Massaj va davolovchi jismoniy tarbiya
Dori-darmonlar bilan davolash boshlanganidan 2 hafta o’tgach, 1,5 – 2 oy davomida kompleks davolanishga DJT va massaj kiritiladi. Massaj mushaklardagi qon aylanishini kuchaytiradi, mushaklar tonusini tiklashga yordam beradi. Bu 8-rasmda taqdim etiladi.
8-rasm. Massaj va DJT
DJT motor faoliyatini kuchaytiradi va suyaklarga mexanik ta’sir ko’rsatadi, bu esa qomat buzilishi va yassi oyoqlik rivojlanishiga to’sqinlik qiladi
Bal’neoterapiya
Dori-darmonlarni davolash tugaganidan keyin davolovchi vannalar buyuriladi.
Sedativ ta’sirga ega bo’lgan vannalar yengil ta’sirlanadigan bolalarga har kuni buyuriladi (1 choy qoshiq suyuq ignabargli konsentrat yoki 10 litr suvda 1 osh qoshiq quruq modda hisobida, 45°C haroratda). Kurs davomiyligi 8-10 daqiqadan 10 – 15 muolojagacha.
Mushak gipotoniyasi bo’lgan lanj, kamharakat bolalarga tuzli vannalar tavsiya etiladi (10 l suvga 2 osh qoshiq dengiz yoki osh tuzini hisobidan, davolash kursi 3 – 5 daqiqadan 8 – 10 muolaja). Vannadan keyin bola iliq suv bilan chayintiriladi. Metabolik jarayonlarning yaxshilanishi, kislorod iste’molining oshishi va karbonat angidridni chiqarilishi kuzatiladi.
Bal’neoterapiya kursi yiliga 2 - 3 marta amalga oshiriladi (ІІІ V).
Dostları ilə paylaş: |