Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/42
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39675
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Qattiq dori shakllariga resept (lotin)

 

 


17 | 30

 

KAPSULALAR 

(bosh kelishik birlik sonda - Capsula, jo‘nalish kelishigi ko‘plik sonda – Capsulis). 

Kapsulalar  ichiga  dozalangan  kukun, 

granula,  xamirsimon,  suyuq,  ichish  uchun 

mo‘ljallangan  dori  vositalarini  joylashtirish 

uchun  qobiq  bo‘lib,  keyingi  vaqtda  keng 

qo‘llanilmoqda.  

Kapsulalarga  dorilarni  joylashtirishdan 

maqsad, ularnihg noxush hidini, achchiq ta’mini 

maskirovka  qilish,  shilliq  qavatlarga  qitiqlovchi 

xossasini  bartaraf  etishdir.  Shu  bilan  birga 

kapsula  ichidagi  dorilar  tashqi  ta’sirotlardan 

(yorug‘lik,  havo,  me’da  shirasining  kislotali 

muhiti  va  boshqalar)  himoyalanadi.  Kapsulalar 

asosan zavodlarda kraxmal, bug‘doy uni va jelatinadan tayyorlanadi. Kapsulalar yaxshi 

tashqi  ko‘rinishga  ega  bo‘lib,  ularga  har  xil  shakl  va  yoqimli  rang  berish  mumkin. 

Ularni 


yutish  oson. 

Keyingi 


vaqtlarda 

biopolimerlardan 

mikrokapsulalar 

tayyorlanmoqda (5 – 500 mic.).  

Kraxmaldan tayyorlangan (Capsulae amylaceaeis oblatae) kapsulalar silindrik 

shaklda, oq rangli, hidsiz, ta’msiz bo’lib, oblatka deb ham ataladi. Qopqoqchasi bir 

oz  kattaroq  bo‘ladi.  Unga  0,25  dan  1,0  gacha  kukun  joylashtirish  mumkin.  Suvga 

tekkanda tez yumshaydi, lekin parchalanmaydi.  

Jelatin kapsulalar (Capsulae gelatinosae) tayyorlash uchun hayvon yelimining 

eng yaxshi navlari ishlatiladi. Ular cho‘zinchoq, tuxumsimon yoki yumaloq shaklda 

bo‘lib  har  xil  o‘lchamga  ega  bo‘lishlari,  ichiga  0,1  dan  1,5  gacha  dori  vositasi 

joylanishi mumkin.  

Jelatin kapsulalari 3 xil bo‘ladi:  

a) yumshoq yoki elastik – Capsulae gelatinosae molles s. elasticae;  

b) qattiq (spansula ham deyiladi) – Capsulae gelatinosae durae;  

v) qopqoqli – Capsulae gelatinosae operculatae.  

Jelatin  kapsulalarning  faqat  ichakda  parchalanishini  ta’minlash  uchun 

formaldegid  bug‘i  yoki  etil  spirti  bilan  ishlov  beriladi.  Ular  glyutoid  kapsulalar 

(Сapsulae glutoidales) deb ataladi. 

Kapsulalarda beriladigan dori moddalariga resept yozishda Rp.: dan keyin dori 

moddaning nomi va miqdori, D.t.d.N. dan keyin albatta dori moddasini kapsulada 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin