118
Oyok panjasining ustki Yuzasida M. extensor digitorum brevi barmoklarni
yozuvchi kalta mushak joylashadi. Tovon suyagining ustk Yuzasidan boshlanib, I-IV
barmoklarning ustki Yuzasiga birikadi.
Vazifasi : I-IV barmoklarni yozadi.
Oyok panjasining ostki kaft Yuzasida joylashgan mushaklar.
Uz
navbatida bu mushaklar medial, lateral va o‗rta guruh mushaklarga
bulinadi. Medial guruh mushaklari :
1) M. abductor hallucis bosh barmokni uzoklashtiruvchi mushak. Tovon
suyagining medial o‗simtasidan (processus medialis), kayiksimon suyak burtigidan
(tuberositas ossis navicularis) boshlanib, bo barmokning proksimal falangasiga
birikadi.
Vazifasi : uz nomidan ma‘lum.
2) M. flexor hallucis brevis bosh barmokni bukuvchi kalta mushak. Medial
ponasimon suyakdan boshlanib, bosh barmokning proksima falangasiga birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni bukilishida katnashadi.
3) M. adductor hallucis bosh barmokni yakinlashtiruvchi mushak. Kubsimon
suyakdan, lateral ponasimon suyakdan, II-V
kaft suyaklaridan boshlanib, bosh
barmok
proksimal falang suyagiga birikadi.
Vazifasi : bosh barmokni - boshka barmoklarga yakinlashtiradi.
Lateral guruh mushaklari.
1) M. abductor digiti minimi kichik barmokni uzoklashtiruvch mushak. Tovon
suyagining lateral chekkasidan boshlanib, kichik barmokning proksimal falang
suyagiga birikadi.
Vazifasi : kichik barmokni, boshka barmoklardan uzoklashtiradi.
2) M. flexor digiti minimi brevis kichik barmokni bukuvch kalta mushak. V
kaft suyagining asosidan boshlanib, kichik barmo44
proksimal falanga suyagiga
birikadi.
Vazifasi : kichik barmokni bukadi.
O‗rta guruh mushaklar.
1) M. flexor digitorum brevis barmoklarni bukuvchi kalta mushak. Tovon
suyagining burtigidan boshlanib, II-V barmoklarning o‗rta falangalariga birikadi.
Vazifasi : barmoklarni bukishda katnashadi.
2) M. quadratus plantae oyok kaftining kvadrat mushagi. Tovo suyagidan
boshlanib, barmoklarni bukuvchi uzun mushak m. flexor digitorum longus paylariga
birikadi.
Vazifasi : bukuvchi mushakka xamkor buladi.
3) M. m. lumbricales chuvalchangsimon mushaklar. II-V barmoklarni
bukuvchi uzun mushak m. flexor digitorum
longus paylarida boshlanib, II-V
barmoklarning proksimal falangalariga birikadi.
4) M. m. interossei suyaklararo mushaklar. Bu mushaklar oyo44 kaft
suyaklari orasini tuldirib turadi. Uz navbatida bu mushakla kaft soxasidagi m. m.
119
interossei plantaris va ustki Yuzasidagi mushaklar m. interossei dorsales guruhlariga
ajraladi.
Takim chukurchasi - fossa poplitea
Takim chukurchasi - fossa poplitea romb shaklida tuzilgan hosila bulib
xisoblanadi. Bu chukurchaning Yuqori uchi lateral tarafdan m. biceps femoris, medial
tarafdan esa m. semimembranosus va m. semitendinosus lar bilan chegaralangan.
Chukurchaning pastki uchi esa m. gastrocnemius mushagining boshchalari xisobiga
hosil buladi. Taki chukurchasida limfa tugunlar,
utirgich nervi, takim arteriyasi va
venalari joylashadi.
Takim chukurchasining ostki uchidan - takim-boldir kanali - canalis
cruropopliteus boshlanadi. Bu kanal m. tibialis posterior (oldingi devori) va m. soleus
(orka devori) orasida hosil buladi. Bu kanalda n. tibialis, a. v. tibialis posteriores lar
joylashadi. Takim-boldir kanalining ustki soxasidan canalis musculoperoneus
superior boshlanadi. Bu kanal kichik boldir suyagi fibula v m.
peroneus longus lar
orasida joylashadi va kichik boldirning Yuzak nervi n. peroneus superficialis utadi.
Takim-boldir kanalining pastki qismidan canalis musculoperoneus inferior
boshlanadi. Bu kanal kichik boldir suyagi fibulae v m. flexor hallucis longus va m.
tibialis posterior lar orasida joylashadi. Bu kanaldan a. peronea utadi. Oyok
panjasining kaft Yuzasida sulcus plantaris medialis v sulcus plantaris lateralis egatlari
joylashadi. Medial egat m. flexor digitorum brevis va m. abductor hallucis
mushaklari orasid joylashadi. Lateral egat esa m. flexor digitorum brevis va m.
abductor digiti minimi mushaklari orasida joylashadi.
Dostları ilə paylaş: