Yo’talni unumsiz va unumli shakllarga ajratish qabul qilingan.
Unumsiz (quruq) yo’tal O’RVIning boshlang’ich bosqichi uchun xosdir. Asta-sekin balg’amning xususiyatlari o’zgaradi va bemor yo’tal nam bo’lib borayotganini payqaydi. Shu yo’l orqali organizm bronxial sekret yordamida nafas yo’llaridan virusni chiqarib tashlashga harakat qiladi.
Unumli yo’tal o’tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, bronxektatik kasallik, bronxial astma, sil kasalligi, mukovistsidoz, shuningdek turg’un chap qorincha yetishmovchiligi uchun xarakterlidir.
O’tkir va surunkali yo’tal
Bundan tashqari, surunkali yo’talning sabablari bronxial astma, gastroezofagial kasallik, shuningdek postnazal oqishish sindromi bo’lishi mumkin.
Yo’talning sababini aniqlash uchun faqat uning davomiyligi va turini emas, balki balg’amning xususiyatini ham o’rganish muhimdir. Balg’am quyidagicha bo’lishi mumkin:
Yo’talning sababini aniqlash uchun faqat uning davomiyligi va turini emas, balki balg’amning xususiyatini ham o’rganish muhimdir. Balg’am quyidagicha bo’lishi mumkin:
Aralash (shilimshiq va yiringli balg’amning xususiyatlarini birlashtiradi);
Qonli (qon bilan aralashgan).
NAFAS OLISH TIZIMINING YUQUMLI KASALLIKLARI
O’tkir respirator virusli infektsiya (O’RVI) fonida yo’tal bir-ikki kun ichida yuzaga keladi. Ushbu tashxis qo’yilgan bemorlarda umumiy zaiflik, isitma, tumov, bosh og’rig’i aniqlanadi. Virusli infektsiya nafas yo’llarining turli qismlariga ta’sir qilishi mumkin. Faringit tomoq qichishi va og’rig’i bilan ajralib turadi.
Ushbu alomatlar insonga noqulaylik tug’diradi. Yo’talib, odam tomoq ichida to’plangan shilliqdan qutulishga harakat qiladi. Laringit azob beradigan, quruq, uzuq-yuluq yo’tal bilan birga kechadi.
O’RVI, ko’pincha, traxeit sifatida namoyon bo’ladi. Traxeyani yallig’lanishi baland, chuqur yo’tal bilan ifodalanadi, shuningdek ko’ks ortida og’riq bilan kechadi. Bronxitda esa ko’krak qafasidagi og’riq kuzatilmaydi. Bronxning yallig’lanishida yo’tal baland, ko’krakda seziladi. Ba’zan, hatto masofadan turib, fonendoskopdan foydalanmasdan ham xirillash ovozi eshitiladi.