Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə40/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Rahit metodechka

Postnatal profilaktika

Nospesifik postnatal profilaktika chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridan boshlab ratsional ovqatlanish (ona suti)ni tashkil etish bilan boshlanadi. Kundalik emizikli ayollar go’sht 170g, baliq 70g, tvorog 50g, pishloq 15g, sut yoki sut mahsulotlari 0,6 l, sabzavot va mevalar 800g olishlari kerak. CHaqaloqni sun’iy oziqlantirish uchun o’tkazgan taqdirda esa ichakdagi kal’siy va ergokal’siferolning so’rilishini kuchaytiradigan vitamin D va laktozani o’z ichiga olgan moslashtirilgan sut aralashmalaridan foydalanish kerak.

Qo’shimcha ovqatlarni kiritishda parhezga rezavor meva va sabzavot sharbat va pyurelarini o’z vaqtida kiritilishi kerak. Ratsionda kal’siy va fosforlarga boy sabzavotlardan foydalanish tavsiya etiladi: sabzi, oq va qizil karam, qovoq, kabachok, petrushka ildizi va ko’kati, ismaloq, ukrop. 

Donli qo’shimchalar kiritilganda to’q bo’tqalarni: grechkali, sulili, keyinchalik aralash bo’tqalarni, shuningdek, velling sanoat ishlab chiqarish bo’tqalarini ratsionga kiritish tavsiya etiladi, chunki ular vitamin D, shu jumladan, vitaminlar va minerallar bilan boyitilgan bo’ladi. Tabiiy oziqlantirishda chaqaloqlarga qo’shimcha oziq-ovqat sifatida hazm qilish va oziq moddalarining so’rilishini kuchaytiradigan moslashtirilgan sut mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi.

Profilaktik tadbirlarga toza havoda yurish (bolaning yuzi ochiq bo’lishi kerak), kundalik massaj, gimnastika, chiniqtirish ham kiradi.

Raxitning spetsifik postnatal profilaktikasi chaqaloqlarga D vitamini tayinlashdan iborat. To’liq muddatli, sog’lom yangi tug’ilgan chaqaloqlarga ovqatlanish turidan qat’i nazar 4 – 5 haftalik muddatdan boshlab D vitaminini kuniga 400 – 500 ME dozada buyurish tavsiya etiladi. Kuz-qish-bahor davrida hayotning birinchi va ikkinchi yillarida o’tkaziladi.

Raxit rivojlanishi uchun xavf ostida bo’lgan chaqaloqlar (erta tug’ilgan, egizaklar, xomila ichi rivojlanishi kechikishi bilan) 4 haftaligidan boshlab bir oy davomida 1000 ME dozada buyuriladi, keyinchalik 500 ME dozaga o’tkaziladi.

Chala tug’ilish 1 darajasida D vitamini 400 – 1000 ME dozada har kuni ikki yil davomida, yozdan tashqari buyuriladi. Chala tug’ilish 2 darajasida D vitamini 1000 – 2000 ME dozada har kuni bir yil davomida, yozdan tashqari buyuriladi. Hayotining ikkinchi yilida D vitamini dozasi 400 – 1000 ME (ІІІ V) ga kamaytiriladi. D vitamini dozasini oshirib yubormaslik uchun hayotining birinchi oylarida haftada bir marta muntazam ravishda, keyin bir oyda bir marta Sulkovich bo’yicha sinama (siydikda kal’siy miqdorini aniqlashning sifatli reaksiyasi)o’tkazilib borishi lozim. Agar test ijobiy bo’lsa (uchta krest), D vitaminini bekor qilish kerak.

Sun’iy oziqlantirishdagi chala tug’ilgan chaqaloqlarni oziqlantirish uchun kal’siy va fosforning miqdori 2 – 1,5:2,0 optimal nisbatda bo’lgan moslashtirilgan sut aralashmalaridan foydalanish lozim. Ona sutini oladigan chala tug’ilgan chaqaloqlar qo’shimcha ravishda ko’krak suti fortifikatorlarini yoki kal’siy 60 mg/kg va fosfor 30 mg/kg miqdorida minerallarni olishlari kerak. Chala tug’ilgan chaqaloqlarning qon zardobida fosforning 1,5 mmol’/l dan kamayishi va kal’siyning siydikda 6 mg/kg ko’p ajralishi yoki Ca : R nisbatining 1 dan ortiq bo’lishi fosforni qo’shimcha tavsiya qilishga ko’rsatma hisoblanadi. Faqat Ca dan foydalanish kal’siyuriya va nefrokal’sinozni (ІІІ -V) rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

D vitamini profilaktik dozasini belgilashga qarshi ko’rsatmalar idiopatik kal’siyuriya (Uil’yams-Burne kasalligi), gipofosfataziya, mikrotsefaliya, kraniostenoz bo’lishi mumkin.

Katta liqildoqning kichik o’lchamlari yoki erta yopilishi bosh aylanasi o’sishining yoshga mosligi darajasi(ІІІ- V) saqlangan holatlarda raxitning spetsifik postnatal profilaktikasi uchun qarshi ko’rsatma hisoblanmaydi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin