Irsiy raxitga o’xshash kasalliklar
Suyaklarning shikastlanishi raxitga juda o’xshash kasalliklar mavjud, ammo bu holatlarning kelib chiqishi sharoiti butunlay boshqacha. Ular tubulopatiyalar guruhiga birlashtirilgan raxitga o’xshash kasalliklardir (D vitamini bilan bog’liq raxit, D vitaminiga chidamli raxit, de-Toni-Debre-Fankoni kasalligi, buyrak tubulyar atsidozi). Ushbu kasalliklar nasldan o’tib, xromosomalarda o’zgarishlar aniqlangan. D vitamini faol metabolitlari shakllanishi buzilishining asosiy sababi - fosfor va turli moddalarningbuyrak kanalchalarida reabsorbsiyasining buzilishidir.
Jarayonlarning buzilishi (gipofosfatemiya, giperfosfaturiya, giperxloremik metabolik atsidoz, gipokal’semiya) natijasida organizmda yuzaga keladigan murakkab holatlar suyak demineralizatsiyasi va suyak to’qimasida o’zgarishlarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |