Haroratning sutkalik tebranishi tavsifiga mos ravishda harorat egri
chizig‘i turlari
1- Doimiy isitma sutka davomida ertalabki va kechki tana harorati orasidagi farq
1°S dan oshmasligi bilan tavsiflanadi;
2- Bo‘shashtiruvchi isitma – tana haroratining sutkalik farqi 1°S dan yuqori, bunda
ertalabki minimal harorat 37°S dan yuqori;
3- Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan isitma – tana haroratining sutkalik farqi 1°S
dan yuqori, bunda uning eng pastki ko‘rsatkichlari - me’yor ko‘rsatkichlari
doirasida;
4- Gektik isitma – tana haroratining keskin oshishi (2-4°S) va uning me’yor yoki
me’yordan past ko‘rsatkichlargacha pasayishi bilan tavsiflanadi;
5- Isitmaning teskari turi – ertalabki tanga haroratining kechkiga nisbatan
yuqoriligi bilan farqlanadi;
6- Noto‘g‘ri isitma – tana haroratining turli va noto‘g‘ri tebranishlari bilan
farqlanadi.
Tana harorati egri chiziqlarining alohida shakli
1. Qaytuvchi isitma – isitmali davrlar isitmasiz davrlar bilan navbatma-navbat
almashinadi;
2. To‘lqinsimon isitma - tana haroratining davriy ko‘tarilishi va so‘nishi bilan
tavsiflanadi.
Patologik nafas (spirogramma) turlari
1 – Grokko nafasi – birmuncha Cheyn-Stoks nafasini eslatadi, biroq nafas pauzasi
o‘rniga keyinchalik nafas harakatlari chuqurligining oshishi va so‘ngra uning
kamayishi bilan kuchsiz yuza nafas olish kuzatiladi;
2 - Cheyn-Stoks nafasi – uzoq davom etadigan (bir necha sekunddan 1
daqiqagacha) nafas tanaffusidan so‘ng dastlab shovqinsiz, yuza nafas paydo
bo‘lib, u chuqurlashib, shovqinli bo‘lib qoladi va u 5-7 nafasda maksimal
darajaga etadi, keyin esa qayd etilgan ketma-ketlikda pasayadi va navbatdagi
qisqa muddatli pauza bilan yakunlanadi;
3- Biot nafasi – uzoq (bir necha sekunddan yarim daqiqagacha) tanaffuslar bilan
deyarli bir xil vaqt oralig‘ida almashinib turadigan ritmik, biroq chuqur nafas
olish harakatlari bilan tavsiflanadi;
4 - Kussmaul nafasi – baland shovqinli katta nafas olish harakatlari bilan
kechadigan chuqur va siyrak nafas olish.
|