurak naychasining vena va arteriya bo`laklarini chegaralab 
turadigan joyda sulci interventriculare vujudga keladi. Yurak boshlang`ich davrda 
bitta bo`lmacha va bitta qorinchadan iborat bo`ladi, embrionning to`rtinchi haftasida 
qorincha va bo`lmachalarning har birini ikkiga ajratib turadigan devorcha hosil 
bo`lib, bunda Yurak to`rt bo`lak (kamera) ga bo`linadi. Bo`lmachalar oraliq 
devorining o`rtasida joylashgan ovalsimon teshik – foramen ovale ning o`ng 
bo`lmachasidan embrion rivojlanish davrida qonning bir qismi to`g`ridan to`g`ri chap 
bo`lmachaga quyiladi. Bu davrda pastdan Yuqoriga (bo`lmachalar oraliq devor 
tomonga) qarab o`sayotgan septum interventriculare ham qorinchalarni bir-biridan 
to`la ajratmaydi. Yurakning tavaqali va yarim oysimon klapanlari endokard hisobiga 
takomil etadi va bo`lmacha bilan qorincha o`rtasida teshik (ostium atrioventriculare) 
vujudga keladi. 
Yurak.
O‘rta yashar odamning Yuragi oldindan orqaga qarab bir oz qisilgan, 
konus shaklida bo‘lib, hajmi odamning o‘rtacha qisilgan mushtiga teng keladi. Yurak 
to‘rt kamera: ikkita bo‘lmacha (atrium dextrum et sinistrum) va ikkita qorincha 
(ventriculus dexter et ventriculus sinister) dan tuzilgan bo‘lib, chap bo‘lmacha bilan 
chap qorincha Yurakning chap yoki arteriya bo‘lagini, o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng 
qorincha esa Yurakning o‘ng yoki vena bo‘lagini tashkil qiladi.
1
Yurakning o‘rtacha og‗irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 220–250 g keladi. 
Yurakning uzunligi o‘rta Yoshdagi odamlarda 10–15 sm, kengligi (asosida) 8–11 sm, 
oldingi va orqa devorining qalinligi 6–8,5 sm. Yurak tashqi Yuzasining o‘tkir (o‘ng) 
va o‘tmas (chap) chekkalari uni orqava old tomondagi Yuzalarga ajratib turadi. 
Yurakning oldingi va bir oz Yuqoriga hamda chapga qarab turgan to‘sh-
qovurg‗a Yuzasi (facies sternocostalis) to‘sh suyagining dastasi bilan III–VI 
qovurg‗alar tog‗ay qismlarining orqa tomoniga to‘g‗ri keladi. Yurakning ikkinchi 
yassi Yuzasi (facies diaphragmatica) orqaga va bir oz pastga qaragan bo‘lib, 
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill 
Livingstone, 2014


413 
diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi. Bundan tashqari, Yurakning 
Yuqoriga qaragan serbar qismi asosi (basis cordis) va pastga, chapga qaragan 
Yumaloqroq uchi (apex cordis) bor. Yurak, asosan, basis cordis dan boshlanadigan 
yirik arteriya va vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi (164). 
Yurak (old Yuzasi). 1 – Perikardning epikardga o‘tish joyi; 2 – V. cava superior; 3 – Aorta 
ascendens; 4 – Auricula dextra; 5 – Sulcus coronarius; 6 – Ventriculus dexter; 7 – Incisura apicis 
cordis; 8 – Apex cordis; 9 – Ventriculus sinister; 10 – Sulcus interventricularis anterior; 11 – Conus 
arteriosus; 12 – Aorta descendens; 13 – Auricula sinistra; 14 – Truncus pulmonalis; 15 – A. 
pulmonalis dextra; 16 – Isthmus aortae; 17 – Arcus aortae; 18 – A. carotis communis sinistra; 19 – 
A. subclavia sinistra; 20 – Truncus brachiocephalicus. 
Yurakning tashqi Yuzasida bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasidagi chegaraga 
to‘g‗ri keladigan va Yurakni hamma tomondan o‘rab turgan ko‘ndalang egat – sulcus 
coronarius va qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan devorlariga to‘g‗ri keladigan, 
uzunasiga joylashgan oldingi egat – sulcus interventricularis anterior, shuningdek, 
orqa tomondagi uzunasiga ketgan egat – sulcus interventricularis posterior bor. 
Oldingi va orqa tomonda uzunasiga joylashgan egatlar Yurak uchining o‘ng 
tomonida o‘zaro tutashib, Yurak o‘ymasi (incisura apicis cordis)ni hosil qiladi. 
Yurakning hamma egatlari Yurakni oziqlantiruvchi tomirlar va yog‗ kletchatkalari 
bilan to‘lib turadi. Shuning uchun Yurakda qon tomirlar uncha yaxshi ko‘rinmaydi. 
O‘ng va chap Yurak bo‘lmachalari – atrium dextrum et sinistrum bir-biriga nisbatan 
o‘rtada joylashgan bo‘lmachalararo devor (septum interatriale) bilan, o‘ng qorincha – 
ventriculus dexter, chap qorincha – ventriculus sinister, qorinchalararo devor (septum 
interventriculare) bilan ajralib turadi. Lekin o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha va 
chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘zaro ostium atrioventriculare dextrum et 
sinistrum (Yurak bo‘lmachalari va qorinchalari o‘rtasidagi teshiklar) vositasida 
tutashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, to‘rt bo‘lakli Yurakning o‘zaro bir-biriga tutashib turgan ikki 
qismi tafovut qilinadi. Shu jumladan, o‘ng bo‘lmacha bilan qorincha o‘zaro ostium 
atrioventriculare dextrum vositasida qo‘shilgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda chap 
bo‘lmacha bilan chap qorincha bir-biriga ostium atrioventriculare sinistrum 
vositasida tutashadi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin