Klinik o’zgarishlar ma’lumotlari
Suyak o’zgarishlari, mushaklar gipotenziya va asab tizimining shikastlanishining belgilari kasallikning og’irlik darajasi bilan ortadi.
Asab tizimi
Birinchi alomatlar boshlang’ich davrida vegetativ buzilishlarko’rinishida paydo bo’ladi:
haddan tashqari terlash (ayniqsa, uyqu paytida ensa sohasi);
qizil dermografizm;
oshqozon-ichak traktining sekretor va diskinetik buzilishlari (beqaror axlat, qabziyat);
chaqaloqlarning xulqi buziladi (injiq, yig’loqi bo’lib qoladi, qichqiriqlar paydo bo’ladi).
Bu belgilar 3- rasmda keltirilgan.
3-rasm. Ensa qismining yassilanishi;
Avj olish davrida, kasallikning og’irlik darajasi kuchayib borishi bilan psixomotor rivojlanishda kechikish paydo bo’ladi (boshini ko’tarish, o’tirish, emaklash, turish va yurish ko’nikmalar kech shakllanadi, erishilgan ko’nikmalar yo’qotiladi)
Dostları ilə paylaş: |