Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalarda raxit



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə42/47
tarix11.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#55184
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Rahit metodechka

Ratsional ovqatlanish.

Raxitli chaqaloqlarda tabiiy oziqlantirish maqbuldir, chunki ona suti ichakda so’rilish uchun yetarli nisbatda kal’siy va fosforni o’z ichiga oladi. Agar chaqaloq aralash yoki sun’iy oziqlantirishda bo’lsa, ona sutiga muqobil ravishda profilaktik dozada D vitamini (1 l da 400 MEnisbatda), boshqa vitaminlar va mikroelementlar majmuasini o’z ichiga olgan sut aralashmalarini kiri ttgan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ratsionga o’z vaqtida meva va sabzavot sharbatlari, pyurelarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. 4-5 oylikdan boshlab birinchi qo’shimcha ovqat sifatida kal’siy va fosforlarga boy sabzavotlardan pyurelarni kiritish tavsiya etiladi. 5-6 oylikda sabzavot qaynatmasi yoki sabzavot va mevalar qo’shilgan pyurelar, 6-6,5 oylikda go’shtli qiymalar ikkinchi qo’shimcha ovqat sifatida kiritiladi.

Bola ratsioni nazorati muntazam (yilda 1 – 2 marta) oziq-ovqatlar miqdori hisoboti, keyin ularni tuzatish bilan amalga oshiriladi. Emizishda onaning ovqatlanishi turli xil bo’lishi va kal’siy va D vitaminiga boy mahsulotlar bo’lishi kerak. Turli mahsulotlarda Sa ning miqdori 1- ilovada keltirilgan.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin