bronxlarning kengayishi va deformatsiyasi va ular ichida yiringli balg’am to’planishi bilan tavsiflanadi. Kasallikka, ayniqsa, ertalab, yiringli balg’am ajralishi qayd qilinadigan unumli yo’tal xosdir. Ko’pincha bolalarni mashqlar paytida hansirash bezovta qiladi. O’tkirlashish paytida tana harorati biroz ko’tarilishi mumkin.
Mukovistsidoz
endokrin bezlarning shikastlanishi va quyuq, yopishqoq shilliq ishlab chiqarilishiga sabab bo’ladigan kasallikdir
Bolalarda kasallikning kechalari kuchayadigan bo’g’ilish xurujlari, yopishqoq balg’amli, doimiy yo’tal kuzatiladi. Bronxda doimiy shilliq yig’ilib turishi fonida ko’pincha bakterial flora qo’shilib, bu uzoq muddatli pnevmoniyaga olib keladi. Mukovistsidozning aralash shakli ovqat hazm qilish tizimining shikastlanishiga xos belgilarning qo’shilishi bilan tavsiflanadi.
Muhim!
Yo’tal himoya reaktsiyasi bo’lganligi sababli, davolash vaqtida uni yo’qotish uchun emas, balki uni yengillashtirish uchun harakat qilish kerak. Dori vositalarini shifokor tayinlashi kerak. Markaziy ta’sirga ega yo’talga qarshi preparatlar yo’tal markazini zaiflashtiradi. Ularning ishlatilishi, birinchi navbatda, yo’tal unumsiz bo’lgan, ikkinchidan, yo’talish xurujlari qayt qilish va bemorni charchatadigan holatlarda oqlanadi.
Davolashni boshlashdan oldin yo’tal quruq yoki nam ekanligini aniqlash kerak. Qiyin ajraladigan balg’amli nam yo’talda shifokorlar mukolitik preparatlarni buyuradilar. Ushbu dorilar guruhining eng mashhur vakillari orasida:
Bromgeksin;
Ambroksol;
Mukaltin;
Plyush barglari ekstrakti;
Atsetiltsistein.
Kam miqdorda balg’am ajralishi bilan kechayotga yo’talda balg’am ko’chiruvchi dorilar buyuriladi. Ushbu dori-darmonlarni qo’llash bronxial bezlar tomonidan shilliq ajralishini rag’batlantiradi, bu uni suyuqroq qiladi. Bundan tashqari, bronxni yanada samarali tozalashga yordam beruvchi yo’tal refleksi kuchayadi. Balg’am ko’chiruvchi dori vositalariga quyidagilar kiradi:
Kam miqdorda balg’am ajralishi bilan kechayotga yo’talda balg’am ko’chiruvchi dorilar buyuriladi. Ushbu dori-darmonlarni qo’llash bronxial bezlar tomonidan shilliq ajralishini rag’batlantiradi, bu uni suyuqroq qiladi. Bundan tashqari, bronxni yanada samarali tozalashga yordam beruvchi yo’tal refleksi kuchayadi. Balg’am ko’chiruvchi dori vositalariga quyidagilar kiradi:
Mukaltin;
Gulxayri (altey) ildizi;
Qizilmiya ildizi;
Kaliy yodid;
Bronxolitin;
Pertussin.
Agar yo’tal infektsiya tufayli kelib chiqsa, etiotropik preparatlar (antivirus, antibakterial, silga qarshi va boshqa) preparatlar qo’llanilishi kerak.