Suyak tizimining shikastlanishining asosiy klinik belgilari (osteomalyatsiya, osteoid giperplaziyasi, suyak to’qimasi gipoplaziyasi, mushaklar gipotoniyasi natijasida suyak deformatsiyasi).
Osteomalyatsiya uchun (kasallikning o’tkir davrida ustunlik qiladi) xarakterlidir:
katta liqildoqva choklarni tashkil etuvchi suyaklar qirralarining qo’lga unnalishi;
ensaning tekislanishi;
ensa suyaklarning o’choqli yumshashi (kraniotabes), barcha suyaklarning yumshashi (Kigiz shlyapa simptomi);
ko’krak qafasining deformatsiyasi (ko’krak qafasining pastki qismi kengayishi bilan Garrison egatchalarining paydo bo’lishi, qovurg’alarning yumshashi va qo’lga unnashi ko’krak qafasining "tovuq ko’kragi” yoki “etikdo’z ko’kragi” shaklidagi deformatsiyasiga olib keladi);
chanoq suyaklarining deformatsiyasi (yassi chanoq);
"Olimpiya" peshonasi (bosh suyagining asosini yumshashi natijasida paydo bo’ladi). Osteoid giperplaziyasi uchun (kasallikning o’tkir osti davrida ustunlik qiladi) xarakterli: - peshona va tepabo’rtmalarining paydo bo’lishi;
qovurg’a " chyotkalari " (qovurg’aning tog’ay qismini suyakka o’tish joyida yarim sharsimon qalinlashishi);
bilakchalardagi "bilaguzuklar", oyoqlarning boldir qismi qalinlashishi (bilak va boldir suyaklari metafizlarining kattalashishi natijasida);
"marvarid iplari" (barmoqlarning falangalaridagi diafiz qismi qalinlashuvi natijasida) simptomi.
4-rasmda ko’rsatilgan.
4-rasm. Bilakchalardagi "bilaguzuklar", oyoqlar boldir qismining qalinlashishi (bilaklarning va oyoqlarning naysimon suyaklari metafizlarining kattalashishi natijasida); ko’krak qafasining deformatsiyasi, boldir suyaklarining O-simon shaklidagi (varus) egriligi; "qurbaqa qorini"
Suyak to’qimalarining gipoplaziyasi uchun (osteogenez buzilishi oqibati) xarakterli:
Liqildoq va choklarning kech yopilishi (1,5-2 yil va undan keyin);
Tishlar yorib chiqishining buzilishi (tishlar chiqishi formulasi buzilgan holda, kechikish bilan yorib chiqadi) ko’pincha tish emali nuqsonlari va sut tishlarining va keyinchalik doimiy tishlarning hamkariyeslari kuzatiladi;
Naysimon suyaklarning o’sishdan orqada qolishi (statomotor funksiyalarning kechikishi);
Mushaklarning gipotoniyasi natijasida suyak to’qimasining deformatsiyasi uchun xarakterli:
oyoqlarning deformatsiyasi, odatda, chaqaloqlar turganda va yurib boshaganda – O-shaklidagi (varusli) yoki X-simon (valgus) oyoq egriligi ko’rinishida paydo bo’ladi;
Dostları ilə paylaş: |