Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali


Kafedra mudiri A. Sh. Vaxidov



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə2/9
tarix11.05.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#111403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 kurs bolalar xirurgiyasi davolash fak ishchi o\'quv dasturi

Kafedra mudiri A. Sh. Vaxidov


2-Davolash fakulteti dekani: N.J.Sagirayev


O‘quv uslubiy bo‘Iimi boshlig‘i M. I. Bozorova


I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etib, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni fantomlarda bajarishga o‘rgatib va orttirilgan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda mustaqil ravishda bemorlarni tashxislash va qabul qilishga zamin yaratib beradi. Dasturning maqsad va vazifalarini yechimi yakunida talaba gorizontal va vertikal integratsiya jarayonlarida olgan bilim va amaliy ko‘nikmalarni klinik uyg‘unlashtirib, yetuk, raqobatbardosh, mustaqil klinik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan umumiy amaliyot shifokori bo‘lib shakllanadi.
Mazkur fan o‘quv rejadagi tibbiy va biologik kimyo, odam anatomiyasi, fiziologiya, gistologiya va immunologiya, mikrobiologiya va parazitologiya, ichki kasalliklar, allergologiya, klinik immunologiya, ftiziatriya, klinik farmakologiya, travmatologiya va shoshilinch tez tibbiy yordam fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.
Xirurgiya fani o‘tkir va surinkali xirurgik kasalliklarni etiopatogenetik omillarini, ularning klinikasini, zamonaviy diagnostikasi va davolash tamoyillarini o‘rgatadi.
Bakalavr tayyorlashda dastur orqali – o‘tkir va surunkali xirurgik kasalliklarni va xirurgik davo tamoyillarini o‘rganish zamonaviy shifokor uchun o‘ta muhim, chunki faqatgina ularning asosida kasalliklarning etiopatogenezini malakali tahlil qilish va patogenetik asoslangan davolash usulini tayinlash mumkin.



  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Xirurgiya fanini o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak umumiy amaliyot shifokorlariga aseptika, antiseptika qoidalarini, urgent va rejali xirurgik kasalliklarni va eng ko‘p uchraydigan xirurgik kasalliklarning asoratlarini davolash va profilaktikasini o‘rgatish. Olgan bilim va ko‘nikmalarini tibbiyotda qo‘llay bilishlari uchun asosiy bilim berish, xirurgik kasallarda tekshirish usullarini va shu orqali organizm xolatiga baho bera olishni o‘rgatish va mustaqil ravishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladigan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash.

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin