Kasalxonaga yotqizish uchun ko’rsatmalar
Kasalxonaga yotqizish kerak:
ІІ–ІІІ darajali noqulay fon sharoitlari (chala tug’ilish, dekompensatsiya bosqichida somatik kasalliklar)bilan birga kelgan faol raxit kasalligi bo’lgan bolalar;
faol raxit bilan bir yoshdan katta bo’lgan bolalar, standart davolash chora-tadbirlari samarasizligida kompleks tekshiruv o’tkazish maqsadida (ІІ -V).
10. DISPANSERIZATSIYA
Raxit kasalligi I darajasida bolalar 2 yoshgacha, II – III darajasida esa 3 yil davomida umumiy amaliyot shifokori (oilaviy shifokor) tomonidan nazorat qilinadi. Tekshiruvlar 3 oyda bir marta amalga oshiriladi.
Ko’rsatmalarga ko’ra, umumiy amaliyot shifokori (oila shifokori) qonning biokimyoviy tekshiruvini (umumiy va ionlangan kal’siy, fosfor va ishqoriy fosfataza miqdorini aniqlash), densitometriya yoki suyak rentgenografiyasini tavsiya etishi, ortoped yoki jarroh bilan maslahatlashishi mumkin.
Spetsifik profilaktika bola hayotining 2-yilida kuz-qish- bahor mavsumida, 3- yilida esa faqat qish faslida amalga oshiriladi.
Raxit profilaktik emlashlar uchun ko’rsatma hisoblanmaydi. D vitamini bilan davolanishni tugatgandan so’ng, bola emlanishi mumkin (ІІ-V).
11. PROGNOZ
O’z vaqtida tashxis qo’yish va davolanishni boshlash raxit kasalligining og’ir bo’lmagan shakllarida (boshlang’ich davr, og’irlikning І darajasi) hayot va sog’liq uchun prognozi qulay.
Prognoz ІІ – ІІІ darajali og’ir kechuvchi raxit va qaytalanuvchi shakli uchun nisbatan qulaydir. Bunday bolalarda keyinchalik yassi oyoqlik, chanoq bo’shlig’ining torayishi, chanoq suyaklarining yassilanishi va deformatsiyasi, tish kariyesi, miopiya kabi asoratlar rivojlanishi mumkin.
Raxit bilan og’rigan chaqaloqlar tez-tez nafas olish kasalliklari, zotiljam va yallig’lanish jarayoniga moyil bo’lib, ularda kasallikning uzoq muddatli va og’ir darajada kechishi xos (ІІ A).
Dostları ilə paylaş: |