Paraklinik tekshiruvlar:
Qonning umumiy klinik tekshiruvi kasallikning avj olish davrida turli darajadagi gipoxrom kamqonlikni aniqlash imkonini beradi.
Qon va siydikning biokimyoviy tekshiruvi o’tkaziladi:
qondakal’siy, fosfor, ishqoriy fosfataza, oqsil va oqsil fraksiyalari, limon kislotasi, KIM, kalsidiol, kal’sitriol, paratiroid gormonlar miqdori tekshiriladi;
Sutkalik siydik miqdoridakal’siy, fosfor, aminoazot.
Raxitning avj olish davrida sodir bo’ladi:
qon plazmasida fosfor miqdorining 0,65 – 0,8 mmol/l ga kamayishi (chaqaloqlarda norma 1,5 – 1,8 mmol’/l, bir yoshdan kattalarda 0,81 – 1,55 mmol’/l);
qon plazmasida kal’siy miqdorining kamayishi –umumiy – 2 mmol’/l (norma 2,2-2,75 mmol’/l) va ionlashtirilgan – 1 mmol’/l gacha (norma 1,0-1,15 mmol’/l);
Qon zardobida ishqoriy fosfotaz qiymatining Bodanskiy yoki King-Amstrong birliklarida> 40 yed./ldan, shuningdek, ishqoriy fosfotaz qiymatining avtomatlashtirilgan analizatorlardan foydalangan holda me’yoriy ko’rsatkichlarning yuqori yosh darajasiga nisbatan 1,5 – 2 marta oshishi;
disproteinemiya (gipoal’buminemiya, giper-a1– va α2-globulinemiya);
qonda limon kislotasi miqdorini kamayishi < 62 mmol’/l (norma 62 mmol’/l);
kompensatsiyalangan metabolik atsidoz ishqorlar tanqisligi bilan 5 – 10 mmol’/l gacha;
kal’sidiol(25-ON-D3) ning40 ng/ml dankamayishi [norma 50 – 100 nmol’/l (20 – 40 ng/ml)];
90 PG/ml dan yuqori bo’lgan PTG miqdori (norma 20 – 90 PG/ml);
Kal’sitriol[1,25 - (ON)2- D3] ning 10 – 15 ng/ml dankamayishi [norma 50 – 125 nmol’/l (20 – 50 ng/ml)];
Sutkasiga 0,5 – 1 mlgacha bo’lgan giperfosfaturiya (norma 0,1– 0,25 ml/sutka); – kal’siyuriya 4,99 mmol’/ sutkadan yuqori (norma 0,25 – 4,99 mmol’/ sutka);
giperaminoatsiduriya kuniga 10 mg/kg dan ortiq (kuniga 10 mg/kg gacha).
Dostları ilə paylaş: |